8-sinf geografiya darsligi asosida 36-mavzu: Siz shaxsiy tomorqa yoki xususiy fermer xo'jaligingizda yetishtirgan mahsulotni o'zingizda bo'lmagan mahsulotga almashtirish yoki bozorda sotishga ehtiyoj sezasiz. Bunday holatni davlatlararo munosabatlarda ham kuzatamiz. Darhaqiqat, O'zbekistonda ishlab chiqarilayotgan muayyan mahsulot, buyumga talab xorijda katta bo'lsa, uni mamlakat ehtiyojidan ortiq ishlab chiqarish maqsadga muvofiq. Aksincha, o'zimizda ishlab chiqarishdan ko'ra xorijdan keltirilsa arzon tushadigan mollarni sotib olish ma'qul. O'zbekiston mashinalar, kimyo mahsulotlari, qora va rangli metall, elektr energiya, gaz, paxta tolasi, oziq-ovqat mollari, pilla, qorako'l singari mahsulotlarni eksport qiluvchi mamlakatlardan hisoblanadi. O'z navbatida O'zbekiston o'zida yetishmagan oziq-ovqat va sanoat mollarini, shuningdek, xalq iste'moli buyumlarini import qiladi. O'zbekiston xalqaro iqtisodiy hamkorlikka faol kirishgan. Hozirgi kunda 140 dan ortiq davlat bilan savdo aloqalari olib boradi. Ayniqsa, dunyoda yetakchi bo'lgan Germaniya, AQSH, Rossiya, Yaponiya, Fransiya, Italiya, Koreya Respublikasi, Turkiya, Xitoy kabi davlatlar bilan hamkorligi jadal sur'atlarda rivojlanmoqda. O'zbеkistоngа ekspоrt vа impоrt qilinаyotgаn mаhsulоtlаrning eng ko'pi Хitоygа to'g'ri kеlmоqdа (82-rаsm). Tovarlarni tashqi bozorga, xorijga chiqarilishi eksport deb ataladi. Aksincha, chet mamlakatlardan zarur mahsulotlarni, mollarni olib kelish import deb atalad. 2018-yilda eksport 14,3 mlrd, import esa 19,6 mlrd AQSH dollarini tashkil qildi. O'zbekistonning tashqi savdosi yildan yilga ortib borishi natijasida mamlakatimiz xalqaro mehnat taqsimotida faol ishtirok etmoqda. Mamlakat tashqi savdo siyosatining asosi milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish hamda mamlakatning eksport salohiyatini kengaytirish va tarkibini takomillashtirishdir. So'nggi yillarda eksport tarkibida katta ijobiy o'zgarishlar sodir bo'lmoqda. Jumladan, xomashyo mahsulotlari eksporti kamayib, yuqori sifatli tayyor mahsulotlar eksportining ulushi oshmoqda. Kelgusida eksportga mo'ljallangan avtomobillar, yuqori kuchlanishli agregatlar, maishiy elektr asboblari, tibbiyot va qurilish hamda to'qimachilik va tikuvchilikka oid qimmatbaho mahsulotlarni ishlab chiqarish kuchayadi. Ayniqsa, mamlakatimizda yetishtirilgan meva va sabzavotlar eksportini kuchaytirish zarur. Yana bir muhim vazifalardan biri - bu dehqon va fermer xo'jaliklarga tashqi bozorda barqaror xaridorlarni topishdir. Ishlab chiqarishning rivojlanishiga hamohang ko'plab mahsulotlarning, jumladan, yoqilg'i, oziq-ovqat va xalq iste'moli buyumlarining importi qisqarmoqda (83-rasm). Umumiy importning 34 qismini texnik va ishlab chiqarish jihozlari hamda asbob-uskunalar tashkil qiladi. Bu mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish istiqbollariga aynan mos keladi. O'zbekistonda 4200 dan ortiq xorijiy korxona faoliyat ko'rsatmoqda. Endilikda O'zbekiston Jahon Banki, Osiyo Taraqqiyot Banki, Islom Taraqqiyot Banki, OPEC Xalqaro Rivojlanish Jamg'armasi, Saudiya Taraqqiyot Jamg'armasi kabi xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik qilmoqda. Xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlik qilib, mamlakat ishlab chiqarish kuchlarini modernizatsiya qilish va yangilash uchun chet el sarmoyasini kiritish shakli investitsiya deb ataladi. Mamlakat taraqqiyotini jadallashtirish uchun investitsiyalarni yanada ko'proq jalb etish maqsadga muvofiq bo'ladi. Tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlanish istiqbollari taqozosi o'laroq mamlakatimiz hududida maxsus erkin iqtisodiy zonalar tashkil ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:59:26
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
590.26 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:14
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:59 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
590.26 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:14 ]
Arxiv ichida: ppt