Suv sathini kuzatish

Suv sathini kuzatish

O'quvchilarga / Geografiya
Suv sathini kuzatish - rasmi

Material tavsifi

Suv sathini kuzatish Reja: Chuqurlik o'lchash ishlari va natijalarni qayta ishlash Suvning haroratini kuzatish To'lqinlar va oqimlarni kuzatish Ko'llar va suv omborlarida suv sathining tebranishi ular kosasida suv zahiralarining o'zgarishi bilan mos ravishda kechadi. Bu hodisaga, aniqrog'i, ko'llar va suv omborlarida suv sathini aniq qayd etib borishga ularda ro'y beradigan to'lqinlar, sgon va nagon hodisalari ham ta'sir etadi. Kuzatishlar muntazam ravishda har kuni soat 800 va 200 boshlanadi. Havzada suv sathi tebranishi barqarorlashgan davrda kuniga bir marta - ertalab soat 800 amalga oshiriladi. Ko'llar va suv omborlarida suv sathini kuzatish ishlari daryolardagi kabi amalga oshiriladi. Biroq ularda to'lqinlanish vaqtida suv sathini o'lchash aniqligini oshirish maqsadida ko'l suv o'lchash postlari maxsus qurilmalar-to'lqin so'ndirgichlari bilan jihozlanadi. Ko'l postlarida suv sathini kuzatish natijalarini qayta ishlash daryo suv o'lchash postlaridagi kabi amalga oshiriladi. Chuqurlik o'lchash ishlari va natijalarni qayta ishlash Daryolardagi kabi ko'llar va suv omborlarida ham chuqurlik o'lchash ishlari olib boriladi. Ushbu mavzuda ko'llarda chuqurliklarni o'lchash usullari, qo'llaniladigan asboblar, bajariladigan ishlar tartibi va o'lchash natijalarini qayta ishlash usullari yoritiladi. Ko'llar va suv omborlarida chuqurlik o'lchash ishlarini daryolar uchun qo'llanilgan usul bilan olib borish mumkin. Bazi hollarda esa boshqa usullardan ham foydalaniladi. Masalan, kvadrat usulida, ko'llarda chuqurliklarni o'lchash uchun uning planiga ega bo'lishimiz kerak. Shu planda qirqimlarning o'rni belgilab qo'yiladi. Shu plan va unda belgilangan qirqimlardan qo'shimcha ravishda kalka qog'ozga nusxa ko'chirib olinadi. So'ng barcha chuqurlik o'lchash natijalari unda qayd etib boriladi. Chuqurlik o'lchash vaqtida quyidagi uchta ish parallel ravishda bajariladi: -chuqurliklar o'lchanadi; -planda chuqurliklar o'lchangan nuqtalarning o'rni aniqlanadi; -suv sathi kuzatib boriladi. Chuqurlik o'lchash ishlari natijalari asosida ko'l planining nusxasida izobatlar yoki gorizontallar o'tkaziladi. So'ng ular ko'lning assosiy planiga ko'chiriladi. Plan tuzilgandan keyin ko'lning quyidagi asosiy morfometrik elementlari hisoblanadi: 1) ko'lning uzunligi - L , km, m; 2) ko'lning o'rtacha kengligi - Vo'rt , m, km; 3) ko'lning maksimal kengligi - V max, m, km; 4) qirg'oqchizig'ining uzunligi - S, m, km; 5) qirg'oqchizig'iningegri-bugriligi - Ke; 6) suvyuzasimaydoni - F, km2; 7) ko'ldato'plangansuvhajmi - V, km3; 8) ko'ltubiningo'rtachanishabligi - I, oo. Ko'lning uzunligi deb suv yuzasi buylab qirg'oq chizig'idagi bir-biridan eng uzoqda joylashgan ikki nuqta orasidagi eng qisqa masofaga aytiladi. Ko'lning o'rtacha kengligi debko'l suv yuzasi maydonining uning uzunligiga bo'lgan nisbatiga aytiladi: , m Ko'lning maksimal kengligi ko'lning uzunligini ifodalovchi chiziqqa perpendikulyar sifatida ko'l planidan aniqlanadi. Ko'lning qirg'oqchizig'ining uzunligi «0» izobat uzunligi sifatida ko'l planidan aniqlanadi. Qirg'oq chizig'ining egri bugriligi deb qirg'oq chizig'i uzunligining maydoni shu ko'l maydoniga teng bo'lgan doiraning uzunligiga bo'lgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.09 KB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:12 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.09 KB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga