MAVZU: Sotsial geografiyaning ob'ekti, predmeti va vazifalari SOTSIAL GEOGRAFIYA KIRISH KIRISH REJA REJA Sotsial geografiyaning obyekti, predmeti va tuzilishi. Ijtimoiy geografiya va iqtisodiy geografiya, ijtimoiy geografiyaning shakllanishi va rivojlanishi. G'arbda ijtimoiy geografiyaning vujudga kelishi va rivojlanishi. Ijtimoiy geografiyaning rivojlanishiga katta hissa qo'shgan olimlar va ularning ishlari. Ijtimoiy geografik tadqiqotlarning mohiyati, xususiyatlari va ilmiy-amaliy jihatlari. Sotsial geografiya - geografiya fanlari tizimidagi aholi va u bilan aloqador barcha ijtimoiy hodisa va jarayonlarning hududiy qonuniyatlarini tadqiq etuvchi mustaqil fan. G'ARB OLIMLARINING FANGA QO'SHGAN HISSALARI Ijtimoiy geografiyaning rivojlanishidagi ilk o'zgarishlar xorijda (Yevropa) ko'zga tashlanadi. Xususan, «sotsial geografiya» tushunchasi XIX asrning oxirlaridayoq fransuz maktabi vakili, iqtisodchi va sotsiolog Le -Ple tomonidan foydalanilganligi manbalardan ma'lum. Yana bir tadqiqotchi G.S.Dunbarning ta'kidlashicha, ushbu tushuncha ilk bor P.de Ruzening 1884 yilda chop etilgan sotsial geografiya bo'yicha izlanishlarida qo'llanilgan Le -Ple ilmiy maktabining taniqli namoyondasi E.Demolen esa sotsial geografiyani «sotsiogeografiya» tarzida talqin qiladi va uning mohiyati mahalliy shart- sharoitlar (shu jumladan tabiiy sharoitlar)ni ijtimoiy rivojlanishga,«ijtimoiy guruh»larning vujudga kelishiga ta'siri sifatida tushuntiradi 1895-yili sotsial geografiya tushunchasi E.Reklyu tomonidan uning salmoqli asari bo'lgan «Umumiy geografiya» da qo'llanildi. Bunda u sotsial geografiyani tabiiy shart-sharoitlarning kishilarni mehnat va turmush tarziga hududiy jihatdan o'zgaruvchan ta'sir etishi ma'nosida tushungan. Ammo, shunga qaramay «sotsiografiya» maktabining vakillari ham, E.Reklyu ham sotsial geografiya tushunchasining mohiyatini aniq ochib berolmadilar va geografiya fanida yangi fan yo'nalishini yaratdilar, deb ham bo'lmaydi. XX asrning boshlariga kelib Niderlandiyada geografiya va sotsiologiyaning uyg'unlashuvidan vujudga kelgan «yangi fan» - sotsial geografiya paydo bo'ldi. Uning predmeti jamiyatdagi guruhlar va o'zaro aloqadorliklarning regional taqsimlanishini o'rganish deb tushuniladi. Mazkur fan tarmog'ining aynan Niderlandiyada paydo bo'lishi ham bejiz emas. Chunki, uning amaliy vazifalari, aholisi zich va yer resurslari taqchil bo'lgan Niderlandiyada mintaqaviy rejalashtirish masalalarini hal etishda o'ta dolzarb ahamiyat kasb etdi. Ba'zi bir g'arb olimlari ijtimoiy geografiyada tadqiqotlarning xulq - atvor (поведенческий) hamda «farovonlik» («благосостояния») mavqeyidagi yondoshuvlarini ajratib ko'rsatishadi. Birinchi yondoshuv - bu xo'jalikni makondagi tabaqalanishini subyektiv ravishda, ya'ni odamlarning oqilona yo'naltirilgan xatti-xarakatlari orqali asoslash, tashkil etish bilan bog'liq Ikkinchi, ya'ni D.Bartels asoslab bergan «farovonlik» yondoshuvi nuqtai - nazaridan bajariladigan sotsial geografik tadqiqotlarning vazifalari jamiyatning diskriminatsiya qilingan guruh va hududlarini aniqlash, tadqiq etishdan iborat Hozirgi ijtimoiy geografiyaning vujudga kelishi va rivojlanishiga Sobiq Ittifoq geograf olim va tadqiqotchilari ham munosib hissa qo'shganlar. Bu davrda ijtimoiy geografiyaning rivojlanishida shartli uch bosqichni ajratib ko'rsatish mumkin: Birinchi bosqich - XX asrning 50-yillarigacha bo'lgan vaqtni o'z ichiga oladi. Bu davrga xos xususiyatlardan biri ijtimoiy hodisa va jarayonlarning ayrimlari iqtisodiy va etnogeografik tadqiqotlar doirasida o'rganildi. Shularga ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:59:26
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
13.85 MB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:11
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:59 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
13.85 MB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:11 ]
Arxiv ichida: pptx