Tarixiy o'lkashunoslik va turizm tarixi va turlari

Tarixiy o'lkashunoslik va turizm tarixi va turlari

O'quvchilarga / Geografiya
Tarixiy o'lkashunoslik va turizm tarixi va turlari - rasmi

Material tavsifi

Tarixiy o'lkashunoslik va turizm tarixi va turlari Fan rivojlanish tarixi Tarixiy o'lkashunoslik fani dastlab fan sifatida Rossiyada XVII asrda paydo bo'ldi. Rus olimi M.V. Lomonosovning o'z o'lkasini o'rganish haqidagi 30 savolli anketasi ushbu fan haqidagi dastlabki bilimlarni yig'ilishiga sabab bo'ldi. Fanning asosiy maqsadi talabalarga o'zi tug'ilib o'sgan joy haqidagi bilimlarni berish, ularni ilmiy asosda o'rganish tabiiy iqlimi, toponomikasi, arxeologik yodgorliklari haqida bilimlar berishdan iborat. Tarixiy ulkashunoslik fani O'zbekiston xududida XIX asr 2-yarmidan paydo boldi. Rus olimlari va sharqshunoslarining mehnatlari evaziga tarixiy ulkashunoslik fanining Uzbekistondagi poydevori vujudga keladi. Bu fan barcha ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan bog'liklikda, talabalarda vatanga muxabbat, ulka tarixi va tabiatiga ijobiy munosabatlarining hosil bolishiga amaliy jixatdan yordam beradi. Fanining maqsadi Tarixiy o'lkashunoslik va turizm fani Rossiyada XVII asrda paydo bo'ldi.Rus olimi M.V. Lomonosovning o'z o'lkasini o'rganish xaqidagi 30 savolli anketasi ushbu fan haqidagi dastlabki bilimlarni yig'ilishiga sabab bo'ldi. Fanning asosiy maqsadi talabalarga o'zi tug'ilib o'sgan joy haqidagi bilimlarni berish, ularni ilmiy asosda o'rganish tabiiy iqlimi, toponomikasi, arxeologik yodgorliklari haqida bilimlar berishdan iborat Fanning o'rganadigan muammolari: «Tarixiy o'lkashunoslik va turizm» fanining o'rganishi mumkin bo'lgan muammolar quyidagilardan iborat: O'lka tarixiga oid ma'lumotlarni izlab topish. Arxeologik yodgorliklarni aniqlash, u xaqda maxalliy axoli fikrini yozib olish. Muzeylarni tashkil etish masalalari. Maktab o'lkashunosligi to'garagini tashkil etish. Toponimik ma'lumotlarni to'plash va tahlil etish. Etnografik ma'lumotlarni detallari bilan yig'ish va muzey tashkil etish Boshqa fanlar bilan bog'liqligi: Fanning rivojlanishi va tadqiqoti ko'lami bir qancha fanlar bilan aloqada bo'lishini taqazo etadi. Bu borada «Tarixiy o'lkashunoslik» fani O'zbekiston arxeologiyasi, Manbaashunoslik, Tarixshunoslik, Numizmatika, Paleografiya, Tarixiy geografiya, Muzeyshunoslik, Arxivshunoslik, Toponomika, Jaxon tarixi, Xalqaro munosabatlar tarixi fanlari bilan bevosita aloqada bo'ladi. O'lkashunoslik 3 turga bo'linadi: ilmiy, ya'ni davlat o'lkashunosligi; jamoat o'lkashunosligi; maktab o'lkashunosligi. O'lkashunoslikning har uchchala turi bir-biriga aloqador bo'lib, biri ikkinchisini to'ldiradi. Ilmiy, ya'ni davlat o'lkashunosligi Davlat o'lkashunosligi bilan rеspublika tarixiy va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish qo'mitasi, muzеylar, rеspublika Fanlar akadеmiyasi qoshidagi tarix, arxеologiya ilmiy-tadqiqot institutlari shug'ullanadi Jamoat o'lkashunosligi Jamoat o'lkashunosligi qishloq, ovul, qo'rgon, tuman, shahar va viloyat hududidagi tarixiy obidalarni saqlash va asrash ishlariga boshchilik qilish bilan birga joylarda istiqomat qilib turgan xalqlarning kеlib chiqishlari (etnogеnеzi), urf-odatlarini o'rganadi hamda ilg'or mеhnatkashlar, mеhnat qahramonlari xotirasini abadiylashtirish uchun haykallar, mangu olovlar, hurmat taxtalari tashkil qiladi. Bundan tashqari, jamoat o'lkashunosligiga mustaqil ravishda tanga pullarni o'rganuvchi mutaxassislar - numizmatlar, muhrlarni o'rganuvchilar - sfragistlar, tamg'a (gеrb)larni o'rganuvchilar - gеraldistlar, tosh, mеtall , sopol va yog'ochdagi yozuvlarni o'rganadigan olimlar - epigrafistlar, eski asbob-uskunalar va qurol-aslaha hamda shu kabi narsalarni to'plovchilar ham uyo'shadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.08 MB
Ko'rishlar soni 139 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:14 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.08 MB
Ko'rishlar soni 139 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga