Suv o'lchash postlarini tashkil etish ularda kuzatishlarni amalga oshirish Reja: Stansiya va post tarmoqlari va ularning turlari Mamlakatimizdagi suvobyektlari rejimining elementlarini kuzatish Stansiya va post tarmoqlari va ularning turlari Mamlakatimizdagi drometeorologiya xizmat umumdavlat xizmati hisoblanib, uning vazifasi xalq xo'jaligini gidrometeorologik ma'lumotlar bilan ta'minlashdir. BarchagidrometeorologikishlarustidanrahbarlikniO'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi-O'zgidromet olib boradi. O'zgidrometning asosiy vazifasi xalq xo'jaligining barcha tarmoqlarini va mamlakat mudofaa tizimini meteorologik, klimatologik, aerologik, agrometeorologik, gidrologik va dengiz gidrometeorologik ma'lumotlari bilan ta'minlashdir. Gidrometriya xizmati gidrometeorologiya xizmatining asosiy tarkibiy qismlaridan biridir. Dunyo miqyosida gidrometriya xizmatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 1) dengiz va okeanlarning gidrometrik rejimini o'rganish; 2) xalq xo'jaligini tarmoqlarini, mudofaa tizimini, meteorologiya hamda gidrologiya xizmati va boshqa sohalarni kerakli gidrometrik ma'lumotlar bilan ta'minlash 3) gidrometriya sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish 4) kuzatish va tadqiqot ishlari natijalarinia lohida yilnomalar va ma'lumotnomalar ko'rinishida chop ettirish. Gidrologiya va gidrometriya sohalari bo'yicha amalga oshirilayotgan ilmiy uslubiy ishlarga O'zgidrometning maxsus bo'limlari rahbarlik qiladi. Har bir mamlakatda o'zining gidrometriya xizmati boshqarmasi mavjud bo'lib, bu boshqarma o'z hududidagi barch agidrometrik ishlarning talab darajasida bajarilishiga masul hisoblanadi. Mamlakatimizdagi suvobyektlari rejimining elementlarini kuzatish va o'rganish har bir suv obyektida muntazam yoki vaqtinchali postlar-kuzatish joylarini tashkil qilish yokie kspeditsiya uyushtirish asosidaolib boriladi. Stansiya va post tarmoqlari operativ kuzatish stansiyalari va post tarmoqlariga bo'linadi. Kuzatish postlarining vazifasi quyidagilardan iborat: 1) suv obyektlarining gidrometeorologik rejimini o'rganish maqsadida muntazam ravishda kuzatishlar olibborish; 2) turli manfaatdor muassasalar, tashkilotlar va idoralarni zarur gidrometeorologik kuzatish ma'lumotlari bilan ta'minlash, ularni xavfli gidrologik hodisalardan ogohlantirish; 3) kuzatish postlariga qarashli hududda sistematik ravishda kuzatish ishlarini amalga oshirish; 4) mahalliy aholi orasida gidrometrik bilimlarni va gidrometrik xizmat faoliyatini ommalashtirish. Operativ stansiyalarning vazifasi xalq xo'jaligiga operativ gidrometeorologik xizmat ko'rsatishdir. Operativ gidrometrik stansiya va postlarning soni va joylashishi ilmiy va xo'jalik tashkilotlarining talablariga bog'liq holda tashkil etiladi. Gidrologik stansiya deganda malum xodimlar shtatiga ega bo'lgan davlat tashkiloti tushuniladi. Gidrologik post deganda esa malum talablarni hisobga olib, daryo yoki boshqa bir suv obyektining tegishli qismida kuzatish va o'lchashishlarini amalgaoshirish maqsadida tanlangan va maxsus qurilmalar bilan jihozlangan joy tushuniladi. Bu joyda gidrologik ishlarni bajarishga mo'ljallab stvoryokikesma o'tkaziladi. Gidrologik postda faqatgina kuzatuvchi bo'ladi. Mamlakatimizda gidrometeorologiya xizmati tomonidan tashkil etilgan stansiya va postlar malum guruhlarga ajratilgan. Ana shu ajratish prinsipi, birinchidan, bajariladigan ishninghajmiga, ikkinchidan, ularda bajariladigan ishning turiga asoslangan. Stansiya va postlar bajaradigan ish turlariga qarab meteorologik, aerologik, gidrologik hamda dengiz gidrometeorologik stansiya va postlariga ajratiladi. Gidrologik stansiyavapostlar ularda bajariladigan ishlar turi va hajmiga qarab razryadlarga ajratiladi. Masalan, stansiyalar ikkita razryadga, gidrologik ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:59:26
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.85 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:59 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.85 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:12 ]
Arxiv ichida: doc