Surxondaryo viloyati iqlimi, suvlari, tuproqlari va hayvonot dunyosi

Surxondaryo viloyati iqlimi, suvlari, tuproqlari va hayvonot dunyosi

O'quvchilarga / Geografiya
Surxondaryo viloyati iqlimi, suvlari, tuproqlari va hayvonot dunyosi - rasmi

Material tavsifi

7-sinf geografiya darsligi asosida 57-mavzu: Iqlimi, suvlari, tuproqlari va hayvonot dunyosi Iqlimi. Surxondaryo vodiysining iqlimi quruq subtropik. Lekin atrofidagi tog'larga ko'tarilgan sari iqlim o'zgaradi. Okrugning tekislik qismida yoz serquyosh, issiq va quruq, tog'ga tomon harorat pasayib boradi. Qish qisqa va iliq, lekin atrofidagi tog'larda sovuqroq bo'ladi. Yozda okrugning tekislik qismi juda isib ketadi. Iyulning o'rtacha harorati Denovda +28,2°C, Sherobodda +32,1°C ga yetadi. Yozda havo harorati Termizda +50°C ga ko'tarilganligi kuzatilgan (1914- yil 21- iyulda). Bu Respublikamizda qayd qilingan eng yuqori haroratdir. Qish okrugning tekislik qismida iliq bo'lib, yanvarning o'rtacha harorati Sherobod va Termizda +2,8°C ga teng. Lekin atrofidagi tog'larning 2500-300 m balandliklarida yanvarning o'rtacha harorati -6°C dir. Ba'zan qishda sovuq havo massalari tog'lardan o'tib, tekislik qismi haroratini pasaytirib yuboradi. Shunday kezlarda havo harorati -20 -25°C gacha pasayadi. Surxondaryo okrugida yog'inlar notekis taqsimlangan. Okrugning janubidagi tekisliklarga eng kam yog'in (yiliga 133- 230 mm) tushadi. Lekin tog' yonbag'irlari bo'ylab ko'tarilgach, yog'in miqdori ortib, 500-600 mm ga yetadi. Hisor tog'larining janubiy yonbag'irlariga 800-900 mm gacha yog'in tushishi mumkin, yillik yog'inning ko'p qismi qishda (46-48 foiz) va bahorda (43-44 foiz) yog'adi. Kuz oylariga yillik yog'inning 8-10 foizi, yozga esa atigi 1-2 foizi to'g'ri keladi. Suvlari. Surxondaryo tabiiy geografik okrugida uzunligi 20 km dan ortiq bo'lgan 35 ta daryo mavjud. Bu daryolar ichida eng kattalari Surxondaryo va Sheroboddaryo hisoblanadi. Surxondaryo To'polondaryo bilan Qoratog' daryolarining qo'shilishidan vujudga keladi. To'polondaryo Surxondaryoning eng katta va eng sersuv irmog'i, Hisor tog'ining eng baland qismidan Qorasuv nomi bilan boshlanib, G'ova irmog'ini qo'shib olgach, To'polondaryo nomini oladi. Uning uzunligi 124 km bo'lib, qormuzlarning erishidan to'yinadi. Uning o'rtacha yillik suv sarfi sekundiga 54,6 m3, eng ko'pi sekundiga 470 m3 , eng kami 5,7 m3. Qoratog'daryosi Hisor tog'ining 4200 m balandlikdagi janubiy yonbag'ridan shu nom bilan boshlanadi. Uning uzunligi 100 km atrofida. Qoratog' daryosi qor-muzlarning erishidan to'yinadi, binobarin, eng ko'p suvi may - iyun oylariga to'g'ri keladi. Uning o'rtacha yillik suv sarfi sekundiga 23 m3, maksimal suv sarfi sekundiga 239 m3, minimal 2,5 m3 . Surxondaryo To'polon bilan Qoratog' daryolarining qo'shilgan yeridan Amudaryogacha 196 km. Shu masofada o'ng tomondan Sangardak va Xo'jaipok irmoqlarini qo'shib oladi. Surxondaryo, asosan, qor-muzlarning erishidan to'yinib, o'rtacha ko'p yillik suv sarfi Qorovultepa qishlog'i yonida sekundiga 70,2 m3 ni tashkil etadi, eng katta suv sarfi sekundiga 600 m3 , eng kami sekundiga 0,1 m3 . Sheroboddaryo Boysun tog'i va uning davomi hisoblangan Ko'hitang tog'ining sharqiy yonbag'ridan boshlanuvchi Irg'oyli va Qizilsoy daryolari qo'shilishidan vujudga keladi. U Sherobod shahridan quyida Qorasuvdaryo deb ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.85 MB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:12 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.85 MB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga