Tabiatni muhofaza qilishning geografik asoslari 10-sing Geografiya darsligi asosida 12 § - mavzu Tabiatni muhofaza qilish Alohida muhofaza etiladigan hududlar Qo'riqxona Tabiat yodgorliklari Reja: Tabiatni muhofaza qilish deganda, tabiatni insoniyat manfaatlarini ko'zlab saqlashga va ongli ravishda o'zgartirishga, uning mahsuldorligini saqlab qolishga, hamda resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan barcha turdagi tadbirlar tushuniladi. Tabiatni muhofaza qilishning eng asosiy masalalari - atrof-muhit ifloslanishining oldini olish va barcha turdagi tabiiy resurslar: suv, yer, iqlim, o'simlik, hayvonot resurslari hamda qazilma boyliklardan oqilona va isrof qilmay foydalanish. Tabiatni muhofaza qilishning ikki xil yo'li mavjud. Birinchisi, alohida muhofaza etiladigan hududlar ajratilib, u yerdagi tabiiy landshaftlar yoki noyob tabiat yodgorliklarini saqlab qolish, ayrim turdagi o'simlik va hayvonlarni saqlash va ko'paytirish tadbirlari amalga oshiriladi. Ikkinchisi, keng qamrovli bo'lib, tabiatni undan xo'jalik maqsadlarida foydalanish jarayonida muhofaza qilishni o'z ichiga oladi. Alohida muhofaza etiladigan hududlar - tabiatni muhofaza qilish, sog'lomlashtirish, rekreatsiya, tarixiy-madaniy maqsadlar uchun ajratilgan yer va suv (akvatoriya) maydonlari hisoblanadi. Milliy bog' - alohida muhofaza etiladigan hududlarning eng yirik shakli bo'lib, ilmiy, madaniy, estetik yoki tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan tabiat komplekslarini, nodir tabiat obyektlari, xushmanzara landshaftlarini saqlash uchun tashkil qilinadi Milliy bog'lar xorijiy mamlakatlarda hududlarni muhofaza qilishning asosiy shaklidir. «Milliy» so'zi mazkur hududning xususiy mulk emas, balki butun millatga qarashli ekanligini bildiradi va muhofaza tadbirlari davlat tomonidan amalga oshiriladi. Qo'riqxona - har qanday xo'jalik faoliyati taqiqlangan, tabiat komponentlari va landshaftlar qonun asosida qat'iy muhofazaga olingan joy. Biosfera rezervati (lot. rezervo - saqlayman) - biologik xilma-xillikni saqlashni va bir vaqtda mintaqaning barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta'minlash maqsadida tabiiy va madaniy landshaftlar muhofaza qilinadigan joy. Buyurtmaxona - ayrim tabiiy obyektlar va landshaftlarni saqlab qolish, takror ko'paytirish va tiklash uchun mo'ljallangan muhofaza etiladigan tabiiy hudud yoki suv havzasi. Tabiat yodgorliklari - jonli va jonsiz tabiat yaratgan noyob, diqqatga sazovor obyektlar: g'orlar, sharsharalar, ajoyib shaklli qoyatoshlar (5rasm), daralar, geyzerlar, buloqlar, relyefning g'aroyib shakllari, Inson mehnat faoliyatining ekologik jihatdan tozalik tamoyiliga asosan ishlab chiqarish jarayonida va kundalik turmushda vujudga kelayotgan turli chiqindilarni atrof-muhitga tashlashdan oldin ularni tozalab, butunlay zararsizlantirish lozim. Tabiiy resurslardan me'yorga yarasha foydalanish tamoyili tabiiy resurslarning ma'lum miqdorga egaligi, ularning o'z miqdori va foydalanish me'yori mavjud ekanligiga asoslanadi. Tabiatni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish tadbirlarini qo'llayotganda turli usullar, ayniqsa, biologik xilma-xillikga, asosan, mahalliy elementlarga katta e'tibor berish kerak. ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:59:26
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.81 MB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:13
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:59 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.81 MB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:13 ]
Arxiv ichida: pptx