Curxondaryo okrugi Reja: Geografik o'rni Surxondaryo okrugini g'arbdan, shimoldan va sharqdan o'rab turgan tog'lar Paleogen va neogen yotkiziqlari Termiz-Denov tabiiy-geografik rayoni Okrug O'zbekistonning eng janubiy qismidagi Sherobod-Surxon vodiysining tekislik qismlarini egallaydi. Surxondaryo okrugi g'arbda Kelif-Sherobod-Sariqamish past tog'lari va Surxon tog'lari, shimoli-sharqida Hisor tizmasining janubiy yonbagri, sharqda esa Bobotog'ning g'arbiy yonbag'irlarining quyi qismi bilan o'ralgan. Uning janubiy chegarasi esa Amudaryo orqali o'tadi. Okrug geologik tuzilishi jihatidan Hisor-Zarafshon okrutidan farq qiladi, u sinklinal botiqda joylashgan hamda neogen va antropogen davrning qalin allyuvial va prolyuvial yotqiziqlari bilan to'lgan. Bu botiqda hozir ham neotektonik jarayonlar davom etmoqda, okrug atrofidagi tog'lar ko'tarilyb, botiq cho'kib bormoqda. Okrugning g'arbiy qismida joylashgan, Amudaryodan Sherobod shahrigacha cho'zilgan Kelif-Sherobod va Sherobod vodiysidan shimoli-sharqqa cho'zilgan Sherobod-Sariqamish past toglari juda ham yemirilgan bo'lib, bo'r davrining gillari, paleogenning ohaktoshlari va dolomitlaridan tuzilgan. Amudaryo, Surxondaryo va Sherobod daryosining qayir va ko'hna qayirlari antropogen davrining qum va shag'allaridan tashkil topgan bo'lib, ularning ustini ancha qalin qumoq, lyossimon jinslar qoplab olgan. Suoxondaryo okrugi shimoli-sharqdan janubi-g'arbga taxminan 170 km cho'zilgan. Okrugning shakli uchburchakka o'xshaydi, janubi-g'arbiy qismida esa kengayadi va 110-115 km ga yetadi, shimoli-sharqiy qyusmida esa kengligi atigi 15-20 km dir. Okrugda balandligi 270-550 m keladigan qiya tekisliklar ko'p. Lekin tog'lardan oqib tushadigan ko'pdanko'p daryolar, soylar tekislikni parchalab, o'nqircho'nqir jarlar hosil qilgan. Surxondaryoning o'ng qirg'og'ida Eski Termiz, Uchqizil (414 m), Zang, xovdor (557 m), Oqqo'rg'on va chap qirg'og'ida Jayronxona, Ko'kaydi. Lalmikor (500 m), Oqtog' (750 m) kabi marzalar bor. Xovdog' marzasi shimolga qarab davom etadi va Qiziriqdara cho'liga tutashib ketadi. Bu cho'l lyossli jinslardan iborat bo'lib, mutloq balandligi 400-500 m ga yetadi. Qiziriqdara cho'li va xovdor marzasi Surxondaryo vohasini Sherobod vohasidan ajratib turadi. Sherobod vohasi Sherobod daryosining juda katta yoyilma konusida joylashgan bo'lib, markaziy qismida botqoq bosgan pastroq yerlar ham bor. Bu yoyilma konuslar qum va shag'allardan tashkil topgan. Okrugning eng past yerlari Amudaryo qayirlarida joylashgandir. Bu kayir va ko'hna qayirlar ustini qumoq, qumlar va shag'allardan iborat bo'lgan allyuvial yotqiziklar qoplagan. Okrugning janubiy qismida qumliklar bor. Bulardan eng muhimi Xovdor va Uchqizil marzalarining sharqidagi Katta qumdir. Okrugda taqir, sho'rxoklar, Amudaryo sohillarida esa botkoq bosgan yerlar uchraydi. Okrugning o'rta qismidan Surxon daryo oqib o'tib ,bir necha qayir va ko'hna qayirlarni hosil qilgan. Bu ko'hna qayirlarning nisbiy balandliklari 3-12 likga yetadi va bazi yerlarda tikka ko'tarilib ketadi. Ular ustini esa qalin (30-90 m) qumoq va lyossimon jinslar qoplab olgan. Bu yumshoq jinslar oqar va vaqtli suvlarning ishi tufayli yuvilib, jarlar hosil qilgan. Surxondaryo okrugini g'arbdan, shimoldan va sharqdan o'rab ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:59:26
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
42.6 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:11
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:59 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
42.6 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:11 ]
Arxiv ichida: doc