Tibbiyot geografiyasi

Tibbiyot geografiyasi

O'quvchilarga / Geografiya
Tibbiyot geografiyasi - rasmi

Material tavsifi

MAVZU: Tibbiyot geografiyasi M.R.Usmanov 60530400 -Geografiya ta'lim yo'nalishi SOTSIAL GEOGRAFIYA MAVZU:TIBBIYOT GEOGRAFIYASI REJA Tibbiyot tizimi - tibbiyot geografiyasining tadqiqot obyekti sifatida. Tibbiyot geografiyaning fanlar tizimida tutgan o'rni. Tadqiqot obyekti va predmeti hamda boshqa fanlar bilan aloqasi. Zamonaviy tibbiyot tizimining tuzilishi va rivojlanishi. Nozogeografiya. Aholining tibbiy xizmatga bo'lgan ehtiyojlari, uning turlari va qondirilishi darajasi. Tibbiyot geografiyasi - geografiya hamda tibbiyot fanlari oralig'ida vujudga kelgan fandir. Uning rivojlanishi bilan iqtisodiy geografiyaning sotsiallashuv (ijtimoiylashuv) jarayonlari yanada jadallashdi. Bularning natijasi o'laroq, tibbiyot geografiyasi zamonaviy iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning sotsial qanotidan o'rin oldi. Tibbiyot geografiyasi - inson salomatligi va turli kasaliklarning vujudga kelishiga ta'sir etuvchi omil va sharoitlar, ularning mamlakat hamda rayonlarda tarqalish qonuniyatlari va xususiyatlarini o'rganadi. Tibbiyot geografiyasining boshqa fanlar bilan o'zaro aloqalari juda keng va xilma-xildir. U quydagi fanlar bilan aloqador Tarix Ko'pchilik olimlar tibbiyot geografiyasini mustaqil fan tarmog'i sifatida vujudga kelishi vaqtini XIX asrning o'rtalari deb hisoblaydilar. Shu davrdan boshlab, to hozirga qadar tibbiyot geografiyasining tadqiqot obyekti va predmeti borasida olimlar tomonidan turli tuman fikrlar bildirildi va shunday qilib, mazkur fanning predmeti muttasil takomillashib bordi Tibbiyot geografiyasining ko'pchilikka tushunarli bo'lgan ta'rifini A.A.Keller quyidagicha ifodalaydi: «tibbiyot geografiyasi, geografik muhitning kompleks tabiiy, ijtimoiy - iqtisodiy omillarini aholining salomatlik holatiga, inson kasalliklarining vujudga kelishi va tarqalishiga ta'siri qonuniyatlarini o'rganadi». Tibbiyot geografiyasining mustaqil fan sifatida tanilishi, garchi ko'pchilik olimlar tomonidan XIX asrning o'rtalari deb hisoblansada, tibbiy - geografik tadqiqotlarga oid masalalar qadimgi Sharq va G'arb olimlarining (Ibn Sino, Gippokrat) asarlarida yoritilgan. Ammo, hozirgi ko'rinishdagi tibbiyot geografisiga oid bo'lgan dastlabki yirik tadqiqot (ruscha nomi Обобшение все обшей медицинской практической географии) nemis olimi Finke tomonidan 1792-yilda amalga oshirildi. Bunda, u tibbiyot geografiyasini joyning aholi salomatligi va kasalliklariga ta'sirini o'rganuvchi fan, deb hisobladi. Undan keyin juda ko'plab mutaxassislar uni rivojlanishiga hissa qo'shdilar Tibbiyot geografiyasi fanini rivojlanishiga hissa qo'shgan olimlar O'zbekistonda esa aholining salomatligi, kasalliklar hamda sog'liqni saqlash masalalari bevosita tibbiyot nuqtai nazaridan bajarilgan ishlar mavjud, ammo, ushbu masalalarni tibbiyot geografiyasi doirasida o'rganilgan maxsus tadqiqotlaramalga oshirilmagan. Aholi o'limi bilan bog'liq demografik masalallar g'aniyev tomonidan ko'rib o'tilgan. XX asrning 90 - yillaridan boshlab, o'zbekiston va uning ayrim regionlari bo'yicha tibbiyot muassasalarini hududiy tashkil etish masalalari M.I.Nazarov (1996), nozogeografik vaziyat esa N.Komilovalar (199) tomonidon ilk bor o'rganilgan. Ta'kidlash joizki, o'zbekiston FA geografiya bo'limi tomonidan 90-yillarda respublikaning tibbiy-geografik atlasiga oid ishlar olib borilgan edi. Tibbiyot geografiyasining predmeti turli davrlarda olimlar tomonidan turlicha ifodalandi. Bunda, ko'pchilik tadqiqotchilar 2 guruhga bo'linishadi Birinchi Tabiiy-geografik, ijtimoiy-iqtisodly omillarga katta ahamiyat bergan holda, tibbiyot geografiyasini geografiya fanlari qatoriga qo'shsa ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 9.65 MB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:15 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 9.65 MB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga