Suv resurslari ulardan samarali foydalanish va muhofazasi masalalari Reja: Suv resurslari haqida O'rta Osiyo daryolari suv resurslari Suv resurslarini muhofaza qilish Suv resurslari haqida Suv-Yer yuzasida hayot mavjudligining asosiy shartlaridan biridir. Lekin, hozirgi kunda, tabiatdagi barcha suvlardan bevosita foydalanib bo'lmaydi. Shu bilan birga suv resurslari tushunchasini barcha suvlarning sinonimi deb tushunmaslik kerak. Haqiqatan ham bu kategoriya faqatgina tabiatga xos bo'lmay, balki ijtimoiy-tarixiy va iqtisodiy bosqichlarda o'zgarib turadi. Hozirgi taraqqiyot bosqichida suv resurslari tabiatdagi barcha chuchuk va o'rtacha minerallashgan, tabiiy holda yoki sun'iy ravishda chuchuklashtirilgan, tozalangan suvlardan iborat bo'lib, ayni paytda xalq xo'jaligining barcha tarmoqlarida ishlatilayotgan va kelajakda ishlatilishi mumkin bo'lgan suv manbalari yig'indisidir. Hajmi, miqdori, hosil bo'lish va joylashish o'rniga bog'liq holda suv manbalari mahalliy, regional va global suv resurslariga bo'linadi. xalqaro bitimlarga asosan esa milliy, davlatlararo va umumiy (umuminsoniy) suv resurslari bir-biridan farqlanadi. Suv qayta tiklanadigan tabiiy resurslar qatoriga kiradi. Lekin buning uchun, birinchidan, daryolar, muzliklar, yer osti suvlari zahirasi asrlar davomida o'zgarmas bo'lishi kerak. Ikkinchidan esa insonning xo'jalik faoliyati ta'sirida tabiiy suvlarning ifloslanishi darajasi ularning sifat jihatdan o'z-o'zini qayta tiklash imkoniyatidan katta bo'lmasligi kerak. O'lkamizdagi suv resurslarining asosiy manbalari daryolar, soylar, buloqlar, suv omborlari, ko'llardagi tabiiy toza suvlardan hamda yer ostida joylashgan chuchuk va o'rtacha minerallashgan suvlardan iborat. O'lkamiz suv resurslariga yuqoridagilarga qo'shimcha ravishda muz osti va muz ko'llari suvlarini, termal(issiq) yer osti suvlarini, tozalangan (ikkilamchi) suvlarni, oqava suvlarning bir qismini, atmosfera yog'inlarini va tuproqdagi namlikni kiritish mumkin. Yuqorida qayd etilganlardan ko'rinib turibdiki, joylashish o'rniga ko'ra yuza suv resurslari bilan yer osti suv resurslari bir-biridan farq qiladi. Lekin, ular o'zaro uzviy bog'langan. O'rta Osiyo daryolari suv resurslari O'rta Osiyoning yuza suvlari resurslari o'lkaning iqlim va orografik xususiyatlariga bog'liq holda g'oyat notekis taqsimlangan. Uning deyarli uchdan ikki qismini egallab yotgan bepoyon tekisliklarida oqar suvlar juda kam uchraydi. Tog'lardan bu erlarga oqib tushadigan ko'pchilik daryolarga, to ularning quyilish joylariga qadar, bironta ham irmoq kelib qo'shilmaydi. O'lkamiz tog'larida sertarmoq daryolar, katta-kichik soy va jilg'alar juda ko'p. Tog'larni o'rab olgan tog'oldi tekisliklarida ancha zich bo'lgan sun'iy gidrografik tarmoqlar mavjud. Ular daryolar, soylar va buloqlardan suv olib, tevarak-atrofdagi erlarga tarqalib ketuvchi irrigatsiya kanallaridan, ariqlardan va shuningdek, zovur hamda kollektorlardan iborat. Tekisliklarda va ayniqsa, tog'oldi tekisliklarida bug'lanish jarayoni juda kuchli bo'ladi. Chunki tog'larda hosil bo'lgan suvlar bu yerda sertarmoq irrigatsiya kanallari va ariqlari orqali keng dala maydonlariga yoyilib, ularning katta qismi bevosita suv yuzasidan, tuproq yuzasidan va o'simliklar orqali atmosferaga bug'lanadi. O'rta Osiyo hududidan oqib o'tuvchi daryolar suvlarining o'rtacha ko'p yillik zahirasi 129,7 km3 ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:59:26
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.16 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:59 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.16 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:12 ]
Arxiv ichida: doc