Suvning geografik qobiqdagi harakati

Suvning geografik qobiqdagi harakati

O'quvchilarga / Geografiya
Suvning geografik qobiqdagi harakati - rasmi

Material tavsifi

Kimyo-biologiya fakulteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari ta'lim yshnalishi 1 - «B» kurs talabalari Umumiy yer bilimi fanidan Suvning geografik qobiqdagi harakati mavzusida tayyorlagan mustaqil ta'limi Rahbar: Abdunazarov L. Rahmonova Shoxsanam Xolmatova Risolat Jaloliddinova Masumaning Suvning tabiatda aylanishini. Suvning tabiatda aylanishi nima? bu barcha yerdagi men! Suvning tabiatdagi aylanishi shu bilan birga gidrologik doira sifatida xam ko'pchilikka tanish, u suvning yer ichida, ustida va osmondagi harakatini va mavjudligini tasvirlaydi. Yerdagi suv xar doim harakatda va xar doim o'z shaklini o'zgartirib turadi, suyuq holatdan gaz holatiga, undan muzga va boshlang'ich holatga qaytadi. Suvning tabiatdagi aylanishi milliardlab yillar davomida mavjud bo'lgan va Yerdagi barcha hayot unga bog'liq, yerda usiz hayot mavjud bo'lmasdi. Suvning aylanishi boshlang'ich nuqtaga ega emas, lekin o'rganish uchun boshlang'ich nuqta deb okeanni olish maqsadga muvofiqdir. Suvning tabiatdagi aylanishini harakatga keltiruvchi quyosh okeandagi suvni isitadi. Bunda malum qism suv havoga gaz xolida bug'lanadi. Bug'lanish shu bilan birga ko'llarda va daryolarda xam yuz beradi. Quruqlikda o'simliklardan va turpoqdan katta xajmda suv parlanishi yuz berib, o'z navbatida havodagi suv bug'lariga kelib qo'shiladi. Atmosferadagi malum kichik xajmdagi suv sublimatsiya orqali yuzaga keladi, muz va qor erish fazasini mutloq chetlab o'tib gaz holatiga bug'lanadi. havo oqimlari bug'(gaz)ni atmosferaning shunday qatlamiga olib chiqadiki, u yerdagi sovuq harorat uni bulutlarga aylanishiga sabab bo'ladi. havo oqimlari bulutlarni yer yuzi bo'ylab harakatlantiradi va bulut parchalari birlashib, o'sadi va yomg'ir sifatida osmondan qaytib tushadi. Bazi yog'inlar qor sifatida yerga tushadi va muz parchalari va muzliklar sifatida to'planishi mumkin. Qor issiq o'lkalarda bahor kelishi bilan erishni boshlaydi. Yog'inlarning asosiy qismi okeanlarga tushgani holda, malum qismi yerning ustiga tushadi, bu yerda gravitatsiya yordamida suv yer yuzasi bo'ylab oqadi. Bazi yer yuzasi bo'ylab oquvchi suv daryolarga kelib qo'shiladi va okean tomon oqib boradi, bazilari chuchuk suv sifatada ko'l va daryolarda to'planadi. Barcha suv yer yuzasi bo'ylab oqmaydi. Suvning ko'pkina qismi tuproqga so'riladi (infiltratsiya). Bazi suvlar tuproqning chuqur qatlamiga infiltratsiyalanadi va yer osti suv qatlamini to'ldiradi, u yerda toza, katta xajmdagi yer osti suvlari uzoq vaqt davomida saqlanadi. Bazi yer osti suvlari yer yuziga yaqin joylashgan bo'lib va yer usti suvlariga oqib chiqishi mumkin, kishilar yer yuzasiga yaqin bo'lgan suv xavzalarini qidirib topib, yangi chuchuk suv quduqlarini yaratishadi. Vaqt o'tishi bilan suv harakatlanishni davom ettirar ekan, suv okeanga qaytib suvning tabiatdagi aylanishini yakunlaydi va qaytadian boshlanadi. Suvning tabiatda aylanishi bosqichlai AQSH Geologik kuzatish markazi suvning tabiatdagi aylanishini 16 bosqichga ajratgan -- Okeanlarda suvning to'planishi -- Bug'lanish -- Evapotranspiratsiya -- Sublimatsiya -- Suvning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 341.73 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:12 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 341.73 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga