Tadbirkor ayollarni demografik guruh sifatida o'rganish

Tadbirkor ayollarni demografik guruh sifatida o'rganish

O'quvchilarga / Geografiya
Tadbirkor ayollarni demografik guruh sifatida o'rganish - rasmi

Material tavsifi

Tadbirkor ayollarni demografik guruh sifatida o'rganish Respublikamizda yangi iqtisodiy munosabatlarni yo'lga qo'yishda kichik va o'rta biznesni rivojlantirishda davlat huquqi mehanizmining ahamiyati kattadir. O'zbekistonda tadbirkorlarning ertasi, kelajagi ularning qanchalik to'g'ri va aniq faoliyat ko'rsatishiga bog'liqdir. Ayollarning ijtimoiy siyosiy va iqtisodiy hayotga qiziqishlari, ular faoliyatida ommaviy axborot vositalarining muhim o'rin tutishida ham ko'rinib turibdi. Barcha tadbirkor ayollar uchun kasb faoliyatlari bilan oilani maqbul tarzda muvofiqlashtirish muammosi nihoyatda muhim va dolzarbdir. Yangi bozor munosabatlariga o'tish, o'z biznesini yaratish, malakali mutaxassis bo'lishga intilish, ayol kishining ish vaqtini ancha kupaytirib, bo'sh vaqtini qoldirmaydi. Ayollarning uy ro'zg'or ishlarini iloji boricha yengillashtirish. Birinchi galda maishiy turmush sharoitlarini yaxshilash va uy ishlarida zamonaviy maishiy texnikadan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Ko'pchilik tadbirkor ayollar 34,7 % xizmat majburiyatlari uchun kuniga 9-10 soatgacha haftasiga 50-65 soatgacha vaqt sarflashar ekan. Bundan tashqari har 5 chi ayol ishxonada 10 soatdan ortiq har 3chi ayol esa haftasiga 65 soatdan ishda band bo'lar ekan. Ayolning uy bekasi sifatida uy ro'zg'or ishlari bilan qancha band bo'lishini hisobga olsa uning umumiy tashvishi yanada ko'payadi. Har qanday biznesga ham ishning ko'zini biladigan sherik topish, undagi muayyan shaxsiy fazilatlarning o'zi katta ahamiyatga egadir. Anketa tadqiqotlari natijalari so'ralganlarning bari sherik sifatida ham erkak ham ayol sheriklarini tanlashganlarini ko'rsatishadi.Tadbirkor ayollarning tijorat tadbirkorlik faoliyatlarini rivojlantirishda va ularga zarur yordam ko'rsatishda turli xil davlat strukturalari mahalliy ijroiy hokimiyat idoralari, bojxona bo'limlari muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, tuman va shahar soliq nazorati idoralari ham ayollarning o'zlarining kuchlariga ishonishlarini taqazo etadi. Doimo o'zgarib turuvchi bozor sharoitiga moslasha olishlari kerak. O'z faoliyatlari davomida ayollar duch keladigan asosiy muammolardan biri, bu hokimiyat va boshqa turli davlat idoralari byurokratizmidir. Buni so'ralganlarning 46,4 % e'tirof etdi. Shuningdek har 4chi ayol soliq nazorati idoralarning asossiz ravishda tez-tez tekshirib turishlaridan noroziligini bildiradi. Sanab o'tilgan muammolar qatorida bo'ysunuvchi oddiy xodimlarning va o'quvsizligi ham uchrab turadi. Bu muammolarga so'ralganlarning 42,4 % ni keltirilgan bo'lsa respondentlarning 34,4 % duch kelgan sheriklari bilan o'zaro munosabatlarda muammolarga duch keldi. 27,2 % ayollar bank hisob kitoblarini o'tkazishda turli xil transport vositalaridan foydalanishda uchraydigan qiyinchiliklarini ham o'tkazib ko'rishdi. Ayollar o'z tijorat faoliyatlari davomida uchraydigan muammolarga qaramasdan, davlat tizimlari bilan ziddiyatga bormasdan harakat qilishar ekan. Ko'pchilik ayollarning mahalliy ijroi hokimiyat idoralari, milliy bank, ichki ishlar bo'limlari, bojxona, sudlar bilan ziddiyatlarga bormasliklarini ko'rsatdi. Soliq nazorati idorasi va ishbilarmonlar bilan ham nizolar deyarli qayd etilmaydi. O'zbekiston tadbirkorlarining ertasi va kelajagi, ularning qanchalik to'g'ri va aniq faoliyat ko'rsatishiga bog'liqdir. Ayolarning ijtimoiy siyosiy va iqtisodiy hayotga bo'lgan qiziqishlari, ular hayotida ommaviy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.2 KB
Ko'rishlar soni 128 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:14 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.2 KB
Ko'rishlar soni 128 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga