MAVZU: TA'LIM GEOGRAFIYASI SOTSIAL GEOGRAFIYA Reja: 1. Ta'lim tizimi-ijtimoiy geografik tadqiqotlarning muhim obyekti ekanligi. 2. Zamonaviy ta'lim tizimi va uni geografik jihatdan o'rganishning ahamiyati. Ta'lim sohasining hozirgi holati, tuzilishi va rivojlanishi. 3. Umumiy, o'rta maxsus va oliy ta'lim muassasalari tizimi. Ta'lim tizimi-ijtimoiy geografik tadqiqotlarning muhim obyekti ekanligi. Ta'lim geografiyasi, uning obyekti va predmeti. Hozirgi rivojlangan jamiyatda kishilarda xilma-xil moddiy va ma'naviy ne'matlarga bo'lgan ehtiyoj paydo bo'ldi. Iste'molchilarning bunday ehtiyojlarini bevosita qondiradigan xizmat sohasi mehnat sarflanadigan mustaqil obyekt va aholi tomonidan iste'mol qilinadigan ma'naviy ne'matlarning manbalaridan biridir. Ma'lumki, aholining turli xil ehtiyojlari guruhlanadi ular: moddiy, ma'rifiy va ma'naviy, sotsial va h.k. Ta'lim geografiyasi mana shu ehtiyoj turlaridan biri bo'lib, u insonning yuksalishi va jamiyatning rivojlanishi uchun tabiiy zaruriyat bo'lgan ma'rifiy salohiyatning turlari, tarkibi, tuzilishi va ularning hududiy tashkil etilganligi hamda rivojlanishini o'rganadi. Albatta, ta'lim jamiyat rivoji uchun beqiyos darajada muhim, ahamiyatli hisoblanadi . Ta'lim geografiyasining obyekti bironbir hudud, makondagi ta'lim tizimlari bo'ladigan bo'lsa, uning predmeti ta'lim tuzilmalarida ta'lim olayotganlar soni, maktabdan tashqari sharoitda bilim olayotganlar sonining hududiy o'ziga xos xususiyatlari hisoblanadi. Ta'limni geografik jihatdan ikkita tarmoqqa ajratilsa, uning birinchisi ta'lim tizimi va to'ri, ikkinchi tarmog'ini esa hudud, makon tashkil etadi. Sababi ta'lim tizimining, aynan, joylardagi vaziyati ko'p jihatdan o'sha hududlar tabiiy - iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi bilan chambarchas bog'iqligini inkor etib bo'lmaydi. Shu o'rinda, avvalambor, ta'lim tizimining turlari ularning maqsadiga ko'ra bir - biridan farqini ko'rsatib o'tish lozimdir. Maktabgacha ta'lim tizimi bola shaxsini sog'lom va yetuk, maktabda o'qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko'zlaydi. Boshlang'ich ta'lim umumiy o'rta ta'lim olish uchun zarur bo'lgan savodxonlik, bilim va ko'nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir. Umumiy o'rta ta'lim bilimlarning asosiy bazasini shakllantirib beradigan va inson kamolotining rivojlanish xususiyatlarini shakllantiradi. O'rta maxsus bilim va kasb-hunar ta'limi insonni ma'lum bir kasb va hunar olish ehtiyojlarini qondirib, oliy ta'lim uchun zamin yataradi. Oliy ta'lim, ya'ni universitet, institut, akademiya va oliy maktablarning boshqa ta'lim muassasalariga yuqori malakali hamda oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlashni ta'minlaydi. Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim (tayanch doktorantura, doktorantura) jamiyatning yuqori malakali ilmiy va ilmiy - pedagogik kadrlarga bo'lgan ehtiyojlarini ta'minlashga qaratilgandir. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kasb bilimlari va ko'nikmalarini chuqurlashtirish hamda yangilashni ta'minlaydi. O'zbekistonda maktabgacha ta'lim muassasalarining sonini o'zgarish dinamikasi 200-2009-yillar davomida maktabgacha ta'lim muassalarining soni 600 tadan ortiq bo'lib, asosan, qishloqlarda ko'proq bo'lgan. 2010-yildan keyin ularning moddiy holati yaxshilanib, bir-biriga yaqin maydaroq bog'chalardan kattaroqlarini rekonstruksiya qilgan holda, ayrimlari bir-biriga qo'shib yuborilgan hamda endi shahar joylaridagi maktabgacha ta'lim muassalarining faoliyati kuchaytirilgan. 2018-yilda mamlakatdagi maktabgacha ta'lim ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:59:26
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
989.8 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:13
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:59 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
989.8 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:13 ]
Arxiv ichida: pptx