6-sinf geografiya darsligi asosida 33-mavzu: Tinch okean Asosiy xususiyatlari. Okeanlar ichida eng keksa va eng kattasi, eng issig'i, olovli halqa si mavjud, eng chuqur, biomassaga eng boy. Baliq ovlashda, dengiz, orollar soni, kuchli shamol, baland to'lqin, suv tubi vulqonlari bo'yicha Dunyo okeanida birinchi o'rinda. Geografik o'rni. Tinch okean Dunyo okeani maydonining yarmini va Yer yuzining 13 qismidan ortig'ini egallagan. Bu okean kattaligi sababli Ulug' okean deb ham ataladi. Okeanni beshta materik chegaralab turadi. Uni shimoli-sharqda Shimoliy Amerika, janubi-sharqda Janubiy Amerika, janubda Antarktida, janubi-g'arbda Avstraliya, shimoli-g'arbda Yevrosiyo materiklari o'rab olgan. Shimoldan janubga qarab qariyb 12 ming km va g'arbdan sharqqa qarab 17,2 ming km masofaga cho'zilgan. Eng keng joyi ekvatorda va uning atrofida. Maydoni 180 mln kv km. O'rganilish tarixi. Birinchi bo'lib ispaniyalik V. Balboa 1513- yilda Panama bo'ynidan o'tib, Tinch okeanni ko'rgan va unga Janubiy okean deb nom bergan. F. Magellan 1520 - 1521- yillardagi sayohati davrida uni Tinch okean deb atagan. Okean to'g'risidagi dastlabki ma'lumotlar F. Magellan va J. Kuk sayohatlari tufayli to'plangan. V. Bering va A. I. Chirikovlar 1741- yilda okeanning shimoliy qismini o'rganishdi. I. F. Kruzenshtern, Y. V. Lisyanskiy, S. O. Makarov Vityaz kemasida va Jak Iv Kusto Tinch okeanda mukammal tadqiqot ishlari olib bordilar. Hozirgi vaqtda Tinch okeanni o'rganish yuzasidan maxsus xalqaro tashkilotlar tuzilgan. Geologik tuzilishi va foydali qazilmalari. Tinch okean botig'i eng keksa va Yer po'stining juda katta maydonini egallaydi. Shunga asoslanib, mustaqil litosfera plitasi tariqasida ajratilgan. Ayni paytda Tinch okean litosfera plitasi o'rta okean tizmasi zonasida kengaymoqda. Tinch okean litosfera plitasi eng serharakat plita ekanligi aniqlandi. Uning yillik siljish tezligi 10 sm dan katta (Atlas, 4 - 5- betlar). Shuning uchun ham bu olovli halqa da kuchli va haloqatli zilzilalar, vulqon harakatlari takrorlanib turadi. Okean shelfida daryo va to'lqin yotqiziqlari, organik jinslar, okean tubida qizil gilli jinslar eng ko'p tarqalgan. Tinch okeanda mineral boyliklar juda ko'p. Okean tubi relyefi. Okean tubi relyefi juda murakkab tuzilgan. Bu yerda dengiz sayozligi kam, 1,7 % maydonni egallaydi. Sayozlik faqat Bering, Oxota, Sariq va Sharqiy Xitoy dengizlarida mavjud. Materik yonbag'irlari tik zinapoyalar hosil qiladi. Okean tubi 62,6 % maydonni egallagan. Bu yerda tog' tizmalari, cho'kmalar, tekisliklar, botiqlar ko'p tarqalgan. (Ularni xaritadan toping). Òinch okeanda minglab kilometr masofaga cho'zilib yotgan eng chuqur cho'kmalar ham bor. Bular Mariana (11 022 m), Tonga (10 882 m), Kermadek (10 047 m), KurilKamchatka (9 783 m), Filippin, Peru, Chili va boshqa cho'kmalar. Dunyo okeanidagi chuqurligi 5 km dan ortiq bo'lgan 35 ta botiqdan ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:59:26
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.2 MB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:15
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:59 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.2 MB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:15 ]
Arxiv ichida: ppt