6-sinf geografiya darsligi asosida 55-mavzu: Sovuq va mo'tadil iqlim mintaqalaridagi tabiat zonalari Arktika mintaqasining tabiat zonalari. Arktika mintaqasida bitta tabiat zonasi - Arktika sahrolari mavjud. Arktika sahrolarida havo juda sovuq va past haroratli davr uzoq davom etadi. Yog'in qor holatida yog'adi. Ko'p yillik muzlar zonaning deyarli hamma qismini egallagan. Orollarning toshloq joylarida faqat mox va lishayniklar o'sadi. Hayvonlardan oq ayiq, morj, tulen, oq kakliklar ko'p tarqalgan. Subarktika mintaqasining tabiat zonalari. Subarktika mintaqasi ikkita tabiat zonasidan: tundra va o'rmon-tundradan tarkib topgan. Tundra zonasida yil davomida harorat ancha past bo'- ladi, yog'in kam yog'adi. Zonaning janubida eng issiq oyning o'rtacha harorati +10 °C bo'ladi. Zonaning asosiy tuproq tiði tundra-gleyli, torfli-gleyli tuproqlardir. Ular mox-lishaynik va butalar bilan qoplangan. Pakana qayin, butalar, qutb lolaqizg'aldog'i ko'p uchraydi. Tundrada shimol bug'usi, lemminglar yashaydi. O'rmon-tundra zonasi iqlimi tundraga nisbatan iliqroq. Iyulning o'rtacha harorati +11 +13 °C ga teng. Yog'in ko'p (300 - 400 mm) yog'adi. Zonada podzolli-gleyli, torfli-podzolli va botqoq tuproqlar keng tarqalgan. Zonaning siyrak o'rmonlarida pakana qarag'ay, qayin, tilog'och, tol o'sadi. Bu yerlarda qutb tulkisi, qutb kakligi, rosomaxa kabi hayvonlar ko'p tarqalgan. Mo'tadil mintaqaning tabiat zonalari. Bu mintaqada shimoldan janubga tomon quyidagi tabiat zonalari almashib keladi. Tayga zonasida, asosan, podzol tuproqlar uchraydi. Tayga o'rmonlarida ignabargli daraxtlardan - Yevropaqarag'ayi, qora va oq qarag'ay, kedr, tilog'ochlar o'sadi. Bu zonada hayvonlardan bug'ular, qo'ng'ir ayiq, silovsin, olmaxon, karqur va boshqalar ko'p uchraydi. Aralash o'rmonlar zonasi materikning g'arbiy va sharqiy qismlarida joylashgan. Zonaning iqlimi ancha iliq, yog'in ko'p yog'adi. Zonaning asosiy qismi chimli-podzol tuproq bilan qoplangan. O'rmonlar tarkibida ignabargli va keng bargli daraxtlar uchraydi. Aralash o'rmonlarda buta va o't o'simliklar ko'payadi. Keng barglilardan eman, qora qayin, lipa, zarang, grab (qayinlar oilasiga mansub daraxt), jo'ka va boshqa daraxtlar o'sadi. Keng bargli o'rmonlar zonasi ham materikning faqat g'arbiy va sharqiy qismlarida mavjud. Keng bargli o'rmonlarning (buk bilan eman) tagida, asosan, qo'ng'ir o'rmon tuproqlari tarqalgan. O'simliklarning ko'p yarusligi keng bargli o'rmonlar uchun xosdir. O'rmon-dasht va dasht zonalarida o'rmon va dasht tabiat komplekslari birga uchraydi. O'rmonlarda sur-qo'ng'ir tuproqlar, dashtlarda qora tuproqlar tarqalgan. O't o'simliklardan iloq, betaga, shuvoq o'sadi. Hayvonlari sayg'oq, sug'ur, bo'ri, sassiqko'zan, yumronqoziq, qo'shoyoq, burgut, olaxurjun va sichqonlardan iborat. Chalacho'l zonasida harorat yuqori, yozda +24 +27 °C, yog'in kam (150 - 250 mm). Zonaning shimolida qoramtir kashtan va tipik kashtan tuproqlari, janubda och kashtan tuproqlari tarkib topgan. Cho'l zonasi mo'tadil mintaqaning janubida joylashgan. Uning iqlimi keskin kontinental. Yozi quruq va issiq (+25 +32 °C) bo'ladi. Yog'ingarchilik, asosan, bahorda va kech kuzda bo'ladi. Qishda ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:59:26
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
3.17 MB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:11
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:59 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
3.17 MB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:11 ]
Arxiv ichida: ppt