Sotsial geografiyaga oid tadqiqotlar Inson o'z hayoti davomida yashash muhiti bilan doimo aloqadorlikda bo'ladi va ayni paytda u bu muhitni turli geografik sharoitlarda o'ziga xos his va tasavvur qiladi. Binobarin, kishilarning bu hissiyoti, hudud (muhit) obrazi, shakli va uning tasavvuri ma'lum geografik tafovutlarga, farqlarga ega. Modomiki, kishilarning milliy an'analari, rasm - rusumlari, to'y va ma'rakalari, qiyinishlari va ovqatlanishlari, shevasi, ovoz va harakatchanligi, bo'y - basti va tashqi qiyofasi, xatto familiyasi va ismu - sharifi (darvoqe familiyalar geografiyasi to'g'risida kitob ham chiqqan) turli joylarda bir xil emas ekan, hududiy farqlar bor ekan. Demak, bu yerda geografiya, shubhasiz, mavjuddir. Ammo bunday yo'nalishlar biz uchun nihoyatda kam uchraydigan, noan'anaviy va biroz kulgili tuyo'lishi mumkin. Chunki, shu paytgacha geografiya, iqtisodiy geografiya bu masalalar bilan mutloq qiziqmagan va faqat iqtisodligicha qolavergan. Rivojlangan mamlakatlarning geografiya fanida esa iqtisodiy masalalar bilan bir qatorda, balkim, undan ham ustunroq va ustuvorroq darajada inson hayoti bilan bog'liq yoki aniq ma'nodagi sotsial muammolar ham o'rganilib kelinadi. Ushbu masalalarning geografiyligi, avvalambor, ularning turli joylarda aynan bir xil emasligi o'sha joyning tabiiy sharoiti (iqlimi, relyefi, suvi va h.k.) va geografik o'rni, aholining zichligi, shaharlar va urbanizatsiya jarayoni, xo'jalik ixtisoslashuvi va boshqa omillarning kishilar hayot tarziga ta'sir ko'rsatishida namoyon bo'ladi. Bevosita inson hayoti bilan bog'liq masalalarining hududiy jihatlarini, uning o'zi yashab turgan muhiti bilan munosabatini o'rganuvchi fan sotsial geografiyadir. Biroq, bu yerda uni ijtimoiy geografiya emas, balki sotsial geografiya deb yuritish to'g'riroq. Sababi - ushbu tushunchalar o'rtasida lug'aviy farq mavjud. Sotsial geografiyaning ikki - keng va tor ma'nosi bor: tor ma'nodagi sotsial geografiya - bu o'zbek tilida ham sotsial geografiyadir, keng ma'noda esa u ijtimoiy geografiyaga muvofiq vam os keladi. Binobarin, ijtimoiy geografiya o'z qamroviga sotsial geografiyani ham oladi, Shu sababdan «sotsial» tushunchasi o'zbek tilida hamma vaqt «ijtimoiy» ni to'la - to'kis anglatmaydi. Chunki, sotsiologiya Fani jamiyatshunoslik shaklida qabul qilinmagan, buning uchun rus tilida alohida «obshestvovedenie» bor: yoki jamoatchilik asosida olib boriladigan vazifalar (haydovchining nazoratchiligi, kichik tashkilotlardagi kasaba uyushmalarining raisi va h.k.) rus tilida «na sotsialnoy osnove» deb yuritmasligi hammaga ayon. Bundan tashqari, jamoat va jamoa, ijtimoiy so'zlari ham bir xil ma'noni bildirmaydi. Sotsial geografiya o'z navbatida psixologiya (ruxshunoslik) tibbiyot, sotsiologiya, huquqshunoslik fanlari bilan chambarchas aloqador. Aniqrog'i, u ana shu fanlarning hududiy jihatlari bilan ish tutadi. Shuningdek, sotsial geografiya ekologik psixologiya, sotsial psixologiya, inson ekologiyasi, sotsial ekologiya, din, xulq - atvor («povedenie») geografiyasi va boshqalar bilan tutash bo'lgan muammolarni ham o'rganadi. Tabiiyki kishilarning yurish - turishi, fe'lu - atvori, yashash tarzi shahar va qishloqlarda, ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:59:26
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.76 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:11
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:59 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.76 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:11 ]
Arxiv ichida: doc