7-sinf geografiya darsligi asosida 31-mavzu: Siz O'rta Osiyo o'lkasining tabiatini o'rganish davrida o'lkaning turli qismlarida tabiiy sharoitning xilma-xilligini bilib oldingiz. Tabiatdan xalq xo'jaligining turli sohalarida foydalanishda, tabiatni muhofaza qilishda, insonning yashash sharoiti - ekologik sharoitning buzilib, ifloslanib ketishidan saqlab qolishda har bir hududning o'ziga xos tabiiy sharoitini yaxshi bilish va tabiatga bu xususiyatlarni hisobga olib ta'sir ko'rsatish zarur. Ana shu maqsadda yirik tabiiy geografik o'lkalar yanada maydaroq qismlarga - tabiiy geografik kichik o'lka, tabiiy geografik rayonlar guruhi va tabiiy geografik rayonlarga ajratib o'rganiladi. Tabiiy geografik o'lkalarni kichikroq qismlarga ajratishda har bir hududning tabiiy xususiyatlari hisobga olinadi. O'rta Osiyo tabiiy geografik o'lkasida iqlim ta'sirida vujudga keladigan o'ziga xos xususiyatlarga qarab ikkita tabiiy geografik kichik o'lkani ajratish mumkin: Turon tabiiy geografik kichik o'lkasi va Qozog'iston tabiiy geografik kichik o'lkasi (26- rasm). Turon tabiiy geografik kichik o'lkasi iqlimida subtropik iqlimga xos xususiyatlar mavjud. Ayrim yillari qish yumshoq kelib, ba'zi o'simliklar, ayniqsa, o't va buta o'simliklari ko'karib turaveradi. Boshqacha qilib aytganda, vegetatsiya to'xtamaydi, yog'in kam yog'sa ham, uning ko'p qismi bahor oylariga to'g'ri kelgani uchun bahorda qisqa muddatda unibo'sib, meva berib qurib qoladigan o'simliklar - efemer va efemeroid o'simliklar barq urib o'sadi. Yoz kelishi bilan ular qurib qoladi. Bundan tashqari, yozda yog'in deyarli yog'maydi, jazirama issiq bo'ladi. Qishda esa Qozog'iston kichik o'lkasida kuzatiladigan qattiq sovuq bo'lmaydi. Qozog'iston tabiiy geografik kichik o'lkasining iqlimi mo'- tadil. Yog'in miqdori, umuman, kam, lekin fasllar bo'yicha deyarli bir tekis taqsimlangan. Shuning uchun yil bo'yi nam yetishmaydi. Natijada, efemer va efemeroid o'simliklar o'smaydi. Qishda Markaziy Osiyo antisiklonining ta'siri kuchli bo'lib, havo juda sovib ketadi. Yoz ancha issiq bo'lsa ham, Turon kichik o'lkasidagidek juda yuqori harorat kuzatilmaydi. Qozog'iston va Turon kichik o'lkalari o'rtasidagi chegara Qorabo'g'ozgo'l janubi, Ustyurtning janubiy chinklari orqali o'tib, Qo'ng'irotgacha keladi. Undan sharq tomonga davom etib, Qizilo'rdagacha boradi. So'ngra Qoratov, Talas Olatovi va Farg'ona tog' tizmalarining suvayirg'ichlari bo'ylab o'tib, Otboshi, Oloy, Farg'ona tog' tizmalari tutashgan joyga boradi. Tog'larda bahor va yoz fasllari kechikadi, kuz, qish erta tushadi. Yoz qisqaroq, kuz uzoqroq davom etadi. Shamolga ro'para yonbag'irlarda yog'in miqdori ortadi. Havoning harorati yuqoriga ko'tarilgan sari pasayadi. Tog'larga xos bo'lgan tog'-vodiy, yonbag'ir shamollari esadi. Vodiylar og'zida mahalliy shamollar vujudga keladi. Farg'ona vodiysi Mirzacho'l tekisligi bilan tutashib turadigan «Xo'jand yo'lagi»da mahalliy Bekobod va Qo'qon shamollari vujudga keladi. Iqlimdagi bu o'zgarishlar boshqa tabiat komponentlarida ham o'zgarishga sabab bo'ladi. Tog'larda balandlik mintaqalari yuzaga keladi. Yonbag'irlarning qaysi tomonga qaraganiga bog'liq holda, tabiat manzarasi o'zgaradi. Bunday o'zgarishlar tekisliklarda kuzatilmaydi. Tekislik va tog'lardagi ana shu xususiyatlarni hisobga ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:59:26
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
856.09 KB
Ko'rishlar soni
141 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:13
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:59 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
856.09 KB
Ko'rishlar soni
141 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:13 ]
Arxiv ichida: ppt