Tibet tog'ligi

Tibet tog'ligi

O'quvchilarga / Geografiya
Tibet tog'ligi - rasmi

Material tavsifi

Tibet tog'ligi Tibet tog'ligi tabiiy sharoiti juda ham o'ziga xos bo'lgan tabiiy geografik oblastdir. Tabiatning bir butunligi, dastavval, orografik yaxlitligiga bog'liq. Tibet dunyodagi eng katta va eng baland tog'lik bo'lib, uni baland tizma tog'lar o'rab va Osiyoning boshqa qismlaridan ajratib turadi. Tibet tog'ligining shimoliy chegarasi Kunlun sistemasiga kiruvchi tog' tizmalarining etagi hisoblanadi. Janubda va janubi-g'arbda tog'likning chegarasi Himolay tog'larining shimoliy etagi bo'ylab o'tadi. Shimoli-g'arbda Tibetni Pomir-Qoraqurum tog' tuguni o'rab olgan. Tog'likning sharqiy chegarasi deb Sinatibet tog'larining sharqiy etagi qabul qilingan. Bu juda katta territoriyaning hamma qismi uchun katta absolyut balandlik va tog' cho'l hamda tog' chala cho'l landshaftlarining eng keng tarqalganligi xosdir. Tibet tog'ligi paleozoy, mezozoy va kaynozoy burmali hosilalaridan tarkib topgan, lekin relefining tarkib topishida neogen va antropogen davrlarida ro'y bergan vertikal harakatlar eng ,muhim rol o'ynagan. Kaynozoy erasi o'rtalarida hozirgi Tibet tog'ligi o'rnida balandligi dengiz sathi bilan teng bo'lgan territoriya mavjud edi. Umumiy ko'tarilish Tibet tog'ligi bilan Baland Osiyodagi tizmalarning hosil bo'lishiga olib keldi va iqlimning faqat Tibetdagina emas, balki butun Markaziy Osiyoda qurib ketishiga sabab bo'ldi. Tibetning ko'tarilishi har asrda 1 metrdan ortiq tezlik bilan hozirgi vaqtda ham davom etyapti. Hozirgi relefning vujudga kelishida ko'tarilish. va u bilan birga ro'y bergan yorilishlardan tashqari, erozion protsesslar va undan keyin iqlimning qurg'oqchillashib borishi bilan cho'l sharoitidagi nurash, denudaniya hamda shamol ishi tobora katta rod o'ynay borgan. Pleystotsen oxirida Tibet tog'ligini muz qoplagan, keyin muz erishi natijasida suv bosgan. Dastlabki davrlarda Tibet tog'ligini muz qoplashi hollari bo'lgan emas, chunki u tevarak-atrofdagi tog' tizmalariga nisbatan sekinroq ko'tarilib, pleystotsen o'rtalarida ham qor chizig'igacha ko'tarila olmagan. Pleystotsen oxiriga kelib tog' ko'tarilishi tezlashdi va Tibetda muz qoplamlari vujudga keldi. Bu muzlar erishi natijasida ko'pdan-ko'p ko'l kotlovinalari suvga to'ldi. Shundan keningi iqlimning qurg'oqchillashishi natijasida ko'llar maydoni qisqarib, ular suvi sho'rlandi. Tibet tog'ligi avvalo strukturasi (tuzilishi) va relefiga ko'ra kattagina ichki tafovutlarga ega. Markaziy va G'arbiy Tibet (Changtan) o'rta hisobda 4500- 500 metrdagi bir xil balandlikda ko'tarilgan bo'lib, tepalari silliqlanib qolgan tog' tizmalari hamda g'ovak jinslar bilan to'lgan yoki oqmas ko'llar egallagan tektonik botiqlardan iborat bir xil manzarali joydan iborat. Sharqiy Tibet (Sikan) uchun esa yer yuzasining keskin tektonik va erozion parchalanib ketganligi xosdir. Parallel joylashgan bahaybat tog' tizmalarini juda katta darasimon vodiylar bir-biridan ajratib turadi. Bu vodiylarda materikning eng katta daryolari-Xuanxe, Yantszi, Mekong oqadi. Sharqiy Tibetning shimoliy qismi sovet geografik adabiyotida Sinatibet tog'lari nomi bilan yuritiladi. Yuqori Yantszi vodiysidan janubga tomon uncha baland bo'lmagan, lekin relefi juda parchalanib ketgan Yunnan tog'ligi boshlanadi. Bu tog'lik sharqda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 53.57 KB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:15 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 53.57 KB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga