Tarixiy geografiyaning vazifalari, shakillanishi va taraqqiyoti

Tarixiy geografiyaning vazifalari, shakillanishi va taraqqiyoti

O'quvchilarga / Geografiya
Tarixiy geografiyaning vazifalari, shakillanishi va taraqqiyoti - rasmi

Material tavsifi

Tarixiy geografiyaning vazifalari, shakillanishi va taraqqiyoti Reja: 1. A.Orteliyning tarixiy geografiya shakllanishiga qo'shgan hissasi. 2.XIX asrning ikkinchi yarmida tarixiy geografiyaning yangi qirralari. 3. Tarixiy geografiyaning Sharqda tadqiq etish muammolari. 4. Tarixiy geografiyaning yangi davrda o'rganilishi. 5. Tarixiy geografiyaning bo'limlari va asosiy vazifalari . 1. A.Orteliyning tarixiy geografiya shakllanishiga qo'shgan hissasi. Tarixiy geografiya fanida birinchi bor yaratilgan asar Qadimgi dunyo atlasi edi. Uni XVI asming ikkinchi yarmida flamand geografi A. Orteliy1yaratgan edi. U o'z asariga ilova tarzida zamonaviy dunyo atlasinikeltirgan edi. A.Orteliy o'z kartalarini qadimgi dunyo haqidagi qisqacha ma'lumotlar bilan keltirgan. AOrteliyning asaridan so'ng tarixiy geografiya ilmiy fan sifatida vujudga keldi. AOrteliyning yozishiga qaraganda, uning ishlari Tarix nazarida geografiya edi. Aytib o'tish o'rinliki, AOrteliyning o'zi antik mualliflar m a'lumotlarini tanqidiy riuqtai nazarsiz qabul qilgan va shu m a'lumotlar asosida o'z kartalarini tuzgan. A.Orteliyning bu kamchiligini XVII asrda Leyden (Niderlandiya) universiteti professori Иуиуег tuzatdi. U qadimgi Italiya va qadimgi Germaniyaning tarixiy geografiyasi bo'yicha ikkita yirik asar yozgan.1930 yilda belgiyalik olim Van der Linden Birinchi xalqaro tarixiy geografiya kongressi ochilishidagi kirish nutqida boshqacha nuqtai nazami, ya'ni XVI asrning ikkinchi yarmida dunyoning ilk tarixiy atlasini yaratgan flamand olimi A.Orteliyni tarixiy geografiyaning asoschisi deb baholadi. Xuddi shunday qarashlar 1935 yilda geografiya fanlari tarixi bo'yicha yirik italyan mutaxassisi Almadja tomonidan Italyan ensiklopediyasiga Orteliyga bag'ishlab yozilgan maqolada ham bildirildi. Bundan tashqari 1579 yili Abraxam Orteliy geografik atlasga uchta tarixiy kartadan iborat qo'shimcha tuzdi. Orteliyning bu qo'shimchasi keyinchalik 1603 yili 38 ta kartadan iborat bo'lgan antik davming geografik atlasini tuzilishiga sabab bo'ldi. Shuningdek, A.Orteliy va V.Dyuval tomonidan tuzilgan kartalarda afsonaviy voqea-hodisalar va Injildagi rivoyatlar tasvirlangan. Masalan, avliyo Pavel va Ibrohim payg'ambarning sayohati, troyalik Eneyning dengiz sayohati, Odisey yurgan yo'llar tasvirlangan. Keyinroq kartalarda tarixiy-iqtisodiy m a'lumotlar ham qayd qilina boshlangan. 2.XIX asrning ikkinchi yarmida tarixiy geografiyaning yangi qirralari. XIX asming ikkinchi yarmidantarixiy ilmiy tadqiqotlar ijtimoiy-iqtisodiy tarixiy ma'lumotlami o'rganish hisobiga boyib bordi. Bu yo'nalish bo'yicha ko'zga ko'rinarli qilingan ishlardan biri 1936 yilda Kembrijda G.K.Darbi rahbarligidagi ilmiy jamoa tomonidan nashrdan chiqarilgan Angliyaning tarixiy geografiyasi to'g'risidagi asami keltirishimiz mumidn1. Bu asar Angliyaning 1800 yilgacha bo'lgan tarixiy geografiyasiga bag'ishlangan. G 'arbiy Yevropada tarixiy geografiya faniga A.Orteliy, F.Klyuver, J.B. D 'Anvil, G.K.Darbi kabi olimlar katta hissa qo'shganlar.Rossiyada esa tarixiy geografiyaning asoschisi V.N.Tatishev2 hisoblanadi. I. N. Boltin ham mazkur fanning rivojlanishiga katta e'tibor qaratgan. XIX asming ikkinchi yarmidan tarixiy geografiya sohasida tadqiqotlar olib borgan N.N.Barsov Kiyev Rusi geografiyasini o'rgandi 3. Tarixiy geografiyaning Sharqda tadqiq etish muammolari. Tarixiy geografiyani o'rganish mobaynida turli xil muammo-larga duch kelishimiz ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 329.58 KB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:14 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 329.58 KB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga