Tabiiy geografik tasavvur Tabiiy geografik tasavvur tashqi muhit ta'siri natijasida bosh miya qobig'ining muayyan qismida paydo bo'lgan qo'zg'alish, ya'ni sezish va idrok ma'lum muddatgacha o'z izini qoldiradi. Demak, tabiiy geografik tasavvur muhitdagi obyektlar va hodisalarning xuddi shu onda idrok qilinmaydigan, biroq miyada qolgan, ko'z oldiga keltirilgan manzara, qiyofa-tasvirlarining tiklanishi, manzarali xotira, manzaralarda eslashdir. Tabiiy geografik tasavvur bilimlarni saqlash va mustahkamlashga xizmat qiladi, ayni paytda tabiiy geografik obyektlar va hodisalarning xususiyatlarini bilib olishda, ya'ni umumlashtirishda ham muhim o'rin tutadi. Tabiiy geografik tasavvurdagi umumlashtirish xususiyati aqliy tabiiy geografik bilishning, tabiiy geografik tushunchalarning tashkil topishiga katta yordam beradi. Maktab tabiiy geografiyasi kursida o'quvchilar oladigan tasavvurlarni shartli ravishda ikki turga bo'lish mumkin: a) tabiiy geografik obyektlar va hodisalar to'g'risidagi umumiy tasavvurlar; b) xususiy tabiiy geografik tasavvurlar. 1-rasm. Tabiiy geografik tasavvurning turlari va o'zaro bog'liqligi. 2-rasm. Amudaryoning tasavvur etilishi Umumiy tabiiy geografik tasavvurlar ko'p jihatdan umumlashgan bo'ladi, masalan, tepalik to'g'risidagi tasavvur. Tabiiy geografiya kursida o'quvchilarda tepalik haqida hosil qilingan tasavvur maktab yonidagi aniq tepaliklardan birining tasviri emas, balki umuman tepalik tasviridir. Xususiy tabiiy geografik tasavvurlar aniq tabiiy geografik obyektlar va hududlarning tasviri, manzarasidir. Bu tasavvurlar aniq obyektlarni, masalan, aynan Amudaryoni, Sulton Uvays tog'ini, Bodayto'qay qo'riqxonasini, Urganch shahrini, Xiva shahrini aks ettiradi. Xususiy tabiiy geografik tasavvurlar ayni paytda birorta mamlakat, mintaqa yoki alohida hududning tabiati va kishilar hayotini ham aks ettiradi. Natijada o'quvchilar ongida hududlarning hajmdor yoki hajmsiz, rangli yoki rangsiz, aniq yoki noaniq shakldagi manzarasi hosil bo'ladi. Masalan, Amudaryoning tasavvur etilishi (2-rasmga qarang). Xususiy tabiiy geografik tasavvurlarning o'ziga xos xususiyati shundaki, u o'z makoniga ega bo'ladi, ya'ni muayyan hududdagi tabiiy obyektlar va hodisalar bilan birga hududning shakli, kattaligi, boshqa hududlarga nisbatan tutgan o'rnini xaritaga asosan joy nomlari bilan yaqqol, to'liq ko'rsatib beradi. O'quvchilar maktab tabiiy geografiyasida o'rganiladigan obyektlar, xususan hududlar juda katta bo'lganligi sababli materiklar, okeanlar, orollar, yarim orollar, dengizlar, tog'lar va tekisliklarning shakli, kattaligi va o'rnini ularning xaritada tasvir etilishiga qarab tasavvur etish bilangina bilib oladilar. Shu bois o'rganilayotgan katta tabiiy obyektlar yoki hududlar haqida o'quvchilar olgan tasavvurlar albatta xarita bilan bog'langan bo'ladi. Masalan, o'quvchilar Xorazm viloyatini qanday tasavvur qilishi mumkin? Dastlab o'quvchilar ongida Xorazm viloyatining tabiati va aholisi turmush tarzining muayyan manzaralari hosil bo'ladi, keyin O'zbekiston Respublikasining Xorazm viloyatini ham o'z ichiga olgan xaritasi to'g'risida, viloyat hududining o'ziga xos shakli, kattaligi to'g'risida, uning Turkmaniston Respublikasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Buxoro viloyati bilan chegaradosh ekanligi haqida, Amudaryo va Sulton Uvays tog'iga nisbatan holati to'g'risida tasavvur hosil bo'ladi. O'quvchilarning ilgari egallagan tushunchalari, fikrlash darajasi va xususiyatiga ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:59:26
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.85 KB
Ko'rishlar soni
130 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:14
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:59 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.85 KB
Ko'rishlar soni
130 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:14 ]
Arxiv ichida: doc