Tabiat bilan jamiyat o'rtasidagi o'zaro munosabatlar

Tabiat bilan jamiyat o'rtasidagi o'zaro munosabatlar

O'quvchilarga / Geografiya
Tabiat bilan jamiyat o'rtasidagi o'zaro munosabatlar - rasmi

Material tavsifi

Tabiat bilan jamiyat o'rtasidagi o'zaro munosabatlar, uning keskinlashuv sabablari va oqibatlari Reja: Tabiat bilan jamiyat o'rtasidagi o'zaro munosabatlar, uning keskinlashuv sabablari va oqibatlari Yangi iqtisodiy sharoitlarda tabiatdan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlari Tabiat komponentlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishning ekologik-iqtisodiy asoslari Ekologiya va iqtisodiyot: o'zaro bog'liqlik va ta'sir. Iqtisodiyotning ekologiyaga va ekologiyaning iqtisodiyotga ta'siri. Fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, aholi sonining tez suratlarda o'sishi va insonning tabiatga ta'siri. Iqtisodiyot va ekologiya o'zaro ta'sir va aloqada bo'lib, birining izdan chiqishi ikkinchisini badnom etishga olib keladi. Tabiat bilan jamiyat yaxlit hosila. Ular o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning keskinlashuvi turli miqyosdagi ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqaradi. Iqtisodiyotning ekologiyaga ta'siri malum, lekin ekologiyaning iqtisodiyotga ta'siri ancha murakkab kechadi. Fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, aholi sonining tez suratlarda o'sib borishi insonning tabiatga ta'sir doirasini kengaytirib yubordi. Yangi iqtisodiy sharoitlarda tabiatdan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlari Eksternaliya xarajatlari. Tabiiy muhitning assimilyatsiya potentsiali. Ekologiya iqtisodiyotining iqtisodiy mexanizmlari real maqsadga erishishda ijrochi va bajaruvchining moddiy manffatdorligiga asoslanadi. Shunday mexanizmlarga umumiy harakatdagi institutlar (turli kadastrlar, moddiy-texnika va moliyaviy ta'minlash tadbirlari, turli to'lovlar, kreditlash, soliqqa tortish bo'yicha imtiyozlar) hamda bozor munosabatlariga o'tish asosida paydo bo'lgan yangi belgilar (ekologik sug'o'rta, tabiat muhofazasi fondlari, rag'batlantiruvchi baholar, ekologik xizmatlar, shartnoma munosabatlari va boshqalar) kiradi. Tabiiy resurs kadastrlari - tabiiy resurslar to'g'risida tabiiy-iqtisodiy axborotlarni kadastr shaklida berishdir. Amaliyotda ularning quyidagi turlari keng qo'llaniladi: yer, suv, o'rmon, foydali qazilma konlari, ovchilik, alohida muhofaza qilinadigan hududlar kadastri va boshqalar. Yendilikda tabiiy resurslarning kompleks hududiy kadastrini (TRKXK) tuzish amaliyotga kirib kelayotir. Bu esa bozor munosabatlariga o'tish sharoitida tabiiy resurslarni boshqarish qulay va to'plangan shaklda beriladigan mukammal va kompleks axborotga ega bo'lishga imkon beradi. Tabiat muhofazasi tadbirlarini moliyalashtirishning asosi davlat byudjetlari hisoblanadi. Barcha darajadagi byudjetlarning daromad qismiga tabiiy resurslardan foydalanish va atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun tegishli soliqlar, to'lovlar va ajratmalar o'tkaziladi. Ekologik jamg'armalardan ekologik fondning Respublika jamg'armasi va mahalliy jamg'armalari, atrof-muhit sug'o'rta jamg'armalari, korxonalarning ekologik jamg'armalari tarkib topgan. Ekologiya sug'o'rtasi mamlakat hududlarida atrof tabiiy muhitning ifloslanishi va tabiiy resurslar sifatining yomonlashuvi oqibatida zarar yetkazish hollarini nazarda tutib, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning mol-mulki hamda daromadlari, fuqarolarning hayoti, salomatligi va mulkini ixtiyoriy va majburiy sug'o'rta qilish asosida amalga oshiriladi. Tabiiy-ekologik resurslarga to'lovlar resurslardan foydalanganlik uchun to'lovlar va atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik uchun to'lovlar shaklida amalga oshiriladi. Tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to'lovlarga yer uchun to'lovlar, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun to'lovlar, suv obyektlaridan foydalanganlik uchun to'lovlar (suvdan foydalanish huquqi uchun to'lovlar, suv obyektlarini tiklash va muhofaza qilishga to'lovlar), o'simlik resurslaridan foydalanganlik uchun to'lovlar, hayvonot olami resurslaridan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.67 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:13 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.67 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga