Tarixiy geografiya

Tarixiy geografiya

O'quvchilarga / Geografiya
Tarixiy geografiya - rasmi

Material tavsifi

Tarixiy geografiya Reja: Qadimgi yoki antik davrda geografik qarashlar. O'rta asrlar geografiyasi. Buyuk geografik kashfiyotlar davri. Geografiya‖ fanining rivojlanishidagi yangi davr. Eng yangi davr geografiyasining asosiy xususiyatlari. Geografiya tarixi ko'proq fanning shakllanishi va rivojlanishini, ya'ni faqat fanga tegishli g'oyalar ketma-ketligini o'rgansa, tarixiy geografiya muayyan bir davrdagi geografik qarashlar va g'oyalarni tadqiq etadi. Tarixiy geografik asarlarda davrlarga ajratish turli olimlar tomonidan turlicha amalga oshirilgan. Ushbu adabiyotda u besh davrga ajratib o'rganildi. Bular, qadimgi yoki antik davr, o'rta asrlar, buyuk geografik kashfiyotlar, yangi hamda eng yangi davrlar deb nomlandi. Qadimgi yoki antik davr. Bu davr (mil.avv. VII asrdan milodiy V asrga qadar) geografiya fanining shakllanish paytiga to'g'ri keladi. Misr, Yunoniston, Xitoy, Hindistonda geografik g'oyalar paydo bo'lgan. Masalan, Yerning shar shaklda ekanligi g'oyasini dastlab Fales mil.avv. VII asrda aytgan bo'lsa, shu fikrga Pifagor va uning shogirdlari (mil.avv. VI-V asrlar), Aristotel (mil.avv. IV asr), Eratosfen (mil.avv. 275-195-yillar) va boshqalar qo'shilgan. Suriyalik Posidaniy (mil.avv. II-I asr) yerning sharsimonligiga asoslanib, geografik zonallik g'oyasini aytgan va 9 ta iqlim mintaqaga (zona) ajratgan (hozir 13 taga ajratiladi). Keyinroq Strabon (mil.avv. II-I asr) sharsimon yerda beshta mintaqa yoki zona bor deb hisoblab, quyidagilarni yozib qoldirgan: ―Yerda beshta zonalar farqlanadi. O'rtadagi zona eng issiq, chetdagilari esa juda sovuq (bularda yashab bo'lmaydi). Qolgan ikki oraliq zonalarda insonlar yashaydi va bu zonada yil fasllari bir xil taqsimlanadi‖. Yer sharida quruqlik ko'pmi (Ptolemey) yoki suv ko'pmi (Gomer, Strabon) degan g'oya ham XIX asrning boshlariga qadar yechilmay keldi. ―Janubiy Yer‖ni izlash 1820-yilda Antarktidani kashf etish bilan yakunlandi va suvning ko'pligi isbotlandi. Yer yuzasining o'zgarib turishi haqidagi g'oya Garaklit (mil.avv. 530470-yillar) davridan to XIX asrning boshlariga qadar mavhum bo'lib keldi. Bu masalani 1912-yilda A.Vegener ―Materiklar siljishi‖ asarida ilmiy asoslab berdi. Yer yuzasining mukammalroq kartasini Ptolemey (90-168-y.) tuzgan edi. Uni Strabon tasdiqlab, shunday degan: ―Yerning odam yashaydigan qismi oroldir, buni bizning sezgimiz va tajribamiz isbotlamoqda. Odam qadami yetib borgan hamma chekka joylarda, dengiz borki, biz ularni okean deb ataymiz‖. Miloddan oldingi IV-II ming yillikdan to milodning V asriga qadar Atlantika okeanidan Tinch okeanigacha bo'lgan mintaqada o'z davrining yirik quldorlik davlatlari shakllandi. Rim imperiyasida 50 mln., Hindiston va Xitoyda 40-50 mln. dan aholi yashagan. Dastlabki davlatlar bilan bir qatorda, davlat tuzilishining ikki shakli: monarxiya (qadimgi Misr, Vavilon, Ossuriya, Eron va Rim imperiyasi) va Respublika (Finikiya, Gretsiya shahar davlatlari) yuzaga keldi. Ayni vaqtda, quldorlik mintaqasidan tashqari yirik hududlarda turli qabila va xalqlar yashagan. Milodning I asrida xalqlar va qabilalarning Buyuk ko'chishi yirik quldorlik davlatlarini siyosiy jihatdan talvasaga soldi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 27.1 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:14 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 27.1 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga