Tailand Reja: Davlat tuzumi Aholisi Tarixi Siyosiy partiyalari Sanoati Davlat tuzumi Tailand (Thai), Tailand Qirolligi (Ratcha Anachak Thai, tailar tilida Pratet-Tai) - Jan.sharqiy Osiyoda, Hindixitoy ya.o.ning markaziy qismi va Malakka ya.o.ning shim. qismida joylashgan davlat. Mayd. 514 ming km². aholiyey 62,4 mln. kishi (2002). Poytaxti - Bangkok sh. Ma'muriy jihatdan 73 viloyat (changwad)ra bo'linadi. T. - konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1997 y. 27 sent.da qabul qilingan. Davlat boshligi - qirol (1946 y.dan Pumipon Adulyadet). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy assambleya (2 palatali parlament), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Bayroq Gerb Aholisi Aholisining 34 qismini tay guruqiga mansub xalqlar (siyom yoki kxontay va b.), 15 qismini laolar tashkil etadi. Mamlakat jan.da malayyalar, g'arbi va jan.g'arbida karenlar, monlar, jan.sharqda kxmerlar yashaydi. Rasmiy til - tay tili. Rasmiy din - buddaviylik. Malayyalar islomga, xitoylar budda va daosizmga e'tiqod qiladi. Katolik va protestantlar ham bor. Shahar aholisi - 18,3%. Yirik shaharlari, Bangkok, Chiangmay, Chonburi. Tarixi T. hududida odam paleolit davridan yashaydi. Mil. 1-2-a.larda monlarning dastlabki davlati vujudga kelgan. 13-a.da shim.dan kelgan tay qabilalari monlar bilan qo'shilib ketgan; birinchi yirik tai davlati - Sukotai barpo etilgan (1238). 1350 y.da asos solingan Ayutiya (Siyom) qirolligi uning o'rnini egallagan. 16 va 18-a. larda Siyom Birma bilan urush olib borgan va biroz vaqt unga tobe bo'lib qolgan. Ozodlik kurashiga 16-a.da Naresuan, 18-a.da Taksin boshchilik qilgan. 19-a. o'rtalarida Siyom Buyuk Britaniya, Fransiya, AQSH bilan teng huquqli bo'lmagan bitimlar tuzgan. 19-a. Oxiri - 20-a. boshlarida yer islohoti va b. islohotlar o'tkazgan. 1932 y. davlat to'ntarishi natijasida konstitutsiyali monarxiya e'lon qilingan. 1939 y. mamlakat T. deb yuritila boshladi. 1940 y. T. bilan Yaponiya o'rtasida do'stlik va o'zaro hamkorlik to'g'risida bitim imzolandi. 1942 y. yanvarda T. AQSH va Buyuk Britaniyaga urush e'lon qildi. 1943 y.ga kelib mamlakat amalda Yaponiya tomonidan okkupatsiya qilindi. T.da ozodlik kurashi kuchaydi. Ozod Tay ommaviy yashirin harakati tashkil topdi. 1945 y. 19 avg .da T. Yaponiyaga qarshi urushayotgan koalitsiya davlatlariga sulh taklif etdi. Urushdan keyingi yillarda mamlakatda bir necha marta harbiy to'ntarish bo'lib, notinchlik hukm surdi, hukumatlar almashinib turdi. 1991 y.gi harbiy to'ntarish (1932 y.dan buyen 17to'ntarish)dan so'ng Jamoat tartibini saqlash milliy kengashi hokimiyat tepasiga chikdi. T. - 1946 y.dan BMT a'zosi. Milliy bayrami - 5 dek. - qirol tug'ilgan kun (1927). O'zR suverenitetini 1991 y. 26 dek.da tan olgan va 1992 y. 6 mayda diplomatiya munosabatlarini o'rnatgan. Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari Demokratik partiya (Prachatipat), 1946 y. asos solingan; Xalq partiyasi (Ratsadon), 1986 y. ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:59:26
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
612.92 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:14
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:59 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
612.92 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:14 ]
Arxiv ichida: pptx