Tabiiy geografik tadqiqot usullari fanining maqsadi, vazifalari, o'rganish predmeti

Tabiiy geografik tadqiqot usullari fanining maqsadi, vazifalari, o'rganish predmeti

O'quvchilarga / Geografiya
Tabiiy geografik tadqiqot usullari fanining maqsadi, vazifalari, o'rganish predmeti - rasmi

Material tavsifi

Tabiiy geografik tadqiqot usullari (metodikasi) fanining maqsadi, vazifalari, o'rganish predmeti Reja: Usul, uslubiyot, metod, metodika tushunchalari mohiyati Metod - usullar ilmiy bilishning yo'li, voqeyalikni amaliy yoki nazariy o'zlashtirishning majmui, sistemasi ekanligi Tabiiy geografik tadqiqot usuli o'quv predmeti sifatida Kursning maqsadi, vazifasi Tarmoq - kompenent tadqiqot metodlari Tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy fanlarning yaxliit tizimi-sistema sifatida shakllangan geografiya fanlari tabiiy hududiy va akval komplekslar bilan hududiy ishlab chiqarish komplekslarini alohida-alohida holda ham, yaxlit bir sistema-tizim hamda ish ko'radigan ikki tarmoqli (qanotli) yagona (bir butun) bilim sohasi. Geografiya va uning tabiiy geografiya fanlari bo'linmasi mustaqil fan sifatida taraqqiy etishi uchun quyidagi to'rt shartga javob berishi zarur. 1. Predmeti, 2. Tadqiqo uslublari, 3. Nazariy asoslari, 4. Vazifalarning o'ziga xosligi. Tabiiy geografiya geokomplekslar va geosistemalar ta'limot fanning nazariy asosini tashkil etadiki, geosistemalarning ikki (1. Tabiiy, 2. Ijtimoiy-iqtisodiy) va uch bosqichi sayyoraviy-(global), regional (mintaqaviy) va mahalliy (tipologik) rivojlanishi-holatini (komplekslilik (matuali-tizimlilik) hududiylik, sababiylik (determinizm) tarixiylik, ekogizm, kunfunksiyalilik, xaritashunoslik tamoyillari (prinsiplari) nuqtai-nazaridan o'rganadi. Asosiy umumgeografik qonuniyatlar geografiya qobiq va geosistemalarning bir butunligi nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etiladi. Tabiiy geografiya predmeti-tabiiy hududiy va akval komplekslar, ularning eng kattasi va bir nusxada namoyon bo'lgani-Geografik qobiq, geografik qobiq qonuniyatlari, rivojlanish va o'zgarishda ekanligi fanning nazariy asoslari hisoblanadi. Har qanday ilm sohasi o'zining qonuniyatlari, tushunchalari biishi uchun tadqiqot usuliga ega bo'lishi mumkin. Geografiya fanlarining fan sifatida taraqqiyot tarixi-g'oyalarning paydo bo'lish-g'oyalar tarixi bilan bu g'oya va nazariyalarni (farazlarni-ilmiy taxminlarni isbotlash uchun sayohatlar (ekspeditsiyalar, ekskursiyalar, bevosita joyga borib ko'rish, kuzatish) taxidan ibora ekanligini hamma biladi. Aristotel (Miloddan oldingi 384-322 yillar) Yerning sharsimonligini -e'tirof etibgina qolmay, rad etib bo'lmas dalillar bilan isbotlab berdi. Bular oy tutilgan Quyosh yorug'lik nurining to'sib qoladigan Yer soyasining dumaloq-shar shaklda bo'lishi, tekislikdan toqqa ko'tarilgan sari ufq-gorizontning kengayib borishi qorg'oqdan dengiz ichkarsiga uzoqlashayotgan kemaning bora-bora ko'rinmay ketishi va boshqa dalillar yordamida Yer sayyorasining Shar qiyofasidaligini birinchi bo'lib ko'rsatib berdi. Yerning shar ekanligi haqidagi g'oya-1519-1522 yillarda F.Magellan sayohati natijasida amalda isbot etildi-sayohatchi va uning yo'ldoshlari g'arbga tomon so'zib, sharq tomondan qaytib keldilar (garchi Magellan Filippin orollarida halok bo'lgan bo'lsa-da). Bu tarixiy ashyoviy dalilni keltirish shuning uchun zarurki-geografiyada g'oyani isbot etishning sinalgan usuli -ekspeditsiya-bevosita joyda ish olib borish ekanligi ta'kidlashdir. Geografiyada xususan tabiiy geografiyada an'anaviy tekshirish usuli-sayohat-ekspeditsiya usulidir. Ensiklopediyalarda -metod so'zi -yunoncha-tadqiqot yoki bilish yo'li, nazariya, ta'lmot deb ko'rsatilgan Metod-bu voqelikni nazariy yoki amaliy o'zlashtirish usullari ilmiy tadqiqot olib borish, fikrni bayon etish umumlashtirish baholash usullari falsafaning metodi deyilganda falsafiy bilimlar sistemasini yaratish va asoslash usullari tushuniladi. Metod aslida insonning amaliy faoliyati negizida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.9 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:14 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.9 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga