Suv - Obi hayot

Suv - Obi hayot

O'quvchilarga / Geografiya
Suv - Obi hayot - rasmi

Material tavsifi

1) Tabiat boyliklari orasida suv alohida o'rin tutadi. Chunki barcha tirik jonzotlar hayotining asosiy manbai suvdir. Suvsiz hayot bo'lishi mumkin emas. Hattoki ota bobolarimiz suvni toza saqlashga, undan oqilona foydalanishga alohida e'tibor berganlar. Har doim odamlanni suv bilan ta'minlash masalasi muammo bo'lib kelgan. Hattoki, hozirgi paytda ham Gretsiya, Gollandiya, Germaniya, Shveysariya, AQSH va boshqa ko'plab mamlakatlarda ichimlik suvi bilan ta'minlash bosh masaladir. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida va ekologik tanglik bor paytda mustaqil O'zbekiston Respublikasining fuqarolari tabiatning barcha boyliklari qatori, suv resurslariga ehtiyojlari benihoya katta. Kelajak avlo-dimizning taqdiri, baquvvatligi, sog'ligi obi-hayotimiz bilan bog'liq ekan, demak, ayni shu kunlarda qabul qilinayotgan suv tog'risidagi qonun, qaror va farmonlar, suv boyliklaridan oqilona foydalanish, uni bulg'anish va ifloslanish hamda kamayib ketishidan saqlash ishiga ko'maklashishi lozim. Asosan suv resurslarini huquqiy ekologik muhofaza qilish maqsadida huquqiy ilmiy yo'nalishni kuchaytirish maqsadga muvofiqdir. Yuqoridagi talablar hamda suv resurslaridan foydalanish va ularni huquqiy muhofaza qilish, umuman olganda suv resurslari bilan bog'liq barcha muammolar, O'zbekiston Respublikasining Suv va suvdan foydalanish to'g'risidagi 1993-yil 6-mayda qabul qilingan qonunida1 o'z aksini topdi. O'zbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan Suv va suvdan foydalanish togrisidagi qonunning 3-moddasiga asosan, Suv O'zbekiston Respublikasining davlat mulki - umummilliy boylik hisoblanadi, suvdan oqilona foydalanish lozim bo' lib, u davlat tomonidan qo'riqlanadi. Mazkur qonunning 101-moddasida, yer osti suvlarini muhofaza qilish tartibi ifodalangan. Yer osti suvlari chiqarish va undan foydalanish bilan shug'ullanuvchi idoralar suv chiqarilayotgan uchastka va unga tutash hududlarda yer osti suvlariga doir rejimlarga rioya etilishini kuzatib borishlari, shuningdek foydalanilayotgan suvning miqdori va sifatining hisobini yuritishlari shart. Basharti foydali qazilmalar konlarini qidirish, ularni organish va ulardan foydalanish bilan bog'liq burg'ilash hamda boshqa kon qidiruv ishlarini bajarish chog'ida yer osti suvlari bor qatlamlar aniqlangan taqdirda, bu haqda tabiatni muhofaza qilish, suv xo'jaligi organlariga ma'lum qilinishi hamda belgilangan tartibda yer osti suvlarini muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlar ko'rilishi lozim. Sanoat oqindi suvlarini oqizish uchun qaziladigan quduqlar suvli qatlamlarni ifloslantirish manbaiga aylanishi mumkin bo'lsa, bunday quduqlar qazish hollari man etiladi. O'z-o'zidan suv chiqarib, suvi foydalanish uchun yaroqsiz bo'lgan quduqlarga suvni boshqarish uskunalari o'rnatilishi, ular qonunlarda belgilangan tartibda tovxtatib qo'yilishi yoki tugatilishi lozim. Sifatli yer osti suvlari to'planadigan manbalar tegrasida qattiq va suyuq chiqindilar to'plash, axlatxonalar bаrpо etish, yer osti suvlarining ifloslanish manbaiga aylanish ehtimoli bo'lgan sanoat, qishloq xjalik obyektlari va boshqa obyektlar qurilishiga yol qo'yilmaydi. Yer osti suvlarini muhofaza qilish chora-tadbirlarini ko'rish, shu jumladan quduqlarni kuzatish tarmog'ini yaratish faoliyati yer osti suvlarining holatiga ta'sir ko'rsatuvchi korxonalar tomonidan amalga oshiriladi. Ko'rinib turibdiki, ushbu moddada yer osti ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.36 KB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:12 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.36 KB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga