Tabiiy sharoit va tabiiy boyliklarning milliy iqtisodiyotdagi ahamiyati

Tabiiy sharoit va tabiiy boyliklarning milliy iqtisodiyotdagi ahamiyati

O'quvchilarga / Geografiya
Tabiiy sharoit va tabiiy boyliklarning milliy iqtisodiyotdagi ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

8-sinf geografiya darsligi asosida 6-mavzu: TABIIY SHAROIT VA TABIIY BOYLIKLARNING MILLIY IQTISODIYOTDAGI AHAMIYATI Mamlakatimiz hududini tabiiy sharoiti va xo'jalikdagi ahamiyatiga ko'ra cho'l, adir, tog', yaylovlarga bo'lish mumkin. O'zbekistonda dengiz sathidan 400 metr balandlikkacha bo'lgan joylar cho'l mintaqasi hisoblanadi. Bu yerlardan yaylov chorvachiligida foydalaniladi, ammo cho'lning ozuqa boyligi juda kam. Bitta qo'yni boqish uchun 2-3 gektar o'tloq talab etiladi. Shu hisobdan O'zbekiston cho'llarida 10 mln boshgacha qo'y boqsa bo'ladi. Biroq cho'llarning samarasi har gektar hisobida obikor yerlarda-gidan 100 marta kam. Cho'l mintaqasida neft, gaz, oltingugurt, oltin kabi mineral boyliklarning zaxiralari aniqlangan (6-rasm). Jumladan, gaz zaxirasi 2 trillion kub metrdan oshadi. Surxondaryo vohasida va Qizilqumda fosforit konlari bor. Oltingu­gurt, natriy va magniy tuz konlari kimyo sanoatining muhim xomashyosidir. Shag'al, qum singari binokorlik xomashyosi ham juda ko'p uchraydi. Respublikamizda dengiz sathidan 400-1200 metrgacha baland bo'lgan qismi adir mintaqasini tashkil etadi. Adir iqlimi cho'l iqlimidan mo'tadilroq bo'ladi. O'simlik turi ko'p va zich. Tuprog'i chirindiga boy. Bu yerlardan, asosan, obikor, dengiz sathidan 100 metrdan baland yerlarda lalmikor dehqonchilik yuritiladi. Adirlar dehqonchilik uchun eng qulay joy bo'lganidan odamlar qadimdan shu yerlarda qishloq xo'jaligi bilan shug'ullanaverib, uning yer yuzasini ham, o'simlik va hayvonot olamini ham o'zgartirib yubordi. Tog' mintaqasi O'zbekistonda adirdan baland joylarga, ya'ni dengiz sathidan 1200 metrdan baland bo'lgan joylarga to'g'ri keladi. Tog'larda yoz nisbatan qisqa, yog'ingarchilik ko'p bo'ladi. Tuprog'i nihoyatda chirindiga boy. Tog'larda betaga, ravoch, zira, tog' yalpizi, yuqoriroqda na'matak, zirk, dukcho'p kabi butalar, undan ham yuqoriroqda bodom, pista, do'lana, zarang, olma, yong'oq, nok, olcha kabi mevali daraxtlarning yovvoyi turlari o'sadi. Ravoch, tog' yalpizi, zirk kabilar ovqatga ishlatiladi. Bodom va pista terib olinadi. Yovvoyi mevali daraxtlarga madaniy mevalar payvand qilinishi natijasida tog'larning xo'jalikdagi ahamiyati tobora ortib bormoqda. Tog' mintaqasining shifobahsh iqlimi hamda beqiyos go'zal tabiatidan dam olish va hordiq chiqarishda foydalaniladi. Tog'lardan ko'plab foydali qazilmalar topilgan. Ohangaron vodiysi atrofidagi tog'larda o'tga chidamli loy, qo'ng'ir ko'mir, mis rudasi, oltin konlari aniqlangan. Nurota tog'larida marmar (G'ozg'on marmari), volfram konlari bor. Baland tog'larning yonbag'irlarida, past tog'larning tepa qismida yaylov mintaqasi mavjud. Yaylov mintaqasida yilning ko'p qismida havo sovuq, yer ustini qor qoplab yotadi. Yoz qisqa bo'lib, yog'in ko'p yog'adi. Yaylovning qulay joylaridan chorvachilikda foydalaniladi. Suv boyliklari. O'zbekiston qishloq xo'jaligi, sanoati va aholisini suv bilan ta'minlashda tog'lardagi qorlar asosiy suv manbayi xizmatini o'taydi. O'lkamizdagi daryolarning deyarli hammasi tog'lardan boshlanadi. Daryolardagi yillik suvning 70-95 foizi 3-4 oy davomida bahor oylariga va yoz boshiga to'g'ri keladi. Daryo suvlari barpo etilgan suv omborlariga yig'ilib, yil davomida tejab sarflanadi. Oqar suvlarni ifloslantirmaslik uchun ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.46 MB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:14 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.46 MB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga