Surxondaryo viloyati ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi hududiy tafovutlar Mintaqa xo'jaligi tarmoqlari ma'lum shart-sharoitlar va omillarni hisobga olgan holda hududiy tashkil etiladi. Surxondaryo viloyati ishlab chiqarish tarmoqlari hududiy joylashuvida xom ashyo, suv va iqlim sharoiti, mehnat resurslari, transport omillarining o'rni katta. Viloyat xo'jaligining tarkibiy tuzilishini tahlili mintaqada rivojlanish darajasiga ko'ra bir-biridan farq qiluvchi tumanlar borligini ko'rsatdi. Masalan, mintaqaning azaldan tarkib topgan tekislik qismida joylashgan, yirik ekin maydonlariga ega bo'lgan tumanlarida dehqonchilik va viloyat sanoatining asosiy korxonalari joylashgan bo'lsa, tog'li qismida chorvachilik, sanoatning kon qazilov tarmoqlarigina rivojlangan. Jadval ma'lumotlari moddiy ishlab chiqarishning asosiy tarmoqlari bo'lgan sanoatda ishlab chiqarish hajmi 11, qishloq xo'jalik mahsulotlari 13 martaga o'sganidan dalolat beradi. Ikki tarmoqda ham Denov tumani eng yuqori ko'rsatkichni egallab, viloyat sanoat mahsulotlarining 15,2 %ni, qishloq xo'jalik mahsulotlarining 12 %ni beradi. Eng past ko'rsatkich esa viloyat tumanlari orasida tashkil etilganligiga ko'p bo'lmagan Bandixon tumaniga tegishli (2006 yilda Termiz shahrida ishlab chiqarilgan qishloq xo'jalik mahsulotlarini e'tiborga olmagan holda). Jadval tahlili viloyatda kelajakda sanoatni rivojlantirishga alohida e'tibor berilishi zarurligini talab etadi. Shu maqsadda tumanlarda sanoatni rivojlantirish uchun kichik tadbirkorlik faoliyati uchun shart-sharoitlar yaratish, mavjud qo'shma korxonalar ish quvvatini kuchaytirish zarur. Buning uchun, eng avvalo, investitsiya muhitini yaratish talab etiladi. Curxondaryo viloyatida investitsiya muhitining shakllanishiga uning qishloq xo'jaligiga ixtisoslashganligi, ushbu sohada xom ashyo resurslarning ko'pligi, iste'mol omillarining mavjudligi ijobiy ta'sir ko'rsatsa, transport infratuzilmasining yetarli darajada rivojlanmaganligi, iqtisodiy geografik o'rnining noqulay holatlari salbiy omillar hisoblanadi. Ushbu yillarda viloyatga kiritilgan investitsiyalar miqdori tahminan 1,5 martaga o'sdi. Viloyat kapital qo'yilmalar miqdoriga ko'ra O'zbekiston viloyatlari orasida 8 o'rinni egallab, 2006 yil Respublikaga kiritilgan kapital qo'yilmalarning 5,2 %ni Surxondaryoga to'g'ri keladi. So'nggi yillarda viloyatga kirib kelayotgan kapital qo'yilmalar miqdorining oshishiga viloyat turli tabiiy resurslarga boyligi, yetarli mehnat resurslarining mavjudligidan tashqari, bu davrda Surxondaryoni Respublikaning markaziy viloyatlari bilan to'g'ridan to'g'ri bog'lovchi yangi temir yo'l liniyasining ishga tushirilishi, viloyatga qo'shni Respublikalarda siyosiy notinchliklarning bartaraf etilganligi natijasida viloyat IGO'ning qulaylashganligi ham sabab bo'ldi. Bu holatlar xorijiy sarmoyadorlarning ham e'tiborini torta boshladi. Aholiga pullik xizmat ko'rsatishda tahlil etilgan davr oralig'ida yuqori o'sish darajasi qayd etilgan bo'lib, bu viloyatda pullik xizmat ko'rsatuvchi sohalarning rivojlanayotganligi, asosiysi, aholida ushbu xizmat turlariga ehtiyojning mavjudligi va bu xizmatlarga yarasha xaq tulash imkoniyatining oshib borayotganligi ham sabab bo'lgan. Viloyatda ko'rsatilayotgan barcha xizmatlar ichida transport (23,1 %), uy-joy kommunal xizmati (19,2 %), aloqa (2,4 %) xizmatlarining hissasi katta. Statistik ma'lumotlar aholi jon boshiga pullik xizmat ko'rsatish hajmining ham orta boshlaganini ko'rsatmoqda. Agar 1991 yilda viloyat bo'yicha aholi jon boshiga 102 so'mlik pullik xizmat ko'rsatilgan bo'lsa, 2006 ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:59:26
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.93 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:59 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.93 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:12 ]
Arxiv ichida: doc