Tabiiy geografik tadqiqotlar Reja: Tabiiy geografik tadqiqotlar haqida. Tabiiy geografik tadqiqotlar va yer kadastri. Muhandis - geografik tadqiqotlar. Tibbiy geografik tadqiqotlar. Xulosa. TABIIY GEOGRAFIK TADQIQOTLAR Geografiya serqirra fan bo'lib, uni o'rganish jarayonida juda ko'plab sohalar, kasblar, mutaxassisliklar bilan tanishish imkoni bo'ladi. Tabiiy geografiya fani ko'plab tadqiqot usullarini o'z ichiga oladi. ishlab chiqarish faoliyatining ko'plab sohalarida tabiiy geografiya ishtirok etadi. tabiiy geografiyaning asosiy tadqiqot yo'nalishlari: agrogeografik, muhandis - geografik, tibbiy - geografik, rekreatsiya, kartografik, rayon planirovkasi, demografik va boshqa yo'nalishlaridan iborat. Quyida ularning ayrimlari haqida bilib olasiz. Agrogeografik (agro - yunoncha so'z bo'lib, dala ma'nosini bildiradi) tadqiqotlar natijasida yer resurslari qishloq xo'jalik maqsadlari nuqtayi nazaridan baholanadi. Agrogeografik tadqiqotlar davomida olingan ma'lumotlar asosida har bir hudud uchun yerdan foydalanishning aniq chora - tadbirlari ishlab chiqiladi. Qishloq xo'jalik yerlariga ekin ekiladigan yerlar, bo'z yerlar, ko'p yillik daraxtzorlar, pichanzor va yaylovlar kiradi. qishloq xo'jalik ekinlarini joylashtirishda relyef va uni tashkil qilgan yotqiziqlar muhim ahamiyatga ega. Joyning relyefi hududning tuproq, grunt suvlari va yerusti suvlari me'yorini, o'simlik qoplami va iqlim xususiyatlari belgilaydi. Madaniy ekinlar ham joy relyefiga mos ravishda tabaqalashtiriladi. Masalan, daryolarning (Sirdaryo, Amudaryo, Qoradaryo, Norin, Chirchiq, Ohangaron, Zarafshon va h.k.) yuqori terassalari sug'oriladigan yerlardan iborat bo'lib, ularda paxta, g'alla, yem -xashak ekinlari yetishtiriladi. Daryolarning quyi terassalarida (I-II) sholi va boshqa suvni ko'p talab qiladigan ekinlar yetishtiriladi. Adirlarda, o'rtacha balandlikdagi tog'larning yonbag'irlarida lalmi ekinlar, cho'llarda va tog' yonbag'irlarida yaylov va pichanzorlar joylashgan. Shunga ko'ra, O'zbekistondagi yerlar terassali, deltali, yoyilmali, adirli, tog' yonbag'irli yerlarga ajartilishi mumkin. Ma'lum bir davlat, viloyat, tuman yoki hududda yer resurslari bo'yicha muntazam ravishda o'tkazilgan kuzatishlar natijasida yig'ilgan ma'lumotlaming jamlanmasi kadastr deb ataladi. kadastr yer, suv, qazilma boylik, yaylov, o'rmon va boshqalar bo'yicha hamtuzilishi mumkin. Davlat yer kadastri quyidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi: yerning kimga qarashli ekanligi; uning miqdor va sifat xususiyatlari; tuproq bonitirovkasi; yerning iqtisodiy baholanish natijalari. Yer kadastri mamlakat bo'yicha yagona tizimga ega bo'lib, unda yerning aniq maydoni va sifati, tabiiy, xo'jalik va huquqiy holati to'g'risida to'liq navbatda tahlil qilinadi. avtomobil yo'llarining qiyaligi 12-15 dan oshmasligi lozim. Baland va qiyaligi yuqori bo'lgan joylarda yo'llar yerosti tunellari orqali o'tkaziladi. Masaln, Toshkent - Andijon avtomobil yo'lining qamchiq dovonida uzunligi 2,5 km li tunnel qazilgan. Bundan tashqari, yo'llarni loyihalashda surilmalar, sellar, qor ko'chkilari, daryo toshqinlari ham hisobga olinadi. Foydali qazilma konlarini qidirish davomida muhandis - geografik tadqiqotlar ikki yo'nalishda olib boriladi. Birinchi yo'nalishda kon joylashgan hududning tabiiy va iqtisodiy - geografik sharoiti o'rganiladi va baholanadi. Ikkinchi yo'nalishda foydali qazilma koninni qazib olish jarayonida ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:59:26
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.83 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:14
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:59 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.83 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:14 ]
Arxiv ichida: doc