Suv omborlari va ularning ahamiyati

Suv omborlari va ularning ahamiyati

O'quvchilarga / Geografiya
Suv omborlari va ularning ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Suv omborlari va ularning ahamiyati Reja: Suv omborlari haqida umumiy ma'lumotlar. Suv omborlari geografiyasi. Suv omborlarining turlari. Suv omborlari haqida umumiy ma'lumotlar. Ma'lumki, daryolardagi suv miqdori yil davomida mavsumidan, mavsumga va u yildan bu yilga o'zgarib turadi. Yer yuzidagi, ayniqsa, O'rta Osiyo kabi arid iqlimli hududlardagi ba'zi bir daryo va soylarning suv miqdori yil davomida shu qadar notekis va noqulay taqsimlanganki, oqibatda milliard - milliard metr kub suv xalq xo'jaligiga hech qanday foyda keltirmasdan behuda oqib ketadi. Ayrim paytlarda, masalan toshqin va tulinsuv davrlarida tulib - toshib oqib, katta zarar keltiradi. O'lkamiz sharoitida, qishloq xo'jaligida suvga bo'lgan talab ortgan mavsumlarda esa bunday daryo va soylarda suv keskin kamayib ketadi, ayrim hollarda butunlay qurib qoladi. Mana shunday sharoitda daryo va soylar suvidan tula va samarali foydalanish hamda toshqinlarni oldini olish maqsadida ularning oqim rejimini boshqarib turish zarur. Bu muammoni daryolarda sun'iy ko'llar - suv omborlari barpo etish yo'li bilan hal etish mumkin. Suv omborlari qurish o'lkamiz kabi qurg'okchilik hamda qishlok xo'jaligi sug'orishga asoslangan hududlarda ayniqsa zarurdir. Ko'pchilik suv omborlarini qurishda ekinzorlarni suv bilan ta'minlashdan tashqari, ulardan gidroenergetika, baliqchilikni rivojlantirish, yirik sanoat korxonalari va shahar suv ta'minotini yaxshilash maqsadida foydalanish ham nazarda tutiladi. Suv omborlari geografiyasi. Daryolardagi suv va energiya boyliklari (resurslari)dan tularoq foydalanish maqsadida Yer kurrasida juda ko'p suv omborlari qurilgan. Dunyodagi eng yirik suv ombori Viktoriya - Nil daryosida qurilgan Ouen - Fols (Viktoriya) suv ombori bo'lib, Keniya, Tanzaniya, Uganda davlatlari hududida joylashgan. Uning suv sig'imi 205 km3 (Viktoriya ko'li bilan qushib hisoblanganda) bo'lib, Nil daryosi oqimini yillararo boshqarishga mo'ljallangan. Rossiya hududida joylashgan Bratsk (Angara daryosi), Krasnoyarsk (Yenisey daryosi), Kuybishev (Volga), Buxtarma (Irtish) kabi suv omborlari nafaqat mazkur mamlakat hududida balki butun Yevrosiy materigida ham eng yirik suv omborlari hisoblanadi. Tarixiy ma'lumotlarga ko'ra Orta Osiyo davlatlari hududida kichik suv omborlari - hovuzlar eski eraning oxiri va yangi eraning boshlaridayoq qurilgan. Ularni qurishdan maqsad kichik soylar suvini tuplab so'ng undan sug'orish ishlarida foydalanish bo'lgan. O'rta Osiyo davlatlari hududidagi eng yirik suv omborlari O'zbekistonning eng yirik suv omborlari Suv omborlarining turlari. Suvni tuplab, undan kelgusida foydalanishga imkon beradigan inshot suv ombori bo'ladi. Suv omborlari umumiy ko'rinishi, suvni to'plash shart-sharoitlari, to'gnning qurilishi usullari bo'yicha xilma-xildir. Ana shu belgilari bo'yicha ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: yopiq suv omborlari; ochiq suv omborlari. Ochiq suv omborlari ikki xil bo'ladi: Dambali suv omborlari; Tug'onli suv omborlari. Dambali suv omborlari quyidagi ko'rinishlarda uchraydi: a) bir tomonlama damba, nishab joyda seldan saqlash maqsadida quriladi; b) gir aylanma damba, gorizontal ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.18 MB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:12 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.18 MB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga