7-sinf geografiya darsligi asosida 45-mavzu: O'zbekiston hududi tabiiy geografik tuzilishi jihatidan bir xil emas. Agar Respublikamizning shimoli-g'arbiy, g'arbiy qismi tekislikdan iborat bo'lsa, aksincha, sharqiy va janubisharqiy qismi tog'lardan, ular orasidagi vodiylar (botiqlar)- dan iborat. Respublikaning tekislik va tog'li qismi faqat geologik tuzilishi va relyefi jihatidan emas, balki hozirgi zamon tabiiy geografik xususiyatlari jihatidan ham bir-biridan farqlanadi. Tog'larda denudatsiya va eroziya jarayoni kuchli bo'lib, nuragan jinslar tekislik qismida to'planadi. Tekislik qismi esa uzoq vaqt dengiz tagida qolib qalin cho'kindi jinslar bilan qoplangan. Tog'li qismi esa, asosan, paleozoy va mezozoy jinslaridan tarkib topib, gersin va so'nggi tektonik jarayonlar ta'sirida ko'tarilib qolgan. O'zbekistonning tekislik qismi iqlimi qurg'oqchil bo'lib, yozi juda isib ketsa, tog'oldi va tog'larda harorat nisbatan salqin bo'lib, yog'in ortib boradi. Natijada, tuproq va o'simlik jihatidan ham bir-biridan farqlanadi. Ana shuning uchun O'zbekiston hududining tekislik qismi bilan tog'oldi va tog' qismi orasidagi tafovutlarni hisobga olib, uni quyidagi ikki qismga - tekislik qismi hamda tog'oldi va tog' qismiga bo'lamiz. Tekislik qismi Respublikamizning shimoli-g'arbiy va g'arbiy hududlarini o'z ichiga oladi. Tekislik qismining yer yuzasi okean sathidan taxminan 100-250 metr baland bo'lib, O'zbekistonning eng qurg'oqchil qismidir. Tekislik, asosan, cho'llardan iborat bo'lib, unda shu sharoitga moslashgan o'simlik va hayvonot dunyosi mavjud. Tog'oldi va tog' qismi O'zbekiston hududining janubi-sharqiy va sharqiy qismlari (adirlar, tog'oldilari, tog'lar, tog' oraliqlaridagi vodiylar)ni o'z ichiga oladi. Tog'oldi va tog' qismi tabiat unsurlari (geologik tuzilishi, yer yuzasi, iqlimi, suvlari, tuproq-o'simlik qoplami, hayvonot dunyosi) tekislikdan tog'ga tomon o'zgarib boradi va balandlik mintaqalanishi vujudga keladi. O'zbekistonning tekislik qismi ham, tog'oldi va tog'li qismi ham tabiiy sharoiti jihatidan farqlanuvchi yirik tabiiy hududiy kompleks - okruglarga bo'linadi (35- rasm). O'zbekiston hududini tabiiy geografik okruglarga ajratishning ular orasidagi tafovutlarni ilmiy jihatdan bilib olishdan tashqari, amaliy ahamiyati ham bor. Chunki tabiiy boyliklardan oqilona foydalanib, ularni muhofaza qilish, xalq xo'jaligi tarmoqlarini ixtisoslashtirish, eng avvalo, har bir okrug tabiati ichidagi tafovutlarni puxta bilishni taqozo etadi. O'zbekistonning tekislik qismi 5 ta tabiiy geografik okrugga bo'linadi: 1) Ustyurt, 2) Quyi Amudaryo, 3) Qizilqum, 4) Quyi Zarafshon, 5) Orol. O'zbekistonning tog'oldi va tog'li qismi esa 6 ta tabiiy geografik okrugga bo'linadi: 1) Surxondaryo, 2) Qashqadaryo, 3) O'rta Zarafshon, 4) Mirzacho'l, 5) Chirchiq-Ohangaron, 6) Farg'ona. Mazkur tabiiy geografik okruglar yuqorida qayd qilinganidek ayni vaqtda tabiiy hududiy komplekslardan iborat bo'lib, ular kompleks tabiiy sharoiti (yer yuzasining tuzilishi, iqlimi, suvlari, tuproq-o'simlik qoplami va boshq.)ga ko'ra bir-biridan keskin farq qiladi. Masalan, Chirchiq-Ohangaron tabiiy geografik okrugi O'zbekistonning shimoli sharqida, Sirdaryo bilan G'arbiy Tyanshan tog'lari orasida joylashgan. Yer yuzasi Sirdaryo ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:59:26
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.38 MB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:13
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:59 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.38 MB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:13 ]
Arxiv ichida: ppt