Sudan - rasmi

Material tavsifi

Sudan Bu o'lka deyarli butun materik bo'ylab g'arbdan sharqqa, Atlantika okeanidan Efiopiya tog'ligigacha keng polosa bo'ylab joylashgan. Sahroi Kabirning chegarasi kabi, bu o'lkaning janubiy chegarasi ham zonal sharoitlar bilan belgilanadi va yaqqol ko'zga tashlanmaydi. Bu chegara Gvineya va Kamerun qirlarining shimoliy yonbag'irlari bo'ylab o'tadi, so'ngra Chad ko'li bilan Nil daryosining chap irmoqlari havzasi bilan va Kongo daryosining o'ng irmoqlari orasidagi suvayirg'ich bo'ylab o'tadi. Sudan relefi hamma joyda bir xil bo'lib, Afrikaning yon-veridagi o'lkalar relefidan kam farq qiladi. Yer yuzasi tuzilishining asosiy xususiyatiqalin cho'kindi jinslar bilan qoplangan yassi keng kotlovinalar bilan ularni ajratib turgan kristall jinsli massivlarning almashinib turishidan iboratdir. Sudanning kamdan-kam hollardagina balandligi 400 m ga etadigan kotlovinalari bir-biridan bazan 200 m dan ham baland ko'tarilmalar bilan ajralib turadi. Chekka g'arbda, Atlantika okeani yaqinida akkumulyativ jinslardan tuzilgan Senegal va Gambiya daryolari havzalarining anchagina qismini o'z ichiga olgan Senegambiya pasttekisligi joylashgan. Janubi-sharqdan bu pasttekislikni Shimoliy Gvineya qirlarining yonbag'irlari to'sib turadi. Bu qirlarning balandligi Futa-Jallon massivida 1366 m ga etadi. Bu qirlardan shimoli-g'arbda G'arbiy Sudan platosi joylashgan. Platformaning kristalli jinslardan tuzilgan fundamenti plato doirasida qalin qumtoshlar bilan qoplangan. Daryo vodiylari bu jinslarni ayrim-ayrim yassi qirlarga ajratib turadi. Sharqda plato erozion zinalar hosil qilib, o'rta Niger keng kotlovinasiga tushib borgan. Ana shu kotlovinada bu katta daryo buralib-buralib (ilon izi) bo'lib oqadi va shoxobchalarga bo'linib ketadi, hamda ko'pdan-ko'p eski o'zanlar hosil qiladi. Ana shu yerda ayrim tepaliklar yoki supasimon qirlar bo'lib, aholi punktlari ana shunday balavdliklarda joylashgan. Niger daryosi toshganda hamma joyni suv bosadi va ana shu qirlargina qurib qoladi. Niger kotlovinasining shimolida siyrak o'simlik o'sadigan dyuna relefi yaqqol seziladi. Sharqdan Niger kotlovinasi kristalli jinslardan tuzilgan massivlar va platolar bilan chegaralangan. Eng baland Bauchi platosi 200 m dan oshadi. Sharqda bu plato Chad ko'li kotlovinasiga tik tushgan. Bu kotlovinasining bir qismi sayo ko'ldan iborat. Ko'l maydoni yog'in miqdoriga qarab o'zgarib turadi. Qotlovinaning eng past qismi-Bodele botig'i 200 m dan past. Aftidan, bu botiq ham o'tmishda ko'l bo'lgan. Atrofdagi platolardan shu botiqqa qarab yo'nalgan qator kuruq o'zanlar ana shundan darak beradi. 137. Atlantika okeani sohilidagi daryo estuariysi (avtor fotosi). Chad ko'li kotlovinasi janubdan Kamerun massivi tarmoqlari bilan, sharqdan kristalli Darfur platosi bilan chegaralangan. Bu platoning eng baland tepasijabalmarra 300 m dan baland. Sudanning sharqida Oq Nil kotlovinasi joylashgan. Sharqdan bu kotlovinaga Efiopiya tog'ligining tik yonbag'irlari, janubdan Sharqiy Afrika tog'lari yaqinlashib kelgan. Chad ko'li bilan Oq Nil havzalarini ajratib turadigan suvayirg'ich qirlar balandligi 500-700 m li platodan iborat bo'lib, juda qattiq tog' jinslaridan tuzilgan ayrim qoldiq ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 66.04 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 66.04 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga