Tabiiy geografiyada qo'llaniladigan tadqiqot metodlari, ularni tasniflash

Tabiiy geografiyada qo'llaniladigan tadqiqot metodlari, ularni tasniflash

O'quvchilarga / Geografiya
Tabiiy geografiyada qo'llaniladigan tadqiqot metodlari, ularni tasniflash - rasmi

Material tavsifi

Tabiiy geografiyada qo'llaniladigan tadqiqot metodlari, ularni tasniflash. geografik tadqiqot metodlarining rivojlanishi REJA: Tabiiy geografiya tadqiqot metodlari rivojlanishi, tadqiqot metodlarining xilma-xilligi Metodlarni tasniflash masalalari umumiy va fanlararo metodlar Tabiiy geografiyaning o'z metodlari Tabiiy geografiya tadqiqot metodlarning o'zgarib va murakkab borishi Tabiiy geografik tadqiqotlarning asosiy bosqichlari Har qanday ilm sohasi mustaqil fan bo'lib taraqqiyot etishi uchun to'rtta asosiy shartga javob berishi kerakki, shunlardan biri o'zining boshqa fanlardan farq qiladigan tadqiqot metodlari bo'lishi lozim. Tabiat, jamiyat va tafakkur yangidan yangi bilimlarni bilishga va ularni egallashga qaratilgan insonning ijodiy tadqiqot faoliyati bo'lmish fan shu vaqtga qadar egallanmagan qonunlar haqida ma'lumotlar beradi. Tadqiqotchi tabiat va jamiyatning hali ro'yobga chiqarilmagan hodisa va jarayonlarini nazariya va metodlar yordamida o'rganadi. Shunday ekan, o'rganilayotgan, tadqiq etilayotgan predmet, material, tizim, narsa, jarayon, hodisa va voqelik muayyan ilm sohasining predmeti hisoblanadi. Tadqiqotga tortilgan predmet o'ziga xos usullar yordamida tekshiriladi, tadqiq predmetning kashf etilmagan xossalari, xususiyatlari, qirralari haqida nazariyalar, farazlar bo'lishi lozim. Fan metodining asosiy mazmunini amaliyotda sinalgan nazariyalar tashkil etadi. Har qanday nazariya boshqa-boshqa nazariyani yaratuvchi yoki amaliyot mazmunini yoki izchilligini belgilovchi metod vazifasini bajaradi. Ilmiy bilishda falsafiy metodlar-materialistik-dialektikaning roli ustivor hisoblanadi. U tabiat, jamiyat va inson ongining murakkab hodisalarini to'g'ri obyektiv talqin etishga, fanning tabiiy aloqalarini ochishga yordami deradi. Falsafaning universal metodi bo'lgan tarixiylik prinsipi biologiyada evolyutsion ta'limot hozirgi zamon biologiya fanlarining metodologik asosi bo'lib xizmat qiladi. Tabiiy geografiyada tarixiylik tamoyili tabiiy komplekslarining uzoq davrlar maboynida shakllanganini nazardan qochirmay ish ko'rish kerakligini bildiradi, shu bilan muayyan kompleks yoki komponent doimo o'zgarishda taraqqiyotda, bundan keyin ham o'zgaradi deb qarash kerakgilini ta'kidlaydi. Umumiy xarakterga ega bo'lgan taqqoslash, analiz (tahlil) va sintez, umumlashtirish va boshqalar geografik tadqiqotlarda keng qo'llaniladi. Ilmiy bilish tufayli murakkab obyektlari o'zlashtirilmoqda, bu hol ilmiy bilishning abstraktligi darajasi o'sishiga olib kelmoqda, natijada tadqiqot vositalari haqidagi, o'rganilayotgan obyektga yondashish tamoyillari haqidagi masala markaziy masalalardan biriga aylanib bilish faoliyati sistemasida nisbatan mustaqil o'rinni egallamoqda. Tabiiy komplekslarning barcha komponent va unsurlari (elementlari) bir-biriga bog'liq, o'zaro ta'sir va bir-birini taqoza etishi asos qilib olingan g'oya-geosistema, ekosistema, biogeotsenoz haqidagi ta'limotlar paydo bo'lishiga olib keldi. O'rganilayotgan kompleksga-unga yondosh komplekslar bilan birgalikda rivojlangan, shuning uchun ularni uzviy bog'liqda tadqiq etish, yoki kompleksning litogen, iqlimiy (klimatogen), gidrogen va biogen bo'g'inlari chambarchas aloqada mavjud bo'ladi deb qarash-komplekslarga sistemali yondashib-kompleks tadqiq qilish metodining shakllanishiga sabab bo'ldi. Hozirgi atrof muhitni muhofaza qilish muammosining ijobiy yechimi tabiat va jamiyatning qator jihatlarini birdek-birgalikda tadqiq etishda ekanligi hamma tabiatshunoslar ma'qullaydilar. Hozirgi zamon ilmiy-texnika inqilobi, axborotlar asri sharoitida ilm bilan shug'ullanish ommaviy kasbga aylanib bormoqda, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.42 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:14 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.42 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga