Tabiiy geografik rayonlashtirish R e j a: 1. Tabiiy geografik rayonlashtirish yo'llari 2.Tabiiy geografik rayonlashtirishning asosiy tamoyil(prinsip)lari 3. Taksonomik birliklar haqida tushuncha Tabiiy geografik rayonlashtirish obyektiv mavjud hududiy tabiiy geografik majmualarni o'rganish, ularga miqdor va sifat ko'rsatkichlari asosida ta'rif berish, shu asosda o'lkadan unumli foydalanish masalalarini hal qilish geografiya fani oldida turgan eng muhim masalalardan bridir. Tabiiy geografik rayonlashtirish regional birliklarni tabiatda obyektiv mavjudligi, ularning doimo bir-biri bilan uzviy aloqada ekanligi va o'zaro bog'liqligi kabi dialektik-materialistik metodalogiyaga asoslanadi. Tabiiy geografik rayonlashtirishning ilmiy prinsiplari ana shu metodologiya asosida ishlab chiqilgan. Tabiiy geografik rayonlashtirish muammolari bo'yicha N. A. Gvozdetskiy, N. I. Mixaylov, G.D. Rixter, V. I. Prokayev, A. G. Isachenko, F. I. Mil'kov, V. M. Chetirkin kabi yirik tabiiy geograf olimlar katta ilmiy ish olib bordilar. Tabiiy geografik rayonlashtirish o'lkada olib boriladigan tadqiqotning geografik bosqichida muhim hisoblanadi va u region nomlarini obyektiv, asosli ravishda ajratish, ularni mukammal tasvirlashga, tabiiy majmualararo va mujassamalararo aloqalarni son va sifat jihatidan chuqur tahlil qilishga imkon beradi. Tabiiy geografik rayonlar rivojlanishi, tarixi, geografik o'rni, tabiiy geografik jarayonlarga, tartibiy qismlarning majmuiga ko'ra bir-biridan farqlanadi. Har bir tabiiy geografik birlik bir butunligi, atmosfera sirkulyatsiyasida, gidrogeografiya tarmoqlarning xususiyatlarida, o'simlik va hayvonot olamida, zonal va azonal omillarda namoyon bo'ladi. Tabiiy geografik rayonlashtirishning asosiy tamoyillari 1. Hududiy bir butunlik tamoyili Tabiiy geografik birliklarning muhim xususiyatlaridan biri ularning maydon jihatidan bir butunligidir. Bu tamoyil har bir regionning yer yuzida boshqa yerda qayta uchramasligi, ularning xususiy belgilariga ega ekanligiga asoslanadi. Bir tabiiy geografik region faqat bir joyda yaxlit holda mavjud bo'ladi. Boshqa joylarda xuddi shunday region takrorlanmaydi, lekin ayrim o'xshash xususiyatlarga ega bo'lishi mumkin. 2. Landshaftlar rivojlanish tarixining birligi tamoyili Bu tamoyil majmuali tabiiy geografik rayonlashtirishda asosiy tamoyillardan biridir. Bu tamoyil tabiiy geografik rayonlashtirishning hamma bosqichida hisobga olinadi. Chunonchi tabiiy geografik rayonlarni ajratishda ularning geologik hamda geomorfologik rivojlanish va landshaftlar genezisi asos qilib olinadn. Lekin tabiiy geografik zonalarni ajratishda bu tamoyildan foydalanish mumkin emas. Chunki zonaning o'zida geologik va geomorfologik taraqqiyoti hamda landshaftlarni yoshi jihatidan bir-biridan farq qiluvchi tabiiy majmualar ham uchraydi. 3. Majmualilik tamoyili. Bu tamoyiliga ko'ra tabiiy geografik rayonlashtirish landshaftlarning bir yoki bir necha yetakchi komponenti emas, balki barcha komponentlari birgalikda hisobga olinishi kerak. Masalan, tabiiy geografik birliklarga ajratishda geologik- geomorfologik tuzilishi, relfi yoki iqlimgina emas, tuproqlari, o'simliklari, hayvonot dunyosi, yer usti va yer osti suvlari, tabiiy geografik jarayonlardagi o'xshashlik va tafovutlar ham aniqlanishi hamda e'tiborga olinishi lozim. Shunday qilganda tabiiy geografik rayonlashtirishda majmualillikka amal qilingan bo'ladi. Tabiiy geografik rayonlashtirishning komponentlar bo'yicha ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:59:26
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.28 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:13
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:59 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.28 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:13 ]
Arxiv ichida: doc