Tabiiy geografik tadqiqotlarning zamonaviy metodologiyasi va metodlar tizimi Geografik tadkiqot metodlari - geografiya fanlari predmetini bilishning uslub va usullari majmuasi. G. t. m. yordamida turli xil geografik ma'lumotlarni adabiyotlardan va bevosita dala sharoitida tadqiqot jarayonida to'plab tahlil qilinadi hamda ulardan fanning metodologiyasini yaratish, nazariy-ilmiy va amaliy maqsadlarda foydalanish yo'l-yo'riqlari aniklanadi. G. t. m. ilm-fan taraqqiyotini (ta'limot va g'oyalarni) ta'minlaydigan, tadqiqotchining maqsad va vazifalarini maqsadli yo'nalishda amalga oshiradigan eng muhim tadbir. G. t. m. ikki yo'nalishda - tabiiy va yqtisodiy geografik tadqiqot metodlari bilan olib boriladi:Tabiiy geografik metodlar - tabiatda sodir bo'ladigan narsa va hodisalarni, tabiat bilan jamiyat o'rtasidagi munosabatlarni ilmiy bilishda qo'llaniladigan usullar majmuidir. Asosiy metodlari: ekspeditsiya, statsionar, kuzatish, qiyoslash, xaritagrafik, aerofotografik, kosmik, matematik, rayonlashtirish va h. k. Ushbu metodlar yordamida asosan geografik majmua va komponentlar hamda geografik muhit tadqik etiladi. Iqtisodiy geografik metodlar - jamiyatda sodir bo'ladigan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy o'zgarishlarni namoyon qilishda qo'llaniladigan usullar majmuidir. Asosiy metodlari: statistik ma'lumotlar tahlili, xaritagrafik, konstruktiv, modellashtirish, majmua, kuzatish va h. k. Mazkur metodlar yordamida xo'jalik tarmoqlarini oqilona hududiy tashkil etish va ularni joylashtirish, kishilarning qulay yashash sharoitlarini barpo etish, i. ch. sohasida iqtisodiy samaradorlikni oshirish chora va tadbirlarini taklif etish kabi masala (muammo)lar yechiladi.Men o'zim yoqtirgan fan - geografiya darslarini o'tkazib yubormaslikka harakat qildim va shu sababli maktabda olgan bilimlar mening xotiramda saqlanib qoldi. Sizga shuni aytib beraman qanday usullardan foydalaniladi geografik tadqiqotlar bilan, shuningdek, eng qiziqarli, mening fikrimcha, usul haqida. Etiboringiz uchun rahmat ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:59:26
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
260.21 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:14
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:59 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
260.21 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:14 ]
Arxiv ichida: ppt