Surxondaryo tabiiy geografik okrugi

Surxondaryo tabiiy geografik okrugi

O'quvchilarga / Geografiya
Surxondaryo tabiiy geografik okrugi - rasmi

Material tavsifi

7-sinf geografiya darsligi asosida 56-mavzu: Surxondaryo okrugi O'zbekistonning eng janubida joylashgan. U o'z ichiga Surxon-Sherobod vodiysi va uning atrofini o'rab turgan tog'larni oladi. Okrug sharqdan va shimoli sharqdan Bobotog' va Hisor tog'lari orqali Tojikiston bilan, shimoli g'arbda Qashqadaryo bilan chegaralanadi, chegara Chaqchar va Boysun tog'lari orqali o'tadi. G'arbda Turkmaniston bilan bo'lgan chegara Ko'hitang tog'ining suvayirg'ich qismidan o'tadi. Janubda chegara Afg'oniston bilan Amudaryo orqali o'tgan davlat chegarasiga to'g'ri keladi. Yer yuzasi, geologik tuzilishi va foydali qazilmalari Okrugni shimol tomonidan Hisor tizmasi o'rab turadi. Bu tizmaning balandligi 4500-4600 metrga yetadi. O'zbekistondagi eng baland cho'qqi - Hazrat Sulton (4643 m) ham shu tog'da joylashgan. Hisor tizmasi janubi g'arbida Chaqchar, Boysun, Surxontog' kabi tarmoqlari joylashgan bo'lib, gersin tog' hosil bo'lishida burmalangan. Chaqchar tog'ining eng baland cho'qqisi Xuroson hisoblanib, 3749 metrga yetadi. Boysuntog' ancha baland bo'lib, ayrim cho'qqilari shimoli sharqida 3700 metrga yetadi. Boysuntog'ning janubi g'arbida Ko'hitang tog'i joylashgan. Ko'hitang janubi g'arbga 50 km cho'zilgan va balandligi 3137 metrga yetadi. Boysuntog'ning sharqida unga yonma-yon holda Surxontog' joylashgan, u qisqa, lekin ancha baland (3882 m) tog'dir. Bu tog'ning janubida Sherobod-Sariqamish past tog'lari (1126 m) joylashgan. Sherobod-Sariqamish past tog'ining janubi g'arbida Klif-Sherobod past tog'i joylashgan. Surxondaryo tabiiy geografik okrugining sharqida Bobotog' joylashgan. Bu tog' ancha yemirilib, pasayib qolgan bo'lib, eng baland Zarkosa cho'qqisi 2289 metrga yetadi. Bobotog' g'arbga, Surxondaryo vodiysiga va janubga qarab asta-sekin pasayib ketadi. Okrugda, yuqorida qayd qilingan tog'lar orasida botiqlar joylashib, neogen va antropogen davri yotqiziqlari bilan to'lgan. Surxondaryo vodiysi shimoli sharqdan janubi g'arbga taxminan 170 km cho'zilgan bo'lib, shu yo'nalishda pasayib boradi. Shakliga ko'ra vodiy uchburchakka o'xshash. Uning janubi-g'arbiy qismi keng bo'lib, 110-115 km ga, shimoli sharqi tor bo'lib, 15-20 km ga teng. Okrugda qazilma boyliklardan neft va gaz, ko'mir, polimetall, alumin rudasi, giðs, tuz, har xil qurilish material konlari mavjud. Neft va gaz, asosan, Lalmikor, Ko'kaydi, Xovdog'dan, toshko'mir Sharg'undan qazib olinadi. Sariosiyoda polimetall rudasi, aluminiy rudasi, giðs, ohak konlari bor. O'zbekistondagi eng katta Xo'jaikon tuz koni shu okrugda joylashgan. Surxondaryo janubida tarkibida har xil erigan moddalar saqlovchi bir necha mineral suvlar topilgan. Ularning eng muhimi Jayronxona mineral suvi hisoblanadi (41- rasm). ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.68 MB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:11 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.68 MB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga