Suv resurslarining inson hayoti va xalq xo'jaligi tarmoqlaridagi ahamiyati Mutaxassislarning fikricha sanoqli yillardan so'ng «qora oltin» e'tibordan chetda qolib, jahon bozorida yetakchi o'rinni oddiygina chuchuk suv egallaydi. Hozirning o'zida 2,0 mlrd. dan ortiq aholi chuchuk suv yetishmasligi sharoitida yashamoqda. 2025 yilga kelib, ularning soni 3 mlrd. dan ortishi, namlik yetishmasligidan esa Yer sayyorasining 40% aholisi aziyat chekishi mumkinligi ta'kidlanmoqda [1]. Dunyo mamlakatlari aholisi sonining ko'payishi xuddi shu suratda bo'lsa, suv resurslariga bo'lgan talabning yildan-yilga ortib borishi aniqdir (1-jadval). Jadvalni tahlil qiladigan bo'lsak, qit'alar bo'yicha suvdan foydalanishning asosiy qismi Osiyoga to'g'ri keladi. 1-jadval Qit'alar bo'yicha suvdan foydalanish dinamikasi (km3G'y) O'zbekiston ehtiyoji uchun yiliga o'rtacha qancha miqdorda suv zarur bo'ladi? Ushbu savolga javob berish uchun O'zbekistonda suv resurslaridan iqtisodiyotning turli tarmoqlarida foydalanish to'g'risidagi ma'lumotlarni tahlil qilamiz. 2-жадвал. Xalq xo'jaligi tarmoqlarida suvdan foydalanish [3]. Jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, O'zbekistonda turli maqsadlarda yiliga o'rtacha 67 km3 yer usti va yer osti suvlaridan foydalaniladi. O'zbekiston aholisi to'g'risidagi 2007 yilgacha bo'lgan statistik ma'lumotlarga e'tibor beradigan bo'lsak, jon boshiga sutkasiga necha litr ichimlik suvi ishlatilganligini hisoblab chiqishimiz mumkin: Demak, 2007 yilda O'zbekistonda, qishloq va shahar aholisi birgalikda olinganda, jon boshiga sutkasiga 415 l ichimlik suvi to'g'ri kelgan. O'zbekiston suv resurslarining jon boshiga to'g'ri keladigan yillik miqdorini aniqlash uchun esa hududda hosil bo'ladigan daryo oqimini hisobga olish kerak (3-jadval). O'zbekiston hududida yiliga o'rtacha 9,701 km3 hajmda suv hosil bo'lib, 1 kishiga 362 m3 suv to'g'ri keladi. Bu ko'rsatkich boshqa davlatlarda, masalan, Islandiyada 609319 m3, Gvianada 316689 m3, Surinamda 292566 m3, Rossiyada 30522 m3, Birlashgan Arab Amirliklarida 58 m3, G'azo Sektorida 52 m3, Quvaytda 10 m3 ga teng kelishi aniqlangan. 3-jadval. O'zbekiston Respublikasi suv resurslari [5]. Suvning inson hayotida qay darajada ahamiyatli ekanligini quyidagi oddiygina misollar orqali ko'rishimiz mumkin. Masalan, rivojlanayotgan davlatlarda chuchuk suv zahirasining 70-90%i qishloq xo'jaligi ekinlarini sug'orishda foydalaniladi. Sholining har 1 kg ni yetishtirish uchun 300 l suv talab qilinadi Qayd etish lozimki, yiliga bir kishi o'rta miqdorda 58 kg guruch iste'mol qiladi. 400 grammli non mahsuloti ishlab chiqarishga ketadigan bug'doyni yetishtirish uchun 550 l, rivojlanayotgan davlatlarda 100 gramm go'sht mahsulotini tayyorlash uchun 1500 l, rivojlangan davlatlarda esa 700 l suv kerak bo'ladi [4]. Sayyoramizda suv resurslari cheklangan bo'lishiga qaramasdan hozirgi kunda uni tejab ishlatishga va muhofaza qilishga kam e'tibor berilayapti. Natijada suvning ko'p qismi bekorga sarf bo'lmoqda. Mutahassislarning asosiy qismi suv resurslaridan oqilona foydalanishning quyidagi asosiy variantlarini taklif qilishmoqda: 1. Suv resurslarini tejab ishlatish, ya'ni mahsulot ishlab chiqarish jarayonida suv kam talab qilinadigan tehnologiyalarni qo'llash; ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:59:26
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.09 KB
Ko'rishlar soni
133 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:59 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.09 KB
Ko'rishlar soni
133 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:12 ]
Arxiv ichida: doc