Suffoziya va uning geografik tarqalishi Suffoziya hodisasi Yer osti suvlarining tog' jinslariga kimyoviy va mexanik ta'sir etib ularni o'yishi, emirishi va jins tarkibidagi suvda tez eruvchan tuzlarning o'zi bilan yer yuzasiga oqizib olib chiqish jarayoni suffoziya (lotincha o'yish demakdir) deb ataladi. Suffoziya natijasida qum va lessimon gil tog' jinslar tarqalgan maydonlar bo'shab qoladi va shu sababli yer yuzasida o'pirilishlar hosil bo'ladi. Yer osti suvlari harakatidan, qum, tosh, shag'al qatlamlari hamda tog' jinsi darzliklarini to'ldirgan mayda zarralar, holatiga kelib, ular yer osti suvlari bilan yer yuzasiga chiqadi. Mexanik suffoziya jinslar tarkibidagi o'ta mayda zarrachalarning yuvilib ketishi bo'lsa; kimyoviy-jins tarkibidagi tez eruvchan tuzlarni eritib olib chiqib ketishidir. Yer osti suvlarning gidrodinamik kuch ta'siridan qum, less va lessimon qatlamlar tarkibidagi mayda zarralarni yuvib yer yuzasiga oqizib chiqishi mexanik suffoziya deyiladi. Yer osti suvlarining tezligi kam bo'lganligi sababli ularning zarralarni oqizib chiqishi asta-sekin davom etadi. Lekin uzoq vaqt mobaynida bu jarayonning davom etishi yer ostida bo'shliqlar va yer yuzasida o'pirilishlar, cho'qishlar paydo bo'lishiga sabab bo'ladi. Mexanik suffoziyada filtrlanib o'tayotgan suv, qum va shag'al qatlamlaridagi mayda jinslarni (gilli, changli yoki qumli) harakatlantirib, o'zi bilan olib chikadi. Yer osti suvlari ta'siridan tog' jinslari tarkibidagi suvda tez eruvchan tuzlar va zarralarning suvda erib yer yuzasiga oqib chiqishi kimyoviy suffoziya deyiladi. Bu jarayon yer osti suvlarining gidrodinamik kuchi ko'paygan vaqtda yuzaga kelib qatlam orasida bo'shliqlar hosil qiladi. Vaqt o'tishi bilan bu kichik bo'shliqlar bir-biri bilan qo'shilib, katta-katta bo'shliqlarga aylanadi. Kimyoviy suffoziyalar less va lessimon jinslar tarqalgan maydonlarda ko'p uchraydi. Ximiyaviy suffoziyada esa - yer osti suvlarini tog' jinslarini eritishidan hosil bo'ladi va ko'pincha karstlanish jarayoniga yaqin turadi. Ximiyaviy suffoziya asosan lyoss va lyossimon jinslar tarqalgan joylarda uchraydi. Suffoziya tarqalgan maydonlar yuzasida aylana sifat chuqurliklari o'pirishlar va voronkalar hosil bo'ladi. Ularning ko'pchiligi qiya tekis yuzalarda yoki nishabligi katta bo'lmagan yonbag'irliklarda sodir bo'ladi. Ularning o'lchami juda katta bo'lmaydi (diametri 10-20 m, chuqurligi 1-8 m), lekin ular birlashib keng o'yilgan pastqamliklarni hosil qilishi mumkin. Ayniqsa, yonbag'irliklarda suffozion botiq relef-tsirklar paydo bo'ladi. Mexanik va kimyoviy suffoziya jarayonlari natijasida sug'oriladigan maydonlarda, daryo sohillarida, tog' yonbag'irlarida va suv omborlari qirg'oqlarida bo'shliqlar, voronkasmon o'pirilishlar yuzaga keladi. Bunday hodisalar imorat va inshootlar mustahkamligiga salbiy ta'sir etadi. Shuning uchun qurilish maydonida yuzaki suvlar oqimini tartibga solish: yer yuzasini gidroizolyatsiya qilish, gruntlarning namini qochirish va filtratsiya tezligini kamaytirish maqsadida zovurlar qurish zarurdir. Inshootlarni loyihalash va qurishda bajariladigan muhandislik - geologik ishlarda suffoziya hodisasini o'rganish uchun tog' jinslarini granulometrik tarkibini, xar - xilligini, filtrlanish oqimi tezligini, oqim gradientini, suffoziya ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:59:26
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
887.54 KB
Ko'rishlar soni
140 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:11
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:59 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
887.54 KB
Ko'rishlar soni
140 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:11 ]
Arxiv ichida: ppt