Skandinaviya yarimorolining g'arbiy va sharqiy sohillarida temperatura

Skandinaviya yarimorolining g'arbiy va sharqiy sohillarida temperatura

O'quvchilarga / Geografiya
Skandinaviya yarimorolining g'arbiy va sharqiy sohillarida temperatura - rasmi

Material tavsifi

Skandinaviya yarimorolining g'arbiy va sharqiy sohillarida temperatura; yog'inlar va nisbiy namlikning yil davomida o'zgarishi Fennoskandiyaning o'simlik qoplamida igna bargli o'rmonlar ustun turadi. Chekka shimolda tipik tundra va o'rmontund-radan iborat yerlar bor; ularda mox (yo'sin), lishaynik, rezavor mevali kichik butalar, pakana ayin (Betula papa), archa (Juniperus cammunir) o'sadi. Biroq 70° sh. k. bir oz janubroqda o'rmontundra o'rnini gleyli podzol proqli shimoliy tayga egallaydi, tundra esa tog'larga o'tib, tog' tundra balandgik mintaqasini hosil qiladi. Tog' tundralari Skandinaviya tog'ligidagi feldlar yon bag'irlari bilan Shimoliy Finlyandiya qirlarining yuqor qismlarini egallaydi. Shimolda tog' tundra mintaqasi 300-500 metrdanoq boshlanib, amalda tekislik tundrasi bilan qo'shilib ketadi. Skandinaviya tog'ligining o'rta qismida tog'-tundra o'simliklari 700-800 m da, janubda esa 100-1200 m dan balanddan boshlab tarqalgan. Tog' tundrasi orasida g'allagulli va turLi xil o'tli o'simliklar o'sadigan tipik alp o'tloqlari tarqalgan yerlar uchraydi. Bu mintaqada boy yaylovlar joylashgan bo'lib, yozda bu yerga mol haydab kelinadi. Norvegiyaning bazi rayonlarida baland tog' mintaqasidagi quritilgan joylarda sun'iy o'tzorlar bar-po qilingan.Baland tog' tundra o'simliklari mintaqasidan pastda qayin (Betula odarata, V. tortusa) ko'p o'sadigan mayda bargli, past bo'yli o'rmonlar mnntaqasi bor. Bu subalp mintaqasining kengligi 100 m, janubda esa-200-300 m. Bu o'rmonlarda qayindan tashqari archa, shilvi (uchqat), pakana tol va erika uchraydi. Sernam joylarda o'rmonlar tag'ida chiroyli gullaydigan turln o'simliklardan iborat qalin, bo'liq o'tlar qoplami tarqalgan; bu gulli o'simliklar geran, marvaridgul, binafsha qiyoqdan iborat. Qayin o'rmonlari tog'larda o'rmonlarning yuqori chegarasinigina emas, balki tekisliklarda shimoliy chegarasini ham tashkil etadi, ular o'rmontundra bilan igna bargli o'rmonlar orasidagi o'tkinchi polosada ham o'sadi. Tog' yonbag'irlarining quyi qismlari va Sharqni Skandinaviya bilan Finlyandiyaning keng yassi uog'liklari hamda tekisliklari igna bargli o'rmonlar bilan qoplangan; tayga o'rmonlari Fennoskandiyaning asosiy o'simlik tipi hisoblanadi va Shvetsiya bilan Finlyandiyaning eng katta tabiiy boyligini tashkil etadi. Bu o'rmonlar taxminan 60° sh. k. gacha boradi, ayrim rayonlarda esa bundan ham jalubga tushib keladi. O'rmon hosil qiluvchi asosiy daraxtlar-oddiy qarag'ay. bilan Yevropaelidir; shunisi ham borki, g'arbdan sharqqa tomon kontinentallikning orta borishi munosabati, bilan el o'rnini ko'proq qarag'ay ola boradi. Norvegiya o'rmonlarida el eng ko'p tarqalgan. Shvetsiyada el bilan qarag'ay deyarli teng tarqalgan bo'lsa, Finlyandiyada igna bargli daraxtlardan qarag'ay ustun turadi. Mayda bargli daraxtlardan qayin eng ko'p tarqalgan. Butun tayga oblasti uchun podzol va gleyli-podzol tuproqlar hamda botqoqliklar xarakterlidir; botqoqliklar ayniqsl sharqda katta maydonlarni egallaydi. Tayga o'rmonlarida mox qoplami yoki o'rmon daraxtlari tagida o'suvchi turli mayda butalar-erika, chernika, brusnika va boshqalar ham tarqalgan. Tipik tayga o't o'ermliklari-otquloq (kislitsa), sedmichnik :va pirola (grushanka) uchraydi. 61 va 60° sh. k.lar orasida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 41.32 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 41.32 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga