Tabiatda suvning aylanishi Reja: 1 Yer kurrasida va materiklar ichida namlikning aylanishi 2 Yer kurrasida suv muvozanati 3 Suvning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati 1.Yer sirtining okeanlar va dengizlar suvlari bilan qoplangan yuzasi umumiy nom bilan Dunyo okeani deb ataladi. U planetamizning suv qobig'i bo'lgan gidrosferaning ajralmas va asosiy qismidir. Gidrosfera dunyo okeanidan tashqari yuqorida aytilganidek, quruqlikdagi suvlar, daryolar, ko'llar va muzliklardan, atmosferadagi suv bug'laridan, tuproqdagi namlikdan, shuningdek, yer osti suvlaridan tashkil topgan. Dunyo okeani Yer kurrasi umumiy maydoni (510 mln km)ning 361 mln. km yoki 71% ini egallagan, quruqlik yuzasi esa 149 km yoki uning 20% ini tashkil etadi. Yer kurrasida quruqlik va suv yuzalari notekis taqsimlanadi: quruqlikning katta qismi shimoliy yarim sharda bo'lib, uning yuzasi 39% ni tashkil etadi: Janubiy yarim sharda esa quruqlik bor yo'g'i 10% ni egallagan. Bunday taqsimlanish atmosferaning umumiy tsirkulyatsiyasiga va suvning tabiatdan aylanishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Gidrosferaning turli qismlarida suv miqdorining taqsimlanishi to'g'risidagi ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, Yer kurrasidagi suvning umumiy hajmi 1386 mln. km dan ortiq. Bundan 1338 mln. km dunyo okeanida, 294 mln. km Yer po'stida, 26 mln. km muzliklarda, 176 ming km ko'llarda, 2,1 ming km esa daryolardadir. Yerdagi suvning umumiy hajmi taxminan hisoblangan, chunki yer osti suvlarining miqdori ham unchalik hisoblangan emas. Yer kurrasidagi chuchuk suvlarning umumiy zahirasi 35 mln. km deb baholanadi. (Yerdagi umumiy suv hajmining 2,3%i), uning 68% dan ko'prog'i Antarktida va Grenlandiya muzliklarida va 30%i yer osti suvlaridan iboratdir. Hozirgi paytda foydalanish uchun mumkin bo'lgan chuchuk suvlar miqdori Yerdagi umumiy suv hajmining taxminan 0,3% ini tashkil etadi. Yer gidrosferasidagi turli qismlaridagi suv hajmi jadval Quyosh nurlari ta'sirida Dunyo okeani yuzasidan, daryolar, ko'llar, botqoqliklar, muzliklar, o'simliklardan va yer sirtining boshqa qismlaridan har yili 520 ming km (1015 mm) suv bug'iga aylanadi. Suv bug'lari gravitatsiya kuchlari ta'sirida yuqorida ko'tariladi va kondensatsiya jarayonida toyinib, og'irlik kuchlari tufayli yog'in sifatida yana Yer sirtiga tushadi. Atmosferadagi namlikning asosiy manbai - okeanlar va dengizlar yuzasida bo'ladigan bug'lanishdir. U yer kurrasida yuzasidan bo'ladigan umumiy bug'lanishning 86,5% ini tashkil etadi. Shu miqdorning ko'p qismi bevosita yana okeanlar va dengizlar yuzasiga atmosfera yog'ish ko'rinishida qaytib tushadi. Bu kichik suv aylanishi deb ataladi. Namlikning qolgan qismi materiklar tomon harakatlanadi va ular yer yuzasi bilan murakkab aloqada bo'ladi. Okean va quruqlikda suvning bug'lanishi suv bug'ining okeanlar ustidan o'tishi va materiklar ichiga kirib borishi, ularning kondensatsiyalanishi hamda yog'in - sochin tarzida tushishi, shuningdek, materiklardan suvning daryolar ko'rinishida oqib ketishi kabi jarayonlar tabiatning ayrim komponentlari orasida suv almashinishini ta'minlaydi. Bu ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:59:26
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.63 KB
Ko'rishlar soni
134 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:13
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:59 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.63 KB
Ko'rishlar soni
134 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:13 ]
Arxiv ichida: doc