6-sinf geografiya darsligi asosida 52-53-mavzu: Sovuq va mo'tadil iqlim mintaqalari Iqlim mintaqalari. Materikning shimoldan janubga qarab katta masofaga cho'zilganligi tufayli uning iqlim sharoiti juda ham xilma-xil. Sovuq iqlim mintaqalariga arktika va subarktika iqlim mintaqalari kiradi. Arktika iqlim mintaqasi Yevrosiyoning Arktikadagi orollarini va quruqlikning Shimoliy Muz okeaniga tutashib turgan qismini ishg'ol etadi. Bu yerda yil davomida sovuq arktika havo massasi hukmronlik qiladi. Harorat yoz oylarida ham past (+1 +3 °C) bo'ladi, qishda esa qattiq sovuq uzoq davom etadi. Yozi juda qisqa bo'lib, qutb quyoshi bir necha oy ufqdan biroz ko'tarilib turadi va quruqlik yuzasini isita olmaydi. Qishning o'rtacha harorati (-40 °C) past bo'lib, qor bo'ronlari takrorlanib turadi. Yillik yog'in 50 - 100 mm atrofida qor shaklida yog'adi. Quruqliklarning asosiy qismi muz va qor bilan qoplangan. Subarktika iqlim mintaqasi g'arbda Skandinaviya yarimorolining shimolidan sharqda Bering dengizi sohiligacha davom etadi. Yoz oylarida o'rtacha harorat +4 °C dan +14 °C gacha ko'- tariladi. Yil davomida sovuq shamollar esib turadi, bulutli kunlar ko'p bo'ladi. Bu yerga 200 - 400 mm atrofida yog'in tushadi. Mo'tadil iqlim mintaqasi Yevrosiyoning eng katta qismini egallab olgan. U g'arbda Atlantika okeani sohillaridan boshlanib, sharqda Tinch okean sohillarigacha davom etadi. Mo'tadil mintaqa iqlim sharoitining shakllanishida Atlantika okeanidan keladigan dengiz havo massasi, materik ichkarisida tarkib topgan kontinental havo massasi va Tinch okeandan keladigan musson havosi muhim rol o'ynaydi. Shuning uchun bu yerda mo'tadil iqlim mintaqasining dengiz, mo'tadil-kontinental, kontinental va musson iqlim tiplari hosil bo'ladi. Yevrosiyoning g'arbiy qismida Atlantika okeanidan keladigan iliq havo massalarining ta'siri tufayli qish yumshoq, yoz salqin bo'ladi. Yanvarning o'rtacha harorati 0 °C atrofida, iyulniki esa +15 +20 °C ga teng. Yog'ingarchilik yil davomida bo'lib turadi va uning o'rtacha yillik miqdori 1 00 mm dan oshadi. Mo'tadil mintaqaning sharqiy qismidagi Tinch okean sohillarida musson shamollari hukmron. Bu havo massalari fasllarga qarab almashinib turadi va mo'tadil mintaqaning musson iqlim tiðini hosil qiladi. Yog'ingarchilik, asosan, yoz oylarida bo'ladi (yillik yog'in miqdorining 90 % i aprel-noyabr oylariga to'g'ri keladi), qishda esa aksincha, yog'in kam tushadi (100 mm). 6-sinf geografiya darsligi asosida 53-mavzu: Yevrosiyoning issiq iqlim mintaqalari subtropik, tropik, subekvatorial (2 tadan) va ekvatorial iqlim mintaqalaridan iborat. Subtropik iqlim mintaqasi materikning g'arbidagi Pireney yarimorolidan to Tinch okean sohiligacha bo'lgan qismini egallaydi. Yozda tropik havo, qishda esa mo'tadil havo massalari hukmronlik qiladi. Materik ichkarisida yozda tropik havo massalari ta'sirida harorat +30 +35 °C gacha ko'tariladi, havo ochiq bo'ladi, yomg'ir juda kam yog'adi. O'rta dengiz sohillarida qish iliq bo'ladi. Yomg'ir tez-tez yog'ib turadi, havoning o'rtacha harorati ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:59:26
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.15 MB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:11
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:59 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.15 MB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:11 ]
Arxiv ichida: ppt