Tabiat komponentlarini ekologik havfni vujudga keltiruvchi ichki va tashqi omil sifatida belgilash

Tabiat komponentlarini ekologik havfni vujudga keltiruvchi ichki va tashqi omil sifatida belgilash

O'quvchilarga / Geografiya
Tabiat komponentlarini ekologik havfni vujudga keltiruvchi ichki va tashqi omil sifatida belgilash - rasmi

Material tavsifi

Tabiat komponentlarini ekologik havfni vujudga keltiruvchi ichki va tashqi omil sifatida belgilash Bugungi kunga kelib ko'plab tadqiqotlarda tabiat komponentlarini turli jarayonlarning yuzaga kelishida ichki va tashqi omil sifatida belgilash ko'zga tashlanadi. Bu esa ko'pchilikda tabiat komponentlarini ekologik havfni vujudga keltiruvchi ichki va tashqi omil sifatida qachon hamda qanday holatlarda belgilanishi mumkin, degan savollarni keltirib chiqaradi. Bu muammo ko'plab geograf olimlarning ishlarida kuzatiladi (Grodzinskiy, 1987; Preobrajenskiy, 1986). T.Tillyayev (2004) ekologik havfni ichki omillar ta'sirida ham yuzaga kelshiga e'tibor bermasada, tashqi omillar mavjudligini ilmiy maqolalarida ta'kidlab o'tadi. Falsafada esa tashqi omillar Yer planetasidan tashqaridagi faoliyatlarni anglatadi (Nigmatov, 2004). Biz ekologik havfni keltirib chiqaruvchi ichki va tashqi omillarni tabiiy geografik jihatdan tahlil qilish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Chunki, ekologik havfni vujudga keltiruvchi ichki va tashqi omillar tadqiqot obyektining hududiy xususiyatlariga, ya'ni ko'zda tutilayotgan hududning katta - kichikligiga bog'liq. Quyida ekologik havfni vujudga keltiruvchi omillar sifatida tabiat komponentlarini qarab chiqamiz. Joy relyefining holati havfli vaziyatlarni yuzaga kelishida faol ishtirok etadi. Masalan, relyefda nishablikning kattaligi surilmalarni hosil bo'lishiga olib keladi va havfli vaziyatlarni yuzaga keltiradi. Bu esa ayni vaqtda ham ichki ham tashqi havf tug'diruvchi omil bo'lishi mumkin. Landshaftlar komponentlarining ahamiyati to'g'risida fikr yuritilganda A.A. Krauklis (1979) tog' jinslari va relyefni sust yoki faoliyatsiz komponentlar deb hisoblaydi. Bu esa, bizning nazarimizda, relyefni o'zgarmas, ya'ni butunlay ichki omil sifatida qarash imkonini beradi. Inson tabiatning eng havfli unsuri. Inson faoliyati yuqoridagi holatlarning barchasiga bevosita ta'sir etadi va u ham ichki ham tashqi omil sifatida qaraladi. Masalan, Sh.S. Zokirov landshaftlar shakllanishi to'g'risida fikr yuritar ekan Bunda inson ta'siriga tabiiy jarayon hamda tashqaridan ta'sir etadigan omil deb qaralmog'i lozim- deb hisoblaydi. Biz, muayyan lanshaft, geotizim yoki hudud uchun tabiat komponentlari butunlay tashqi omil sanalmaydi va tabiat komponentlariga shartli ravishda tashqi omil sifatida qarash zarur, deb hisoblaymiz (1 - sxema). Masalan, inson faoliyati kuzatilmaydigan cho'l landshafti uchun inson tashqi omil va inson faoliyati kuzatiladigan landshaftlarda ichki omil sifatida qaralishi mumkin. Ko'pchilik hollarda tadqiqotchilar inson ham tabiatning bir komponenti ekanligini inkor etmasalarda, ayni vaqtda uni antropogen tashqi omil sifatida qaraydilar. Oqmas ko'l landshafti tadqiqot obyekti sifatida qaralsa, ko'l suv sathining pasayishi shu landshaftning boshqa komponentlari uchun havf tug'diradi va suv ichki havf soluvchi omil hisoblanadi. Agar hududga suv oqib kirsa yoki undan oqib o'tsa suv tashqi omil sifatida qaraladi. Shu jihatdan suv ham ichki ham tashqi omil hisoblanadi. 1 - sxema. Tabiat komponentlarining ekologik havfni vujudga keltiruvchi omil sifatida Tuproq va o'simlik olami deyarli barqaror hisoblanadi. A.A. Krauklis (1979) fikricha, biota ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 70.4 KB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:13 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 70.4 KB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga