Tabiat komplekslari va ularning o'zgarishlari

Tabiat komplekslari va ularning o'zgarishlari

O'quvchilarga / Geografiya
Tabiat komplekslari va ularning o'zgarishlari - rasmi

Material tavsifi

Tabiat komplekslari va ularning o'zgarishlari Reja: 1.Tabiat komplekslari haqida tushuncha 2.Landshaft va uning tuzilishi,landshaft tahlili. 3. Tabiat komplekslari va ularning barqarorligi 4. Tabiat komplekslarining inson tomonidan o'zgartirilishi. 1 Tabiat komplekslari haqida tushuncha. Sizga ma'lumki, tabiiy muhit alohida tarkibiy qismlardan iborat. Ushbu tarkibiy qismlar tog' jinslaridan (litosfera), suvdan (gidrosfera), havodan (atmosfera) va tirik organizmlar (biosfera)dan iborat.Mazkur tarkibiy qismlar doimo bir-biri bilan o'zaro ta'sirda va o'zaro munosabatda bo'ladi,natijada yer yuzasida turli tabiy sharoitga ega bo'lgan hududlar vujudga keladi. Ushbu hududlar bir-biridan tashqi ko'rinishi, o'lchamlari va vujudga kelish omillari bilan farq qiladi. Masalan, cho'l, o'rmon, dasht, botqoq, muzlik, pichanzorlar bir-biridan keskin farqlanadi.Shuning uchun ham bizni o'rab turgan tabiiy muhit juda xilma-xildir Siz yasnab turgan joyning o'zida ham bir-biridan farq qiladigan qator hududlarni ajratish mumkin: o'rmon, balandlik, jarlik, yonbag'ir qumli do'ng, vodiy, botiq va h.k. Mazkur hududlarning har biri bir-biridan u yoki bu xususiyatlari bilan farq qiladi. Masalan, ayrim hududlarda havo iliq va nam, boshqalarida sovuq va quruq bo'lishi mumkin. Tabiat komponentlarining bir-biri bilan o'zaro aloqasi va munosabati tasodifiy emas, balki qonuniydir, Chunki mazkur aloqalar va munosabatlar uzoq davrlar mobaynida rivojlanadi. Tabiat komponentlari o'rtasida juda mustahkam aloqa va o'zaro ta'sir mavjud. Masalan, O'rta Osiyodagi cho'llarning pastqam sho'rxok joylarida qora saksovul, qumli joylarida esa oq saksovul o'sadi. Tabiat komponentlari o'rtasidagi o'zaro ta'sir va aloqa ularni bir butun yaxlit tizimga birlashtiradi. Mazkur tizimning barcha qismi bir-biri bilan chambarchas bog'langan, uning bir qismi o'zgarsa, boshqa qismi ham o'zgaradi. Masalan, botqoq quritiladigan bo'lsa, mazkur joydagi tuproq, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda iqlimiy sharoit ham o'zgaradi. Tabiat komponentlarining o'zaro aloqasi va ta'siri oqibatida yer yuzasida turli xil tabiat komplekslari vujudga keladi. Kompleks so'zi lotincha bo'lib, uyg'unlik degan ma'noni beradi.Har bir tabiiy kompleks ma'lum bir hudud doirasida joylashadi va rivojlanadi, Shuning uchun ular tabiiy-hududiy kompleksiar, qisqa qilib tabiiy komplekslar yoki geografik komplekslar (geokomplekslar) deb alaladi.Tabiat kompleksi deb, Yer yuzining tabiat komponentlarining o'zaro murakkab ta'siri natijasida tarkib topgan hamda tabiatining xususiyatlariga ko'ra boshqa joylardan farq qiladigan qismlariga aytiladi Tabiat komplekslari turli xil kattalikda bo'ladi. Daryo vodiysi, tabiat zonalari. geografik mintaqalar, materiklar, okeanlar tabiiy-hududiy kompleks bo'lib hisoblanadi(5rasm). Eng katta tabiiy kompleks geografik qobiq hisoblanadi. Geografik qobiq o'z navbatida Dunyo okeani va quruqlikka; Dunyo okeani okeanlarga; quruqlik esa materiklarga bo'linadi. Okean va materiklar geografik mintaqalarga hamda tabiat zonalariga, tabial zonalari esa landshaftlarga bo'linib ketadi.(6-rasm) Tabiiy geografiya fanining o'rganish obyekti - landshaftlardir. Tabiat komponentlari - tog' jinslari, suv, havo, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda rnikroQrganizrnlardir 2. Landshaft va uning tuzilishi. Landshafl nemischa so'z bo'lib, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.96 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:13 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.96 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga