Surxondaryo viloyati qishloq aholi manzilgohlarining soni va tarkibiy tuzilishidagi o'zgarishlar Surxondaryo viloyatida jami 114 ta (2007 yil) qishloq fuqarolar yig'inlari (QFY) mavjud. Ular tumandan keyingi kichik ma'muriy-hududiy birlik bo'lib, turli xil o'lcham va ko'rinishdagi qishloqlarni o'zida birlashtiradi. Shu boisdan dastavval qishloq aholi manzilgohlarining yuqori bo'g'ini bo'lmish QFY va undan qishloqlar qismiga o'tish ishning to'laqonli bajarilishiga imkon beradi. Qolaversa, QFY soni va ularning aholisini o'rganish orqali qishloqlar rivojlanishidagi qator tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy omillarni bir butun uyg'unlikda aniqlash imkoni yaratiladi. Viloyat statistika bosh boshqarmasi bergan ma'lumotga ko'ra, mintaqada QFYlari soni muttasil oshib borgan. Jumladan, oxirgi aholi ro'yxati davrida (1989 yil) mintaqada 91 ta QFYlari mavjud bo'lgani holda, hozirga kelib ularning soni 23 taga ko'paygan. O'zbekiston Respublikasi shahar-sozlik kodeksiga binoan qishloq aholi punktlari o'zlarining demografik salohiyati bo'yicha yirik, katta, o'rta va kichik darajada sinflashtiriladi. Ushbu klassifikatsiyaga asoslangan holda Surxondaryodagi QFYlardan 30 tasi hozirgi kunda (26 foiz) har birining aholisi 500-10 00 kishigacha bo'lgan guruhga mansub bo'lsa, 10 tasi (8,7 foizi) 500 kishigacha, 37 tasi (32,4 foizi) 1001-1500 va xuddi shunday ko'rsatkich 15001 dan ko'piga to'g'ri kelmoqda (1--jadvalga qarang). Keltirilgan ma'lumotlardan viloyatdagi QFYlari sonining ortib borishi aholisi sonining o'sishida ham kuzatiladi. Masalan, 1989 yilda aholi soni 10 00 kishidan ko'p bo'lgan QFYlari jami QFY larining yarmiga teng bo'lgan bo'lsa, 2008 yilda ularning soni 74 tani tashkil etib, yetakchilik qilmoqda. 1-jadval Surxondaryo viloyati QFYlarini aholi soni va salmog'iga ko'ra guruhlash Jadval 1989 yilgi ro'yxati va Viloyat statistika boshboshqarmasi ma'lumotlari asosida tuzildi. 1001-1500 kishigacha bo'lgan guruhga to'g'ri keluvchi qishloqlar 1989-2008 yillarda 1,2 martaga qisqargan holda, 15001 dan ko'p guruhga kiruvchi QFYlari soni ushbu yillarda 37 taga yetdi. Aholisining miqdoriga ko'ra ham aynan shu guruhdagi QFYlari eng katta ko'rsatkichlarga ega. Biroq, birinchi va ikkinchi guruhga tegishli QFY son jihatdan hali ham ustun bo'lsada, ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, infratuzilma tizimining shakllanishda biroz qiyinchiliklar tug'diradi. Ammo qishloqlarning tobora yiriklashib, kengayib borishi bunday muammolarni hal etish uchun zaruriy imkoniyatlar yaratadi. Surxondaryo viloyatidagi qulay tabiiy geografik, iqtisodiy-ijtimoiy va demografik shart-sharoit mintaqa bo'yicha QFYlarining turlicha taqsimlanishiga olib kelgan. Jumladan, ularning eng ko'pi (18 ta) Denov tumanida bo'lsa, Muzrabot, Oltinsoy, Sariosiyo, SHerobod va SHo'rchi tumanlarida ularning soni 9-10 tadan to'g'ri keladi. Shuningdek, Angor, Boysun, Jarqo'rg'on, Uzun va Qumqo'rg'on tumanlarida 7-8 tadan, Bandixon, Qiziriq, Termiz tumanlarida esa eng kam, atigi har birida 5 tadan, xolos. QFYlarining aksariyati, ya'ni ko'p sonlisi Denov tumanida mujassamlashgan bo'lib, ular viloyat jami qishloqlarining 15,7 foizini o'ziga qamrab oladi. Statistika bosh boshqarmasi bergan ma'lumotga binoan, viloyatda 847 ta (2008 yil) qishloqlar mavjud ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:59:26
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.15 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:59 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.15 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:12 ]
Arxiv ichida: doc