Tez havo oqimlari zonasida harorat gradiyentlari Harorat maydoni tez havo oqimlarining turli qismlaridagi gorizontal va vertikal harorat gradiyentlarining taqsimlanishi bilan tavsiflanadi. Ushbu ishda qutbiy frontga bog'liq bo'lgan tez havo oqimlaridagi vertikal va gorizontal harorat gradiyentlarini o'rganishda uning o'zagiga ko'ndalang o'tkazilgan vertikal kecimlardan foydalanildi Ochiq osmondagi turbulentlikni tadqiq etish natijasida uning jadal ùosil bûladigan zonasi bilan ùarorat gorizontal gradiyenti maydoni ûrtasida chambarchas bog'liqlik borligi aniqlangan. Jumladan, N.Z. Pinus, V. Ramushkevich va S. Geyko ûz tadqiqotlarida ùarorat gorizontal gradiyentining ùar 100 km da 6(S dan yuqori bûlganda samolyotlarning chayqalishi 85% ga yetgani kûrsatilgan [3]. Vertikal kesimdagi har 1 km sathda haroratning vertikal va gorizontal gradiyentlari, tez havo oqimlarining iliq va sovuq tomonida, shuningdek, o'zakning past va yuqori qismlarida alohida hisoblab chiqildi. Harorat vertikal gradiyentlarini tez havo oqimlari o'qining ustida va ostidagi gradatsiyalar bo'yicha takroriyligi 1 - jadvalda keltirilgan. 1-jadval Harorat vertikal gradiyentining tez havo oqimlari usti va ostidagi takroriyligi(%) Jadvaldan ko'rinib turibdiki, qish davrida harorat vertikal gradiyentining takroriyligi, asosan, o'qning ostida har 1 km balandlikda 4-5, 6-7, 8-9 va uning ustida 0-1, 2-3(S gradatsiyalarga to'g'ri keladi. Yoz davrida esa takroriylikning yaqqol ifodalangan maksimumini ajratish qiyin. Lekin, o'q ustida harorat vertikal gradiyentining har 1 km balandlikda 0-1, 2-3, 4-5 va 6-7(S, uning ostida esa 4-5, 6-7(S gradatsiyalari takroriyligining ustivorligini payqash mumkin. Harorat vertikal gradiyentining har 1 km da 10(S va undan yuqori bo'lgan qiymatlari ko'pincha tez havo oqimlari o'qining ostida kuzatilib, uning takroriyligi qish davrida o'rtacha 8%, yoz davrida esa 2% ni tashkil etadi. Tez havo oqimlarining turli qismlarida o'rtacha harorat vertikal va gorizontal gradiyentlarining taqsimoti 1 - rasmda tasvirlangan. Harorat vertikal gradiyenti tez havo oqimlari zonasida balandlik bo'yicha kamayib boradi. Ayni vaqtda qish davrida, shuningdek, yoz davrida ham o'qning sovuq tomonida, iliq tomoniga qaraganda tezroq kamayishi kuzatiladi. Lekin yoz davrida harorat vertikal gradiyenti, qish davridagiga nisbatan bir xil taqsimlanmaydi. Shuni aytish mumkinki, o'rtacha harorat vertikal gradiyenti yoz davrida tez havo oqimlari o'qining ustida har 1 km balandlikda 4-6(S, o'q ostida 5-6(S chegarasida tebranadi, qish davrida esa, mos ravishda, 2-5 va 6-7(S ni tashkil etadi. Tez havo oqimlari o'qining sovuq tomonida o'rtacha harorat vertikal gradiyenti yoz davrida o'qning ustida har 1 km balandlikda 2-4, uning ostida 4-7(S chegarasida o'zgaradi, qish davrida esa mos ravishda, 1-4 va 5-7(S ni tashkil etadi. Shunday qilib, harorat vertikal gradiyentining katta qiymatlari ko'proq qish davrida, tez havo oqimlari o'qining ostida, kichik qiymatlari esa - o'q ustida, ko'proq uning sovuq tomonida kuzatiladi. Harorat vertikal gradiyenti qiymatining bunday taqsimoti, fikrimizcha, ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:59:26
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
114.36 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:59 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
114.36 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:15 ]
Arxiv ichida: doc