Tabiiy geografik jarayonlar 10-sing Geografiya darsligi asosida 13 § - mavzu Reja: 2 3 4 Tabiiy geografik jarayonlar 1 Nurash Deflyatsiya Eroziya Tabiiy geografik jarayonlar deb, Yerning tashqi (ekzogen) kuchlari va inson xo'jalik faoliyati ta'sirida sodir bo'ladigan jarayonlarga aytiladi. Tabiiy geografik jarayonlar tog' jinslarining yemirilishida, tog' jinslari fizik holatining o'zgarishida, yer yuzasi relyefining shakllanishi va o'zgarishida, atmosfera hodisalari rivojlanishida namoyon bo'ladi. Tabiiy omillar, o'z navbatida, ikki katta guruhga bo'linadi: Yerning ichki kuchlari bilan bog'liq va tashqi kuchlar bilan bog'liq bo'lgan omillar. Yerning ichki kuchlari endogen (yunoncha «endo» - ichki, «genos» - kelib chiqish) kuchlar deb ataladi. Ular ta'sirida vulqonlar otiladi, zilzilalar, tektonik harakatlar sodir bo'ladi. Bunday jarayonlar endogen yoki geologik jarayonlar deb ataladi. Tashqi omillar ekzogen (yunoncha «ekzo» - tashqi, «genos» - kelib chiqish) omillar yoki kuchlar deb ataladi. Tashqi kuchlar ta'sirida vujudga keladigan jarayonlar ekzogen jarayonlar yoki tabiiy geografik jarayonlar deb ataladi. Ekzogen jarayonlarga nurash, eroziya, abraziya, deflyatsiya, surilma, karst, sel, qor ko'chkisi kabi hodisalar kiradi. Nurash deb, haroratning o'zgarishi, kimyoviy jarayonlar, atmosfera, suv va organizmlar ta'sirida tog' jinslarining yemirilishiga aytiladi. 1. Fizik nurash 2. Kimyoviy nurash 3. Organik nurash Nurash uch turga ajratiladi: Fizik nurash, asosan, harorat va namlikning o'zgarishi natijasida sodir bo'ladi. Kunduzi havo haroratining ko'tarilib ketishi natijasida tog' jinslarida darzlar hosil bo'lib, ular bo'laklarga bo'linib ketadi. Ammo tog' jinslarining kimyoviy tarkibi o'zgarmaydi. Fizik nurash cho'llarda va qoyali tog'larda keng tarqalgan. Kimyoviy nurash deb, havo, suv ta'sirida tog' jinslarining yemirilishi va kimyoviy o'zgarishiga aytiladi. Kimyoviy nurash ta'sirida barqaror minerallar hosil bo'ladi. Organik nurash deb, tog' jinslarining organizmlar (o'simlik, hayvonot dunyosi, mikroorganizmlar) ta'sirida yemirilishiga aytiladi. Eroziya (lotincha «erosio» - yemirish, yuvilish) deb tog' jinslari va tuproqning oqar suvlar ta'sirida yuvilishiga aytiladi. Eroziya yuzalama va chiziqli turlarga bo'linadi. Yuzalama eroziya jarayoni tog' yonbag'irlarida keng tarqalgan. Uning oqibatida tog' yonbag'irlaridagi jinslar yuvilib, pastga tushadi. Abraziya (lotincha «abrasio» - qirish, qirtishlash) deb, okean, dengiz va ko'l qirg'oqlarining to'lqinlar tomonidan yemirilishi va tekislanishiga aytiladi. Abraziya natijasida okean va dengiz, ko'l qirg'oqlarida tekisliklar hosil bo'ladi. Respublikamizdagi yirik ko'llar va suvomborlarining qirg'oqlarida abraziya jarayonini kuzatish mumkin. Deflyatsiya (lotincha deflatsio - puflash) - tog' jinslarining shamol ta'sirida yemirilib, maydalangan zarralarning boshqa joylarga ko'chishi. Deflyatsiya qurg'oqchil o'lkalarda, ayniqsa, qumli cho'llarda kuchli bo'ladi. Sel - tog' vodiylari, soylar va jarlardan qisqa vaqt ichida juda katta tezlik bilan oqib keluvchi tosh aralash loyqa suv oqimi. Sellar tog'li o'lkalarda jala yog'ishi natijasida yuzaga keladi. Karst deb, suvda yaxshi eriydigan tog' jinslarining yer usti va osti suvlari ta'sirida eritilib, oqizib ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:59:26
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
6.49 MB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:13
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:59 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
6.49 MB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:13 ]
Arxiv ichida: pptx