Suvning o'qish tezligini o'lchaydigan asboblar

Suvning o'qish tezligini o'lchaydigan asboblar

O'quvchilarga / Geografiya
Suvning o'qish tezligini o'lchaydigan asboblar - rasmi

Material tavsifi

Suvning oqish tezligini o'lchaydigan asboblar Reja: Suvning oqish tezligini o'lchaydigan asboblar Gidrometrik parraklarni tarirovkalash Gidrometrik parrak yordamida tezliklarni o'lchash Daryo uchastkasining holatiga, nishabligiga, o'zanning tuzilishiga bog'liq holda ko'ndalang kesimda tezlikning taqsimlanishi turlicha ko'rinishda bo'lib, ularni o'lchash va hisoblash ham murakkabdir. Ushbu mavzuda tezliklarni o'lchaydigan asboblar, ularning turlari va tuzilishi, ishlash tamoyillari yoritiladi. Hozirgi kunda suvning oqish tezligini o'lchaydigan juda ko'p asboblar va qurilmalar mavjud bo'lib, ularni shartli ravishda ikkita katta guruhga ajratish mumkin: 1) suvning oqish tezligini to'g'ridan to'g'ri o'lchashga imkon beradigan asboblar (qalqimalar); 2) suvning oqish tezligini to'g'ridan to'g'ri aniqlashga imkon bermaydigan, lekin suv rejimining birorta elementini yoki asbobning ko'rsatkichini aniqlash yordamida tezlikni hisoblab topish. Masalan, tezlikni gidrometrik parrak yordamida o'lchash parrakning 1 sekunddagi aylanishlar sonini aniqlashga asoslangan. Bunday holatda suvning oqish tezligi (V) parrakning aylanishlar soniga (n) bog'liqholda maxsus grafikdan topiladi. Gidrometrik parrak suvning oqish tezligini o'lchashda qo'llaniladigan eng asosiy asbobdir. Bu asbob yordamida suvning oqish tezligini 1-3 % gacha xatolikda aniqlash mumkin. Shu bilan birga gidrometrik parrak suvning oqish tezligini jonli kesmaning istalgan nuqtasida o'lchash imkonini beradi. Gidrometrik parrak suvning oqishi natijasida harakatga kelib, uning aylanish tezligi suvning oqish tezligiga bog'liq bo'ladi, aniqrog'i tezlik qancha katta bo'lsa, parrak ham shuncha tez aylanadi. Parrakning bir sekunddagi aylanishlari sonini aniqlab, suvning oqish tezligini qo'yidagi ifoda yordamida hisoblash mumkin: VV0Kn, buerda: V-suvning oqish tezligi, msek; V0-boshlang'ich tezlik, msek; K-koeffitsiyent, n -parrakning 1 sekunddagi aylanishlari soni. Ko'pchilik hollarda V0 0,03 - 0,07 msek oralig'ida bo'ladi. Gidrometrik parraklarni tarirovkalash Tajriba asosida parrakning aylanishlari soni n bilan suvning oqish tezligi Vorasidagi bog'lanishni topish gidrometrik parrakni tarirovkalash debataladi. Tarirovkalash maqsadida o'tkaziladigan tajriba tabiat hodisasiga teskari olib boriladi. Malumki, tabiiy sharoitda gidrometrik parrak suv oqimi ta'sirida aylanadi. Tarirovkalashda esa unga teskari isholib boriladi, aniqrog'i suv massasi tinch holatda bo'ladi, gidrometrik parrak esa belgilangan Smasofada turli tezliklarda harakatlantiriladi. Malum t vaqt ichida belgilangan tezlikda harakatlantirilgan gidrometrik parrakning umumiy aylanishlari soninni aniqlaymiz. Eng kichik tezlikdan boshlab, tezliklarni sekundiga 3 mgacha o'zgartirib, tajribani qayta-qayta takrorlaymiz. Qayd etish lozimki, tajriba sekundiga 3 mdan ortiq tezlikda o'tkazilmaydi. Tajribalar soni 15 tadan 30 tagacha bo'lishi mumkin. Har bir tajriba natijasida aniqlangan V va n lar qayd etib boriladi: V1n1; V2n2; V3n3vahokazo. So'ng tajribalar natijalaridan foydalanib, Vf(n) bog'lanish grafigi chiziladi. Tajribalar maxsus tarirovka havzalarida o'tkaziladi. Ular ikki turda bo'ladi: 1) to'g'rio'zanli kanal shaklida; 2) o'zani aylanashaklida. Ushbu havzalarda gidrometrik parrak 5-10 mmasofada harakatlantiriladi. Yuqorida qayd etilgan tajribalar majmuasi 4-5 marta qaytariladi. Tarirovkalashda dastlab, parrakni juda kichik tezlik bilan harakatlantirishga alohida etibor berish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.97 KB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:12 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.97 KB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga