Texnika ekinlari va boshqa qishloq xo'jalik ekinlari Texnika ekinlari-sanoatning turli tarmoqlari uchun xom-ashyo beradigan qishloq xo'jaligi o'simliklaridir.Qanday mahsulot olinishiga qarab ular bir necha guruhlarga bo'linadi: 1.Kraxmalli ekinlar-kartoshka,batat. 2.Qandli ekinlar-shakarqamish,qand lavlagi. 3.Moyliekinlar: kungaboqar,eryong'oq,soya,kanakunjut,kunjut,zig'ir,gorchisa,zaytun,tung (tung daraxti janubda o'sadi,undan metallarni korroziyadan,yog'ochni esa chirishdan saqlaydigan lak tayyorlanadi). 4.Efir moyli ekinlar-(yalpiz,geran,atirgul,lavanda,koriandr) konditer va parfyumeriyada ishlatilinadi. 5.Tolali o'simliklar-g'o'za,uzun tolali zig'ir,jut,kanop,sizal. 6.Dorivoro'simliklar-kiyiko't,isiriq,chakanda,zubturum,marmarak,na'matak,aloe,jenshen. 7.Oshlovchi (taran). 8.Narkotik (nasha,ko'knori). 9.Boyoq beruvchi. Tolali ekinlarda paxta katta ahamiyatga ega.Jahonda har yili 15-16 mln.t. paxta tolasi ishlab chiqariladi.Paxta qimmatbaho,lekin vegetasiyasi uzoq davom etadi.Paxta quyosh nuri va suvni ko'p talab etadi.Paxta ekiladigan yerlar maydoni va paxta hosili jihatidan Osiyo mamlakatlari 1-o'rinda turadi.2-o'rinda Amerika mamlakatlari,3-Afrika mamlakatlari turadi. Paxta tolasi yetishtirish boyicha yetakchi davlatlar: 1.Xitoy (4,2mln.t.y.) 4.Pokiston 2.AQSH 5.O'zbekiston 3.Hindiston Asosiy eksportchilar-AQSH,O'zbekiston,BraziliY. Importchilar-xorijiy Yevropa,Yaponiya,RossiY. Tolali zig'ir-tuproqda va havoda namni ko'p bo'lishini,o'rtacha issiqlik va tuproqni o'g'itlashni talab qiladi.Beda bilan almashlab ekilsa yaxshi hosil beradi.Zig'ir asosan Xitoy, Rossiya,Belorussiya,Boltiqboyi,Polsha,Fransiyada ekiladi. Sizal asosan Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida ekiladi.Kam eksport qilinadi. Jut asosan Bengal qo'ltig'i boyida etishtiriladi.Jahonda jutning asosiy qismini Bangladesh beradi. Tabiiy kauchuk asosan to'qimalarida tabiiy kauchuk olish uchun ishlatiladigan sutshira-lateks ko'p bo'lgan o'simliklardan olinadi.Tabiiy kauchuk-geveya,tovsag'iz (Qozog'iston),gvayula kabi o'simliklardan olinadi.Tabiiy kauchukning asosiy qismini (85%) Janub-Sharqiy Osiyo mamlakatlari,ko'proq Malayziya,Indoneziya,Tailand,keyingi o'rinda Braziliya beradi. Tabiiy kauchukni dunyo boyicha yalpi hosilini 46%ini Malayziya, 23%ini Indoneziya beradi. Asosiy eksportchilar ham shular. Importchilar: Yaponiya,AQSH,xorijiy Yevropa. ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:59:26
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
6.82 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:59 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
6.82 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:15 ]
Arxiv ichida: doc