Tarmoqni prognozlashning tamoyilari va usullari

Tarmoqni prognozlashning tamoyilari va usullari

O'quvchilarga / Geografiya
Tarmoqni prognozlashning tamoyilari va usullari - rasmi

Material tavsifi

tarmoqni prognozlashning tamoyilari va usullari Reja: 1. tarmoqni iqtisodiy prognozlashning ahamiyati va obyektlari 2. tarmoq prognozlarini ishlab chiqishni tashkil qilish 3. tarmoqni prognozlashning uslubiyati Jamiyat ishlab chiqarishining faoliyat yuritish jarayonida xo'jalikni boshqarishning yetakchi bugini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish (IIR) dasturidir. Ishlab chiqarish tarmoqlari va butun xalq xo'jaligi samaradorligi va rivojlanish ko'p jihatdan aynan shu dasturning kanchalik asoslanganligiga bog'liq. Uning dastlabki muhim asosini tarmoqlar iqtisodiy prognozlari tashkil qiladi. Ular tarmoqlarning rivojlanish tendensiyasini va kelajadagi istiqbolini tavsiflaydi. tarmoqni iqtisodiy prognozlash obyektining o'tmishdagi, hozir va kelajakdagi holati, rivojlanishining mukobil yo'llari yoki boshqaruv karorlarining bo'lishi mumkin oqibatlari haqida kerakli axborot beradi va shu orqali xalq xo'jaligi tarmoqlarini boshqarish darajasining oshishiga imkon yaratadi. tarmoqning iqtisodiy prognozlashi ishlab chiqarish muammolari kulamida - tarmoq va tarmoqlararo ko'rib chikiladi. Ular bir-biridan xam tadqiqot obyekti, xam ishlab chiqarishni boshqarish maqsadi bo'yicha farq qiladi. tarmoq kulamida tarmoq unga kiradigan ishlab chiqarish birlashmalari va korxonalarining majmuasi sifatida ko'rib chikiladi. Bu yerda prognozning vazifasi tarmoq (unga kiruvchi kichik tizimlar sifatida) faoliyatining turli yo'nalishlari bo'yicha rivojlanish tendensiyalarini aniqlash va olingan natijalarni tarmoqning keyingi rivojlanish dasturini ishlab chiqish, undan foydalanish va tizimni hamda uni boshqarish tuzilmasini mukammallashtirish bo'ladi. tarmoqlararo (xalqaro) kulamda tarmoq bir butunlikda ko'rib chikiladi. Bu kulamda prognozlashtirishda asosiy etibor tarmoq prognozlarining o'zaro muvaffakiyatiga, xalq xo'jaligi rivojlanishining balanslashtirilgan prognozini ishlab chiqishga karatiladi. Shunday qilib, tarmoqlararo kulamda prognozlashtirish asosan xalq xo'jaligini prognozlashtirish vositasi sifatida chikadi. tarmoqni iqtisodiy prognozlashtirish obyektlari kuyidagilar: tarmoqda ilmiy-texnik taraqqiyot; xalq xo'jaligining tarmoq mahsulotlariga talablari; tarmoqning ishlab chiqarish resurslariga talabi; tarmoqning ishlab chiqarish imkoniyati, uning shakllanishi va ishlatilishi; tarmoqda xo'jalik jarayonlarini tashkil qilish va boshqarishni takomillashtirish; tarmoqning xalqaro aloqalari va ularning rivojlanishi. tarmoqni iqtisodiy prognozlashning boshlang'ich asosi ilmiy-texnik taraqqiyot, boshqa barcha sohalar va tarmoq faoliyati turlari rivojlanishining xam suratlari, xam yo'nalishlarini malum darajada aniklab beradi. Prognozlar ilmiy-texnik taraqqiyotning maxsus yo'nalishlari bo'yicha ishlab chikiladi: ishlab chiqarishning majmuaviy mexanizatsiyalashishi va avtomatizatsiyalashishi, elektrlashishi, ximiyalashishi. Ilmiy-texnik taraqqiyotni prognozlashda muhim rol, shuningdek, uning funksional yo'nalishlariga, shu jumladan, ilmiy-texnik yangiliklarni (texnika va texnologiyalarni, yangi mahsulot va materiallarni, ishlab chiqarishni tashkil qilishni va xokazo) ilmiy-tadqiqot ishlarni (fundamental, amaliy, tajriba-konstruktorlik ishlarni) va boshqalarni prognozlashga tegishli. tarmoqni prognozlashning ayniqsa murakkab va mas'uliyatli kismi tarmoq mahsulotiga talabni aniqlash hisoblanadi. Bu sohada prognozlash asosini xalq xo'jaligining aniq mahsulotga bo'lgan talabining ko'rinishi tashkil qiladi. Buning uchun bu sohada xam xalq xo'jaligining, xam tarmoqning rivojlanish qonuniyatlari va tendensiyalarini xar tomonlama tahlil qilish kerak. Shuningdek, bu yerda tarmoq mahsulotiga bo'lgan jamiyat talabining kondirilish darajasi va ishlab chiqarish samaradorligining darajasi belgilanishi lozim. Kondirilish darajasi asosan mahsulot haqiqiy istemolining ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:14 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga