Tarmoqlararo qurilish majmui Reja: 1.Tarmoqlararo qurilish majmuasining shakllanishidagi asosiy omillar; 2.Qurilish materiallari sanoati: 3.Qurilish materiallarining asosiy xom ashyo bazalari va ularning hududiy tarqalishi: 4.Qurilish materiallari sanoat korxonalari. Tarmoqlararo qurilish majmuiga Respublikadagi qurilishga xizmat qiladigan barcha muassasa, tashkilot ishlab chiqarish boshqarmalari va korxonalari, ya'ni loyihalashtirishdan, bino va inshootlarni foydalanishga topshirguncha xizmat qiluvchi bosqichlar kiradi. Turli xo'jalik sohalari aloqalarning kuchayishi tarmoqlararo qurilish majmui tarkib topishiga olib keladi. Tarmoqlararo qurilish majmui negizini qurilish sanoatini tashkil etadi. Qurilish sanoati qurilish tashkilotlari va doimiy kadrlar bilan ish ko'radi. Uning mahsulotlari bitkazilgan va foydalanishga topshirilgan bino va inshootlardir. Bularning hammasi Respublikaning geografik muhiti, joylarning iqlimi, tuzilishi, yerosti suvlari, geologik va seysmik holati va boshqa omillar hisobga olinib quriladi. Masalan: Respublikamiz seymik faol rayonda joylashganida bino va inshootlarni 9-10 balli silkinishlarga bardosh beradigan qilib qurish talab etiladi. Mirzacho'l, Qarshi cho'li va boshqa cho'l joylarida yer shurlanishi natijasida qurilgan binolar cho'kadi. Shuning uchun binolar poydevori mustahkam bo'lishi kerak. Qurilish sanoatining mahsulotlari sanoat, qishloq xo'jaligi transport va hoka'zolarga hamda uy-joy xo'jaligi madaniy-maishiy maorif va sog'liqni saqlash muassasalarini rivojlanishiga xizmat qiladi. Qurilish sanoatining taraqqiyoti tabiiy va mehnat resurslarining geografik xususiyatlari chuqur ilmiy tahlil qilish va ulardan oqilona foydalanishni taqozo etadi. O'zbekistondagi qurilish ishlarining barpo etilgan qurilish tashkilotlari faoliyati bilan chambarchas bog'liqdir. 1920 yilda O'rta Osiyo va Qozog'istonda birinchi qurilish tashkiloti-Turkiston davlat qo'mitasi tizimi bu barcha qurilish ishlariga rahbarlik qiladi. Sug'oriladigan yerlarda suv xo'jaligi ishlarini bajarilishi, Respublika Melorasiya suv xo'jaligi vazirligi tuzildi. Bu vazirlik ishlarining ma'lum qismini, ya'ni o'zlashtiriladigan yerlardagi ishlar majmuini bajaradigan Bosh O'rtaosirsavxozqurilish ham tuzildi. Poytaxtda sanoat madaniy- maishiy va uy-joy qurilishi bilan shug'ullanadigan Boshtoshkentqurilish ishlab turibdi. Respublikadagi yirik yo'l qurilishi ishlarini Respublika shosse yo'llari qurish va ishlatish vazirligi bajaradi. Bulardan tashqari, Respublikada qurilish ishlari bilan montaj va maxsus ishlar vazirligi ham shug'ullanadi. Poytaxtdagi Toshmetroqurilish metropoliten yo'llarni qurish bilan shug'ullanadi. Hozirgi zamon qurilish sanoatida yig'ma temir-beton konstruksiyalar keng qo'llanilmoqda. Bularni ishlab chiqaradigan korxonalar O'zbekistonning shaharlari va qishloq joylarida ham qurilgan. Bino va inshootlarni yirik qismlarini tayyorlash kengayib bormoqda. Respublikaning barcha shaharlari va ayrim rayonlaridagi uysozlik kombinatlari devor panellari, tom balkalari, tayyor znapoya va bino boshqa qismlarini ishlab chiqarmoqda. Qurilishda mexanizasiya tobora keng qo'llanilmoqda, ishlarning 93%ini mashinalar bajarmoqda. Bino va inshootlar zamonaviy baland kranlar bilan montaj qilinmoqda. Qurilishni tegishli materiallar bilan muntazam ta'minlash keskinlashib borayotganligi mahalliy matreiallardan samarali foydalanish taqozo etmoqda. O'zbekiston Respublikasi hukumati xom ashyoga ishlov beradigan sanoat korxonalari qurilishiga alohida e'tibor bermoqda. 1995 yilgacha Respublikada 300 ta mijoz korxona va ishlab-chiqarish sexi qurish rejalashtirilgan. Xorijiy davlatlar bilan birga ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:59:26
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.64 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:14
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:59 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.64 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:14 ]
Arxiv ichida: doc