Tashqi iqtisodiy aloqalarning geografik jihatlari REJA: 1.Jahon iqtisodiyotining globallashuvi 2.Tashqi aloqalarning asosiy tamoyillari va yo'nalishlari 3.Tashqi iqtisodiy aloqalarda inson omili 4.Ishlab chiqarish va tashqi iqtisodiy aloqalar Tashqi iqtisodiy aloqalar geografiyasi Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi Tashqi iqtisodiy aloqalar jahon iqtisodiyotining, avvalo tashqi savdoning rivojlanishi bilan uzviy bog'liqdir. Tashqi savdo juda qadim-qadimlarda vujudga kelgan bo'lib, natural xo'jalik yuritishga asoslangan jamiyatlarda uning taraqqiyoti juda past suratlarda yuz bergan. xalqaro savdoning rivojlanishiga tovar-pul munosabatlari taraqqiyotning chuqurlashishi va kengayishi juda katta ta'sir ko'rsatdi. Bunda mustaqil davlatlaring vujudga kelishi, ular o'rtasida va har bir mamlakat ichida savdo aloqalarining rivojlanishi muhim rol o'ynadi. Yirik sanoatning barpo qilinishi ishlab chiqarish kuchlarida inqilobiy o'zgarishlarga sabab bo'ldi va xalqaro savdoda yangi bosqichning boshlanishiga olib keldi. Yangi transport vositalari, shu jumladan, materiklararo yirik dengiz kemalarining barpo qilinishi tashqi savdo aylanmasini bir necha o'n va yuz barobar oshishiga sabab bo'ldi. Tashqi savdo xalqaro iqtisodiy munosabatlarning eng rivojlangan shaklidir. Uning ahamiyati xususiy mulkka tayangan ishlab chiqarish usulining asosi bo'lgan jahon bozorining tashkil bo'lishi va rivojlanishi, iqtisodiyot tarmoqlarini jahon mamlakatlarida notekis rivojlanishi oqibatida yuqori darajada taraqqiy etgan tarmoqlar mahsulotlarini xorijiy davlatlarga chiqarilishi, ishlab chiqarish miqyosini, aholining sotib olish imkoniyatlari cheklanganligiga qaramasdan, cheksiz kengayishi natijasida har bir mamlakat tadbirkorlari va ishbilarmonlarini tashqi bozorni egallash uchun kurash olib borishi bilan bog'langandir. Shunday qilib, ayrim mamlakatlarni o'z tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishdagi manfaatlari mahsulotlarini bozorga chiqarish talabi, malum turdagi tovarlarni chetdan olib kelish zaruriyati va nihoyat, rivojlangan mamlakatlarda mavjud arzon ishchi kuchi va xom ashyodan foydalanish asosida nisbatan ko'proq foyda olishga intilish bilan bog'langan. Tashqi iqtisodiy aloqalarning XX asrning ikkinchi yarmida rivojlanishida FTI va FTT ning ahamiyati beqiyosdir. FTTning bevosita ta'siri natijasida, yangi tarmoqlar va ishlab chiqarish yo'nalishlari vujudga keldi, yangi materiallar barpo qilindi. Bu esa o'z navbatida, TIAni rivojlanishini yana ham ildamlashtirdi. FTI xalqaro miqyosda ixtisoslashuv va kooperatsiyalashuv jarayonlarini keng tarqalishi va ishlab chiqarishga tadbiq etilishiga, qayta ishlovchi sanoatni tez suratlarda rivojlanishiga va mana shu asosda mamlakatlar o'rtasida tovar ayirboshlashning keskin o'sishiga zamin yaratdi. Undan tashqari, kapital eksporti va juda ko'p mamlakatlar hududida joylashgan TMK larning tez rivojlanishi ham tashqi iqtisodiy aloqalarga mamlakatlar o'rtasida tovar ayirboshlashga juda katta ta'sir ko'rsatmoqda. FTI ta'sirida TIA tarkibida jiddiy o'zgarishlar yuz berdi. Avvalo, fantalab mahsulot, tayyor buyumlar va xizmatlar salmog'i keskin ko'paya boshladi. Buning natijasida, hozirgi vaqtga kelib tayyor mahsulotlar ulushi jahon tovar ayirboshlash hajmining uchdan ikki qismini tashkil etmoqda. Hozirgi vaqtda TIA ning rivojlanishida globallashuv jarayoni kabi katta o'zgarishlarga sabab bo'layotgan boshqa jarayon va omilni topish ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:59:26
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
227.84 KB
Ko'rishlar soni
74 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:59 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
227.84 KB
Ko'rishlar soni
74 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:15 ]
Arxiv ichida: doc